Sog'lom oila - sog'lom kelajak

Tug‘ruqdan keyingi jinsiy hayot

Tug‘ruqdan keyin qachondan jinsiy hayotni boshlash mumkin?

Tug‘ruqdan keyin ayol jinsiy hayotga jismonan tayyor bo‘lgunicha, ya’ni qin to‘liq “o‘ziga kelgunicha” jinsiy yaqinlikdan saqlanish talab etiladi. Odatda bunga bir yarim-ikki oy yoki undan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Shuni ham inobatga olish lozimki, aksariyat ayollarda tug‘uruqdan keyin jinsiy moyillik susayadi va u go‘dak dunyoga kelganidan qariyb 3-6 oy o‘tgach “asl holiga” qaytadi.

Tug‘ruqdan keyingi jinsiy hayot

Tug‘uruqxonadan uyga ruxsat berayotib, shifokor yosh onalarga muayyan tavsiyalar bilan bir qatorda kamida 6 hafta davomida jinsiy yaqinlikdan saqlanish lozimligini uqtiradi. Tug‘uruqdan keyin 6-hafta oxiriga borib, bachadon ilgarigi o‘lchamiga qaytadi va uning shilliq qavati to‘liq tiklanadi. Shuning uchun bachadon yallig‘lanishi va boshqa asoratlarning oldini olish uchun ham jinsiy yaqinlikdan saqlanish talab etiladi.

Muborak PIRIMQULOVA, akusher-ginekolog.

O‘QING:  Erkaklar bepushtligi. Davosi bormi?

Foydali maslahatlar » Tug‘ruqdan keyingi jinsiy hayot

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.