Соғлом оила - соғлом келажак

Zahm (sifilis) qaytalaydimi?

Bir necha yil oldin erim zahm (sifilis)ning yengil turiga chalinib, dispanserga qatnagandi. Lekin shifokor belgilaganidek to‘liq davolanish imkoni bo‘lmadi. Hozir o‘zida o‘shandagidek holatlar takrorlanayotganini sezayotganini aytdi. Bu kasallik qaytalaydimi?

zahm sifilis

Demir ALЕKSЕYEV, ceksopatolog:

Zahmda turg‘un immunitet hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun ham davolash oxiriga yetkazilmagan kasallik yana qaytalanishi mumkin. Sifilisga chalingan bemor aslida venerologiya dispanserida hisobga olinadi va muntazam tekshirib turiladi. Bemor davolanishni oxirigacha yetkazmasa, kasallik rivojlanib, jiddiy tus oladi. Bunda ichki a’zolar, asab va suyak tizimi zararlanadi. Hatto ko‘rish nervi atrofiyaga uchrab, bemor xira ko‘radigan bo‘lib qoladi, xotira zaiflashadi, talaffuz buziladi, zehn pasayadi.

Bemor to‘la-to‘kis davolanmagan hollarda zahm uning avlodiga ham o‘tishi mumkin. Ya’ni farzandi dunyoga kelmasidanoq tug‘ma zahmga chalinadi. Bu kasallik bilan og‘rigan bemorlar to sog‘ayib ketguncha jinsiy yaqinlashuvdan saqlanishlari zarur. Davolanish chog‘ida erkak chekmasligi va spirtli ichimliklar ichmasligi, vitaminga boy ovqatlar iste’mol qilishi muhim.

Manba: «Sugdiyona.uz» nashri.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.