Sog'lom oila - sog'lom kelajak

Tug‘ma penis egriligi

Tug‘ma penis (erkak jinsiy olati) egriliklari odatda jinsiy balog‘atga yetgach ma’lum bo‘ladi, ya’ni ereksiya boshlanishi bilan aniq bo‘ladi va ereksiya paytida egrilik kuzatiladi, bu tug‘ma kasallik bo‘lib 100.000 erkakdan 37 tasida uchraydi.

Tug‘ma penis egriligi

Tug‘ma penis egriligi sabablari:

Sababi to‘la aniq emas lekin bir nechta teoriyalar bor, bulardan; uretral blyashkani noto‘g‘ri rivojlanishi, meatusda fibroz to‘qima rivojlanishi, kavernozal va spongiozal to‘qimalarni rivojlanishidagi nisbatni buzilishi.

Tashxis qo‘yish va uni baholash:

Ko‘zdan kechirish va ereksiya paytidagi penisni rasmga olish orqali diagnoz qo‘yiladi. Odatda kasallarni o‘zlari egrilikni biladilar. Ereksiya paytidagi penisni yuqoridan va yondan olingan rasmlari orqali tashxis qo‘yish va davolash hajmini aniqlash imkoniga ega bo‘linadi.

Tug‘ma penis egriligi belgilari:

Ereksiya paytida egrilik, jinsiy aloqaga erisha olmaslik, jinsiy aloqa paytida og‘riqlar bo‘lishi mumkin. Ba’zi bemorlarda shikoyatlari bo‘lmasa ham kosmetik noqulaylik sababli murojaat qiladilar.

Tug‘ma penis egriligini davolash:

Faqat operativ. Konservativ davolash usuli yo‘q. Jarrohlik usullari 2 xil:

  1. Uzun tarafni (konveks) qisqartirish;
  2. Qisqa tarafni (konkayev) uzaytirish.
  • Plikatsiya qo‘yish orqali bajariladi va buning uchun egrilik 60˚ dan ko‘p bo‘lmasligi penis yetarli darajada uzun bo‘lishi kerak. Odatda tug‘ma egriligi bo‘lgan bemorlar penisi uzun bo‘ladi shuning uchun plikatsiya qo‘yish orqali yo‘qotiladigan (0.5 – 1.5sm) uzunlik ularning jinsiy hayotiga ta’sir o‘tkazmaydi. Nesbit, Yachia, Dikkett, Luye kabi bir nechta metodlar mavjud.
  • Insiziya va grafting metodi; avval egrilik bor jo‘y kesiladi va yamoq materiali tikiladi. Murakkab (ikki tarafli) egrilik va 60˚ dan ko‘p bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi.

Asoratlari:

Bemorga ko‘ra har xil bo‘lib asosan penis uzunligini qisqarishi, egrilikni qaytalanishi, granuloma, erektil disfunksiya, gematoma, penis gipoesteziyasi, uretra shikastlanishi bo‘lishi mumkin

O‘QING:  Oʻgʻil bola salomatligiga nimalar xavf tugʻdiradi?

Operatsiyadan so‘ng:

Uyga ketgach bir kundan so‘ng odatdagi ishlarni bajarish mumkin. Teriga o‘zi so‘riladigan tikish material ishlatilgani sababli 7 kunda so‘rilib ketadi. Va yuvinsa bo‘ladi. 6 hafta jinsiy aloqaga kirilmaydi. 8 haftadan so‘ng og‘ir ishlar ham qilsa bo‘laveradi.

Vrachga 7 – 10 kundan so‘ng bir marta ko‘rsatadi, so‘ngra yilda bir marotaba keladi. Natijasi 71 – 90% hollarda ijobiydir.

Murodov Zarifjon. Androlog. Andrology.uz

Andrologiya » Tug‘ma penis egriligi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.