Sog'lom oila - sog'lom kelajak

Varikosele qanday kasallik?

Varikosel — bu “erkaklarda varikoz kasalligi» boʻlib, moyak venasining varikoz kengayishidir. Patologiya oʻz-oʻzidan sogʻliq uchun bevosita xavf tugʻdirmasa ham, ammo bilvosita bepushtlikka olib kelishi mumkin. Oʻz vaqtida tashxis qoʻyish va malakali davolanish kasallik va uning asoratlarini yana-da rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi. Koʻpincha dastlabki bosqichlarda kasallik kechadi, shuning uchun profilaktika maqsadida urologga muntazam ravishda tashrif buyurish muhimdir.

Kasallikning xususiyatlari

Patologiya vena qon tomirlarda qon bosimining oshishi tufayli moyak venalarida rivojlanadi. Agar bu muntazam ravishda sodir boʻlsa, tomirlar kengayadi.

Baʼzi hollarda bemor hech qanday noqulaylik sezmaydi, shu jumladan patologiyaning rivojlanishini ham sezmaydi. Kasallik koʻpincha erkaklar bepushtlik muammosi bilan shifokorga murojaat qilishganda aniqlanadi.

Varikotsele sperma sintezi va shakllanishining buzilishi kabi xavfli dardga olib keladi. Ushbu muhim jarayonning normal kechishi uchun maʼlum haroratli sharoit talab qilinadi — moyakda harorat kamida 32,5 va 34,4 darajadan oshmasligi kerak. Ushbu harorat rejimi urugʻ tizimchasining venoz tizimi tomonidan taʼminlanadi.
Agar tomirlar kengaygan boʻlsa, unda ular oʻz vazifalarini bajara olmaydilar. Moyaklardagi harorat kerakli qiymatdan oshib ketadi, bu esa sperma sifati va harakatchanligi yomonlashishiga olib keladi.

Maʼlumotlarga koʻra, varikosele birlamchi bepushtlik bilan kasallangan erkaklarning 35-44 foizida va ikkilamchi bepushtlik boʻlgan erkaklarning 45-41 foizida mavjud.

Varikosel jinsiy quvvat va libidoni kamaytirmaydi. Biroq yuqorida taʼkidlagan muhim jarayonga salbiy taʼsiri bilan xavfli hisoblanadi.

Maʼlumot! Varikosel har qanday yoshda, hatto bolalikda ham rivojlanishi mumkin. Ammo kasallik koʻpincha 14-15 yoshli oʻgʻil bolalarda aniqlanadi.

Kasallik tasnifi

Rivojlanish mexanizmiga koʻra kasallikning quyidagi turlari ajratiladi:

  • Boshlangʻich (idiopatik) — mustaqil ravishda rivojlanadi.
  • Ikkilamchi (simptomatik) — biror kasallik(lar) fonida paydo boʻladi, natijada ichki urugʻ tizimchasi tomirining siqilishi yoki qon tomirlardan qon oʻtishining buzilishi kuzatiladi.

Taxminan 90% hollarda idiopatik shakl aniqlanib, tashxislanadi.

Varikoselening lokalizatsiyasiga koʻra:

  • Chap tomonlama — chap moyakda paydo boʻladi.
  • Oʻng tomonlama — oʻng moyakda rivojlanadi.
  • Ikki tomonlama — ikkala moyakda yuzaga keladi.

Koʻpgina hollarda bemorlarga chap tomondagi varikosel tashxisi qoʻyiladi. Bu insonning anatomik xususiyatlarga bogʻliq. Chap moyakda oʻngiga qaraganda biroz yuqori bosim boʻladi.

Kasallikning rivojlanishining 3 bosqichi mavjud:

  • Nol — varikoz tomirlari koʻz bilan sezilmaydi, ammo ultratovushda koʻrish mumkin.
  • Birinchi — qorin boʻshligʻida bosim oshganda, bosilish holatida, taranglashganda kengayish seziladi, ammo u koʻzga koʻrinmaydi;
  • Ikkinchi — oʻzgarishlar qorin boʻshligʻi bosimisiz tik turgan holatda koʻrinadi va yotgan holatda koʻrinmaydi, moyak hajmida oʻzgarishlar yoʻq.
  • Uchinchi — varikoz tomirlari tananing har qanday pozitsiyasida sezilarli boʻladi.
O‘QING:  Kamharakatlik bepushtlikka olib kelishi mumkin (Urolog maslahatlari)

Varikosel sabablari

Varikosel sabablari patogeneziga (rivojlanish mexanizmiga) bogʻliq.

