Sog'lom oila - sog'lom kelajak

Testosteron miqdorini oshirish usullari

Testosteron – endokrin sistemasi tomonidan ishlab chiqariladigan eng muhim gormonlardan biri. Uni har ikki jins vakillarida ham topsa bo‘ladi, lekin erkaklarda uning miqdori ko‘proq va erkaklar uchun uning ahamiyati kuchliroq. Mana shu gormon hisobiga erkaklar ayollardan farqlanib turishadi. Shuning uchun bu gormonning miqdori erkak organizmida katta rol o‘ynaydi. Ammo ayrim hollarda endokrin tizimi tomonidan qandaydir o‘zgarishlar bo‘lishi hisobiga gormon miqdori kamayib ketadi. Bu kamchilikni bartaraf etsa bo‘ladimi ?

Testosteron normasi qancha?

Erkaklarda testosteron jinsiy bezlar – testikula (moyak, urug‘don)larda sintezlanadi. Shu bilan bir qatorda buyrak usti bezi po‘stlog‘ida ham ma’lum miqdorda ishlab chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra bu gormon steroidlar guruhiga kiradi. Testosteron sintezida gipofiz va gipotalamus bezlarining ishtiroki ham katta ahamiyatga ega, ular maxsus fermentlar ishlab chiqaradi va bu fermentlar endokrin bezlariga testosteron sintezi haqida buyruq beradi.

testosteronni oshirish

Foto: Shutterstock.com

Testosteron organizmda turli xildagi oqsillar birikishidan tashkil topgan. Erkin testosteron umumiy gormonlarining 2 % ini tashkil qiladi. 18-20 yoshlarda gormon miqdori maksimal konsentratsiyaga chiqadi. Keyinchalik gormon miqdori kamayishni boshlaydi va 35 yoshga yetganda gormon miqdori yiliga 1-2 % ga kamayishni boshlaydi. Gormonning yosh o‘tishi bilan kamayishi bu tabiiy fiziologik holat. Ammo ba’zida yosh erkaklarda ham testosteron miqdori kamayishi kuzatilib turadi. Bu esa normal emas va davo talab qilinadi.

Yosh norma, nmol/l
0-1 0, 42-0,72
1-7 0,1-1,12
7-13 0,1-2,37
13-18 0,98-38,5
18-50 8,64-29
50+ 6,68-25,7

Testosteron erkaklar uchun nega kerak?

Testosteron organizmni erkak tipida rivojlantirish uchun kerak bo‘lgan gormondir. Bu jarayon bolalik davridan boshlanib, balog‘at yoshida va o‘rta yoshlarda ham davom etib qarigan paytda sustlashadi. Biroq testosteron faqatgina organizmda erkaklik belgilarini yuzaga chiqarish uchungina emas balki organizmni sog‘lom ushlash uchun moddalar almashinuvi jarayonida ham ishtirok etadi. Uning ishtiroki natijasida spermatogenez jarayoni amalga oshadi. Testosteron muskul va suyak tizimi rivojlanishi uchun ham muhim bo‘lgan gormondir. Va yana u psixik jarayonlarga ham ta’sir etadi. Masalan testosteron stress gormoni kortizol miqdoriga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu gormon natijasida erkaklar hayotdan zavq oladilar va xursand bo‘ladilar.

Testosteron miqdori kamayishining belgilari

Testosteron miqdori kamayishi bir qator belgilar bilan namoyon bo‘ladi:

  • Depressiya, atrof muhitga e’tiborsizlik;
  • Impotensiya;
  • Semirish;
  • Feminizatsiya – tanadagi tuklarning kamayishi, ginekomastiya;
  • Mushak massasining kamayishi;
  • Xotiraning sustlashishi;

Testosteron kamayishi sabablari

Gormon miqdori kamayishiga har xil sabablar bo‘lishi mumkin. Ular ikki guruhga bo‘linadi: birlamchi sabablar endokrin tizimining o‘zida bo‘ladigan o‘zgarishlar va ikkilamchi sabab tashqi muhit faktorlari, yashash tarzi. Ular quyidagilar:

  • Kam harakatli yashash tarzi;
  • Noto‘g‘ri ovqatlanish;
  • Ortiqcha vazn;
  • Tartibsiz jinsiy hayot;
  • Zararli odatlar;
  • Stress;
  • Uyquning yetarli bo‘lmasligi;
  • Medikamentoz davo;
  • Atrof olamning zararli ta’sirlari.

Kam harakatli yashash tarzi

Ma’lumki harakatchanlik – yashayotganlik belgisi. Bu qoida barchaga tegishli, ayniqsa erkaklar uchun. Erkak organizmi doimo jismoniy harakat qilish uchun qulay qilib yaratilgan. Avvallari erkaklar dala ishlari, ov qilish va jang qilishar edi. Bu ishlarning barchasi jismoniy mehnat talab qiladi va uni testosteron gormoni boshqarib turadi. Hozirgi kunga kelib ko‘pchilik erkaklar kam harakat talab qilinadigan ishlar bilan shug‘ullanishadi va bu testosteron gormonini ko‘p talab qilmaydi. Albatta gormon miqdorini oshirish uchun avvalgi hayot tarziga qaytish kerak emas, shunchaki jismoniy mashqlar bilan ko‘proq shug‘ullanib turish kerak. Erkak qonida testosteron miqdori organizmning mushak vaznini oshirib turadi.

