Соғлом оила - соғлом келажак

Vaginizm – ayolning erkakdan nafratlanishi

Men turmushga chiqqunimga qadar erkak zotidan o‘zimni chetga olib yurardim. Sababi, onam hamisha «o‘g‘il bolalar juda yovuz, qo‘rqinchli, sen ularga qayrilib ham qarama” der edilar. Shu so‘zlar kichikligimdan miyamga singib qolgani uchunmi, nikoh kechasida kuyovni o‘zimga yaqinlashtirmadim. Sal qo‘l tekkizsa, dag‘dag‘ titray boshlardim, ahvolimdan uning o‘zi ham qo‘rqib ketardi. Ishonasizmi, bu hol besh oycha davom etdi, qovusholmadik. Axiyri erim buni qaysidir shifokor tanishiga aytibdi. Shundan so‘ng sirimiz ochilib, men ancha vaqt psixolog muolajalarini oldim. Onam menga nima uchun shunday deganikin-a? Nega men ham o‘sha gapga yopishib oldim? Turmushimizdagi tushunmovchiliklarda kimning aybi ko‘proq?

vaginizm holati

Ravil Ismanov, seksopatolog:

– Bu xol aslida vaginizm deb ataladi. Ya’ni, ba’zi bir onalar qizlarini uyatchan va iboli qilib tarbiyalamoqchi bo‘ladilaru, lekin ko‘pincha qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqaradilar. Natijada qizlarda erkak zotiga nafrat paydo bo‘ladi, qizlar voyaga etgani sayin o‘sha nafrat yanada kuchayaveradi. Mana shu narsa nikohdan keyingi jinsiy hayotni mushkullashtiradi. Bir voqeani aytay. Yigirma besh yoshli S. ismli qiz turmush qurganiga sakkiz oy bo‘lsada, kuyovni yaqiniga yo‘latmagan. Otasi tez-tez ichib uyga mast holda kelgani onasi bilan doim janjallashgani bois qiz erkaklarni yomon ko‘rib qolgan. Hatto turmushga chiqishga xohishi bo‘lmagan. Qarindoshlarining qistovi bilan nikohga rozilik bergan. Biroq kechalari kuyovga jon-jahdi bilan qarshilik qilgan. Shu tufayli, qizning jinsiy a’zolari, son va qorin devori mushaklari qisqarib ketgan… Tibbiy tekshiruvda bu qizga «vaginizmning ikkinchi bosqichi” deb tashxis qo‘yilgan. Demak, muhtarama onalarimiz qizlarni jinsiy tarbiya sirlaridan asta-sekin ogoh etib borishlari kerak. Ya’ni o‘z hayosini saqlagan holda erkak zotiga hurmat va mehr bilan qarashga o‘rganganlari ma’qul. Ana shunda ko‘ngil xiraliklar yuz bermaydi.

Manba: Avitsenna.uz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.