Birlamchi kasallik quyidagi omillar tufayli yuzaga kelishi mumkin:

  • Umuman olganda tomirlarida varikoz kengayishga irsiy moyillikning mavjudligi;
  • Moyak vena qomirlarining klapanlari rivojlanmaganligi yoki sustligi;
  • Qon tomirlari va ularning qopqoqlari rivojlanishidagi tugʻma anomaliyalar.

Ikkilamchi varikosel quyidagi sabablarga koʻra rivojlanishi mumkin:

  • Qorin boʻshligʻida yoki tos aʼzolaridagi hosilalar.
  • Moyak venalari chiqadigan tomirlarning tugʻma nuqsonlari yoki orttirilgan patologiyalari;

Kasallikning rivojlanish xavfini oshiradigan qoʻshimcha omillar (tomir devorlarining zaiflashishi, urug’ tizimchasi venalarida qoʻshimcha qon bosimini yaratish, qonning turgʻunligini keltirib chiqarish):

  • Yuqumli kasalliklar.
  • Ot minish va velosiped haydash, ogʻir atletika mashqlarini koʻp bajarish.
  • Oyoqlarda uzoq vaqt turish bilan bogʻliq harakatlar.
  • Vegetativ asab tizimining patologiyasi.
  • Muntazam ich qotishi.
  • Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar.
  • Uzoq muddatli yoʻtal.

Varikosel belgilari

Koʻpincha, dastlabki bosqichlarda kasallik oʻzini hech qanday belgilar bilan namoyon qilmaydi. Boshqa hollarda, varikoselning quyidagi belgilari kuzatiladi (moyakda varikoz kengayishi kuzatiladi):

  • Bepushtlik.
  • Moyak sohasida ogʻriq (turli xarakterda).
  • Moyak xaltachasida ogʻirlik hissi.
  • Moyak kattalashishi va assimetriyasi.

Diagnostika

Agar oʻzingizda varikosel alomatlarini sezsangiz, albatta urologga murojaat qiling. Odatda, shifokor kasallikni birinchi tekshiruvlardanoq aniqlay oladi, ayniqsa, vizual tekshiruv natijalari va moyakni paypaslash (palpatsiya) asosida rivojlanishning ikkinchi yoki uchinchi bosqichi kuzatilsa, aniqlash yana ham osonroq boʻladi. Bundan tashqari, instrumental tekshiruvlar oʻtkazilishi mumkin:

  • Sohaning ultratovush tekshiruvi;
  • Doppler ultratovush tekshiruvi (tomirlardagi qon oqimini oʻrganish).

Bepushtlikni istisno qilish yoki tasdiqlash uchun varikosel tashxisi qoʻyilgan bemorga spermogramma tahlili uchun ham tekshiruv oʻtkaziladi.

Varikoselni davolash

Nolinchi va 1-darajali varikosele uy sharoitida davolash, yaʼni turmush tarzini oʻzgaritirish orqali amalga oshiriladi. Dastlab, bemorlarga ogʻir jismoniy yuklamadan voz kechish tavsiya etiladi (agar ogʻir mehnat ish joyi bilan bogʻliq boʻlsa, ish joyini oʻzgartirish lozim). Shuningdek, shifokorlar ich qotishi profilaktikasi bilan shugʻullanishni maslahat berishadi: buning uchun kundalik taomnomani qayta koʻrib chiqishingiz kerak, yogʻli, qovurilgan va shoʻr ovqatlar menyudan chiqarib tashlanishi, kundalik isteʼmoldagi goʻsht miqdorini kamaytirish va kamida kuniga 1,5 litr suv ichish lozim. Shuningdek, ich qotishini oldini olish uchun yangi sabzavot, meva, shuningdek, don, rezavor meva va koʻkatlarni koʻproq isteʼmol qilish kerak.

