Bugungi maqolamizda ginekolog-shifokor S.S.Jambekova to‘lg‘oq tutgan paytda ayol o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida batafsil gapirib, qanday to‘g‘ri nafas olish kerak, kuchlarni tug‘ruq uchun qanday saqlash lozim, bu paytda ovqatlanish mumkinmi yoki yo‘qmi, tug‘ruqni tezlashtirish va og‘riqni yengillashtirish uchun palatada qanday yurish zarurligi haqida ko‘pgina ayollarni qiziqtirib kelayotgan savollarga javob beradi.
Homiladorlikning 38-haftasidan boshlab organizm tug‘ruqqa faol tayyorlana boshlaydi – ko‘pgina ayollarda qisqa va hozircha katta interval bilan to‘lg‘oqlar paydo bo‘ladi. Bu davrda bola turli holatlarda yotadi – u o‘zi uchun qulayroq pozitsiyani izlaydi. Homiladorlikning 40-haftasida homila turg‘un holatni egallaydi va ona istalgan paytda tug‘ruq boshlanishiga tayyor bo‘lishi kerak.
Birinchi marta ona bo‘layotgan ayollar to‘lg‘oqlarning qanday davriyligida tug‘ruqxonaga otlanish kerakligini bilmaydi. Shu bois quyidagilarni bilib qo‘ygan ma’qul: birinchi marta tug‘ayotgan ayollarda to‘lg‘oqlar o‘rtacha 10-12 soat cho‘ziladi, bachadon bo‘yni soatiga taxminan 1 sm.ga ochiladi. To‘lg‘oqlar 15-20 soniya davom etadigan paytda tug‘ruqxonaga borishga tayyor turish kerak.
To‘lg‘oq tutayotgan paytda tug‘ayotgan ayol bor-yo‘g‘i bitta tungi ko‘ylakda bo‘lsa ham tug‘ruq zalida juda qizib ketadi.
Ulkan quvvatning sarflanishi – bu davrda ayolning organizmini faqat yerni burg‘ulayotgan shaxtyorlarning ishi bilan solishtirsa bo‘ladi – sizga kislorod yetishmay qoladi va kuchli jismoniy zo‘riqishni his qilasiz. Tug‘ruq davrida organizmdan ko‘p suyuqlik yo‘qoladi, uni ko‘proq suyuqlik ichish va yengil hazm bo‘ladigan ovqat yordamida to‘ldirish zarur. Tug‘ruqxonaga otlanar ekansiz, o‘zingiz bilan yengil ovqat olishingiz mumkin – pishloqli buterbrod, galetli pechenye, mevalar, mineral suv, kichkina shokolad.
Tug‘ruq paytiga 7-10 juft qo‘lqop olib qo‘ying. Ular onani va chaqaloqni ko‘rikdan o‘tkazayotgan paytda albatta asqotadi.
Bachadon bo‘yni 5-6 sm.gacha ochilgunga qadar har bir ayol nafas olish mashqlari va o‘zini o‘zi massaj qilish yordamida gorizontal holatda yotishi mumkin, bu bilan u quvvati va kuchlarini tejaydi. Koridorda va palatada qancha ko‘p yursangiz, shuncha ko‘p charchab qolasiz, to‘lg‘oqlar esa ko‘p kuchni talab qiladi.
To‘lg‘oq tutayotgan paytda kuchayib kelayotgan og‘riqni sezishingiz bilan burun yordamida chuqur nafas oling, nafasingizni iloji boricha uzoqroq ushlab turing va og‘iz yordamida nafasni sekin chiqaring. Chuqur nafas olayotgan va uni ushlab turayotgan paytingizda organizmda siz uchun juda zarur bo‘lgan kislorod uzoqroq va jadalroq harakat qiladi. Yetarli miqdorda kislorod olayotgan bola o‘zini tinchroq tutadi va ona o‘zini yengilroq his qiladi.
Ko‘pgina ayollarda og‘riq tananing dumg‘aza qismi va qorin pastida jamlanadi. Ushbu zonalarni o‘zingiz mustaqil ravishda massaj qilishingiz yoki sherigingizning yordamiga murojaat qilishingiz mumkin. To‘lg‘oq paytida nafas olayotganda uni ushlab turing va dumg‘azaga mushtingiz bilan yengil uring. Keyin nafasni chiqaring. Shuningdek, nafasni ushlab turib, mushtingiz bilan dumg‘aza bo‘ylab aylana harakatlar qiling, bunda dumg‘aza harakatlanishi kerak.
Muallif: Anna Gritsenko