Соғлом оила - соғлом келажак

Yotoqdagi erkak muammolari: sabab va yechimlar

Oxirgi yillarda tibbiyotda erkaklar uchun haqoratli sanalgan impotensiya o‘rniga erektil disfunksiya termini qo‘llanila boshlandi. Nomiku o‘zgarar, ammo erkak uchun bu xastalikning zalvori aslo kamaygani yo‘q. Har qancha kuchli va salomatligi bo‘yicha muammolarni (ayniqsa, bunday nozik masalada) pisand qilmaydigan ko‘rinsada, erkak hamisha sevimli umr yo‘ldoshining ko‘magiga ehtiyoj sezadi. Siz ana shu istakka befarq bo‘lmang.

Tibbiy til bilan aytganda…

Erektil disfunksiya — jinsiy aloqaga kirishish uchun erkakning ereksiya (qo‘zg‘alish) hosil qilolmaslik yoki saqlay olmasligi. Jinsiy mayl susayishi, urug‘ning tez to‘kilishi, jinsiy qoniqish bilan bog‘liq muammolar erektil disfunksiya xastaligiga aloqador emas.

Mavzuga oid maqola: Jinsiy olatga protez implantatsiyasi

Ereksiyaning buzilishi asosan 2 katta guruhga bo‘linadi: psixogen va organik. Ba’zan ular aralash holda bo‘lishi ham mumkin.

Birinchi holda ereksiyaning risoladagidek yuz bermasligiga erkak ruhiyatidagi zo‘riqish, stress, depressiya, qo‘rquv sabab bo‘lsa, ikkinchi holda disfunksiya turli urologik, neyrogen, endokrin va tomir kasalliklari ta’sirida rivojlanadi.

Ekspress-test

Oilaviy hayot kechiruvchi erkak 3 oy davomida har ikki yaqinlikning birida omadsizlikka uchrayversa, albatta, uni chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bu avvalo unda testosteron (erkaklik gormoni) miqdorining pasayib ketganidan dalolat beradi. Ayniqsa, bu erkaklarda qirchillama yoshga kirgandan so‘ng kuchayishi kuzatilgan.

Sabablar va tadbirlar

To‘shakda qaytalanayotgan muvaffaqiyatsizlikka quyidagilar ham sabab bo‘ladi:

Haddan oshiq semizlik

Erkaklarning haddan ortiq semirib ketishi natijasida teri ostidagi yog‘ kletchatkasi ereksiya hosil qilishni to‘sib qo‘yadi.

Maslahat: eng birinchi ishingiz turmush o‘rtog‘ingizga parhez tuttirish bo‘lsin. Yaxshisi, bu oqsilli parhez bo‘lsin. Go‘sht va baliq mahsulotlarini sabzavotlar bilan pishiring, tvorog eyishini nazorat qiling. So‘ng turmush o‘rtog‘ingizni qondagi qand va xolesterinni aniqlash uchun tahlil topshirishga, yurak va tomirlarini EKG qildirishga yuboring.

Foydali rukn: Tez va zararsiz ozish

Keng tarqalgan prostatit

Ayniqsa sovuq qish kunlari gripp, tumovni oyoqda o‘tkazish asorati prostata bezining yallig‘lanishi bilan tugashi mumkin. Chunki bu bez peshob chiqarish kanalining yuqorisi, qovuq pastida joylashgan. Prostatit bezovta qilayotganini chov, oraliq va qorin pastida yuzaga kelgan qattiq og‘riq bildirishi mumkin. Bu holda erkak uchun yurish ham qiyinchilik tug‘diradi. Uni darrov yotqizib, uyga shifokor chaqiring.

prostatit

Kasallik o‘z vaqtida aniqlansa, undan antibiotik va fizioterapiya, qo‘l va apparat orqali qilinadigan massaj yordamida qutulish mumkin. Bu usullar prostatitning follikulyar bosqichida ham asqotadi. Prostata bezi follikulalardan (yacheykalardan) iborat bo‘lib, ulardagi yiring o‘choqlari barcha yo‘llarni yopib qo‘yadi. Prostatitning eng og‘ir uchinchi shaklida bez to‘la-to‘kis patologik jarayonga tortiladi. U infeksiya markaziga aylanib, barcha funksiyalarini yo‘qotadi. Tibbiyotda uni faqat xirurgik yo‘l bilan davolashadi. Muolajalar kechiktirilsa, zararlangan prostata bezi qovuq bo‘yni sklerozi, qiyinlik bilan peshob haydash, erektil disfunksiya va bepushtlikka olib kelishi mumkin.