Yuqori darajali varikoselni davolash jarrohlik usulida amalga oshiriladi. Bugungi kunda quyidagi operatsiya turlari mavjud:

  • Marmara operatsiyasi (mikroxirurgik varikoselektomiya) — lokal yoki umumiy behushlik ostida mikrokesmalar, moyak venasini olib tashlash yoki bogʻlash.
  • Endovaskulyar sklerolizatsiya — lokal behushlik ostida tomir ichiga kateter kiritiladi, u orqali maxsus dori tomir ichiga kirib, uni ichkaridan “muhrlab qoʻyadi”.
  • Laproskopik operatsiya umumiy behushlik ostida oʻtkaziladi. Kichik kesmalar ochilib, ularga mikro-videokamera bilan jihozlangan maxsus naychalar kiritiladi, soʻngra venoz kengaygan tomirlar bogʻlanadi.
O‘QING:  Нега баъзилар уйланишдан қочишади?

Klassik ochiq jarrohlik aralashuvi ortiqcha travma va baʼzi asoratlar xavfi tufayli  asta-sekin oʻtmishga aylanib bormoqda. Marmara operatsiyasida boʻlgani kabi, moyak venasi bogʻlanadi. Ammo bu qorinning pastki qismida katta kesma orqali sodir boʻladi.

Jarrohlik davolash usuli shifokor tomonidan kasallikning bosqichiga, patologik jarayonning lokalizatsiyasiga, bemorning yoshiga, hamkor kasalliklarning mavjudligiga va tananing xususiyatlariga muvofiq tanlanadi.

Operatsiya har doim ham majburiy ravishda amalga oshirilmaydi, chunki kasallik sogʻliqqa bevosita tahdid solmaydi va bepushtlik barcha bemorlarni bezovta qilmaydi. Agar erkak ogʻriq yoki boshqa noqulayliklarga duch kelmasa, unda jarrohlik davolash talab etilmasligi mumkin. Masalan, farzand koʻrishni istamaydigan keksa erkaklar operatsiyadan bosh tortishi mumkin. Ammo bu holda, ular kasallikning rivojlanishini kuzatish uchun urologga muntazam ravishda tashrif buyurishlari kerak.

Varikoselning oldini olish

Kasallik moyak venoz tizimining anatomik xususiyatlari tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun kasallik xavfini butunlay yoʻq qilish imkonsiz. Ammo qorin parda ichidagi qon bosimini oshiradigan va venoz devorlarni zaiflashtiradigan omillardan (sezilarli jismoniy zoʻriqish, ogʻirlikni koʻtarish, chekish) oldini olish orqali uni sezilarli darajada kamaytirish mumkin.

Tos aʼzolarida qonning turgʻunligini oldini olish uchun sogʻlom turmush tarzini olib borish va koʻngilochar sport turlari bilan shugʻullanish tavsiya etiladi, shu jumladan har yili urologga tashrif buyurishni ham kanda qilmang! 

Jarrohlikdan keyin varikosel

Varikotsele operatsiyasidan keyin tiklanish davri juda tez, ikkinchi kuni erkak odatiy hayotiga qaytishi mumkin. Ogʻriq sindromi yengil va ogʻriq odatda ogʻriq qoldiruvchi dorilarni qabul qilgandan keyin yoʻqoladi. Kam invaziv, muvaffaqiyatli varikosele operatsiyasidan keyin bemorlarda asoratlar yuz bermaydi. Jarrohlik davolanishdan keyingi ikki hafta ichida bemor jismoniy faollik va jinsiy aloqani cheklashi, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishni istisno qilishi va ichaklarning normal ishlashini kuzatishi kerak. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlar va holatlar haqida davolovchi shifokordan tushuntirish hamda tavsiyalar olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Varikoseleni davolashning muvaffaqiyati operatsiyadan keyin, odatda 3-6 oydan keyin kuzatilgan sperma miqdoriy va sifat koʻrsatkichlarining yaxshilanishi bilan tasdiqlanadi.

Andrologiya » Varikosele qanday kasallik?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.