Maslahat: avvalo eringiz bilan ushbu qaltis mavzuda o‘ta ehtiyotkorlik, yumshoqlik va bir paytning o‘zida qat’iylik bilan gaplashing. Shamollasa, har qancha harakat qilmasin, ishga yubormaslikning tadbirini qiling. Agar yuqorida sanalgan muammolar kuzatilayotgan bo‘lsa, urolog-androlog shifokorga uchrash zarurligini yotig‘i bilan tushuntiring.

  • Sigareta, alkogol ichimliklar, pivo, o‘tkir ziravor va taomlardan iste’molini cheklashga eringizni ko‘ndiring. Buning ilojini topolmasangiz, hech bo‘lmasa, davolanish paytida ularga yo‘l qo‘ymang.
  • Jinsiy aloqaning normal kechishi uchun etarlicha sharoit va vaqt sarflanishini hisobga oling. Shunga yarasha hozirlik ko‘ring.
  • Prostatitning jazosi — piyoda yurish. Umr yo‘ldoshingizni ko‘proq sayr qilishga undang. Iloji bo‘lsa, fitnes-klub va basseynga yozdirib qo‘ying. Bu, birinchidan, vazn ortmasligiga yordam bersa, ikkinchidan, sport mashg‘ulotlari erkakning jinsiy hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

[su_table]

O‘tkir turi Surunkali prostatit
Yuqori harorat Barvaqt urug‘ to‘kish, ereksiya susayishi
Titrash Ertalab birinchi tashqariga chiqilganda uretraning tashqi yo‘li yopilib qolgandek peshob har tomonga sachraydi
Tez-tez og‘riqli peshobga chiqish Peshob haydashda etarli bosim his qilmaslik
Oraliq, chov va qov tepasida og‘riq Oraliq va qov ustida doimiy bo‘lmagan og‘riq
Uretradan loyqa yoki yiringli ajralmalar kelishi Qovuqni bo‘shatishda burab og‘rish va achishish, ajralmalar

[/su_table]

Buyrakdagi “toshlar”

Ayollarga nisbatan erkaklar buyragida tosh ko‘proq paydo bo‘ladi. Chunki moddalar almashinuvi bizning organizmimizdan biroz farq qiladida! Hatto chap buyrakdan ko‘ra erkaklarda tosh ko‘proq o‘ng buyrakda hosil bo‘ladi. Eng yomoni, qattiq jismning har ikki buyrakda ham joylashib olishidir. Buyrakdagi tosh ham jinsiy aloqaga halal beradi. Tosh borligi oldin keskin harakatlardan so‘ng bel sohasida simillagan og‘riq turishi, noqulaylik tuyilishi bilan xarakterlanadi. Darrov peshob tahlilidan o‘ting va buyrakni UTTdan o‘tkazing. Ko‘pchilik bunday holatlarga e’tibor qilmay, keyinroq, aniqrog‘i, buyrakda qattiq sanchiq turganida tosh borligiga amin bo‘lishadi.

Maslahat: buyrak sanchig‘i tutsa, darrov “Tez yordam” chaqirib, u kelgunicha og‘riq qoldiruvchi dori bering. Eringizning beliga iliq grelka (qizdirilgan tuzli qopcha) qo‘ying yoki 39°S darajali vanna tayyorlang. Yodingizda bo‘lsin, issiq muolajalar peshobga qon aralashmagan taqdirdagina o‘tkaziladi.

Jinsiy quvvatning pasayishi

Bu holat kamroq uchrasada, endokrin buzilishlar natijasida ham ro‘y beradi. Bunda jinsiy bezlar yaxshi ishlamay, testosteron kam ishlab chiqariladi. Erkakda ovoz tembri kuchayib, yuz va badanda tuk o‘sishi to‘xtaydi, tananing turli qismlarida yog‘ to‘planadi.

Maslahat: tezda endokrinolog huzuriga otlaning.

Manba: Darakchi.uz