O‘QING:  Shahvat va uning patalogik shakllari

Noto‘g‘ri ovqatlanish

Biz iste’mol qilayotgan ozuqa mahsulotlarimizning barchasi ham testosteron miqdorini normada ushlab turish uchun yetarli emas. Ovqat tarkibida organizmga yetarlicha bo‘lgan mikroelementlar, vitaminlar, oqsil, uglevod va yog‘lar bo‘lishi kerak. Haddan ziyod ko‘p yeyish va yetarlicha ovqatlanmaslik ham testosteron miqdorining kamayishiga olib keladi.

Ortiqcha vazn

Erkaklarda ortiqcha vazn – bu faqatgina tashqi ko‘rinish nuqsoni emas. Aslida yog‘ hujayralari testosteronning antogonisti bo‘lgan esterogen gormonini ishlab chiqarish uchun fabrika vazifasini bajaradi. Bundan tashqari yog‘ hujayralarida testosteron esterogen gormoniga aylanishi ham mumkin.

Tartibsiz jinsiy hayot

Jinsiy hayotni aktiv olib borish testosteron miqdorini oshiradi. Ammo betartib, tez tez jinsiy aloqa ham testosteron miqdori qaytar effekt natijasida kamayib ketishi mumkin. Haftasiga 2-3 marta yetarli.

Alkogol

Mashhur tushuncha bor – alkogolga bo‘lgan moyillik erkaklikdan dalolat beradi. Bu safsata. Aniqlanishicha, alkogol markaziy nerv tizimiga ta’sir etib, erkaklik gormonlarini hosil bo‘lishiga javobgar markazlar ishini o‘zgartirib yuboradi va qaytar effekt natijasida testosteron gormoni esterogenga aylana boshlaydi. Pivo ichishni yaxshi ko‘ruvchilar xursand bo‘layotgan bo‘lsalar kerak, chunki pivo tarkibida alkogol kam miqdorda. Behuda gaplar, aksincha pivo tarkibida esterogen miqdorini oshiruvchi moddalar ko‘p. shunday ekan pivo qolgan o‘tkir ichimliklarga qaraganda ko‘proq zarar qilar ekan.

Stress

Stress paytida organizmda maxsus gormon – kortizol miqdori ko‘payadi. Bu gormon testosteron miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilmaydi. Kortizol testosteron retseptorlarini bloklab qo‘yadi. Testosteron esa befoyda bo‘lib qoladi. Shuning uchun stress paytida erkaklarda testosteron yetishmovchiligida kuzatiladigan belgilar namoyon bo‘ladi.

Yetarlicha uxlamaslik

Deyarli barcha erkaklarga ma’lum tongda uyg‘ongach spontan ravishda ereksiya bo‘lishi. Bu jarayon tong paytidagi testosteron miqdorining maksimal darajaga yetishi bilan bog‘liqdir. Gormonning ko‘p miqdori tunda sintezlanadi.

Biror bir kasallik

Ko‘pgina somatik kasalliklarda ham testosteron miqdori kamayadi. Ayniqsa androgen sistemasiga bog‘liq bo‘lgan kasalliklar, masalan prostatit. Biroq yana bir qator kasalliklar, diabet, gipertoniya, yog‘ almashinuvi buzilishi, leykotsitoz kabi kasalliklar ham gormon miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi.

Medikamentoz davo

Ba’zi dori preparatlari qabul qilish natijasida ham testosteron miqdori ma’lum vaqtga kamayishi mumkin. Masalan karbomezapin, veroshpiron, tetratsiklin, magniy sulfat va glukokortikosterodilarni uzoq muddat qabul qilganda testosteron kamayadi. Ammo preparat qabul qilish to‘xtatilsa gormon miqdori normaga qaytishi mumkin.

Tashqi muhit ifloslanishi

Zamonaviy sivilizatsiya organizmimizni kimyoviy moddalar bilan zaharlamoqda. Bular organizmdagi testosteron miqdoriga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa avtomobillardan chiqayotgan gazlar. Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki yoqilg‘I quyish shahobchalarida ishlaydigan ishchilarda testosteron miqdori kamaygan. Kundalik gigiyena vositalari tarkibidagi bisfenol moddasi ham erkaklik gormonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bisfenol shampun, losyon, suyuq sovun va shu kabilar tarkibida ko‘p bo‘ladi.

Testosteronni ko‘paytirish mumkinmi?

Agar siz testosteron miqdorini qanday ko‘paytirishni bilmasangiz shifokor mutaxassisga murojaat qiling. Ammo ba’zi bir faktorlarni ham hisobga olishingiz kerak, gormon miqdori kamayishi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Ma’lumki testosteron saqlovchi gormonal preparatlar mavjud, lekin ularni endokrin tizimida patologiyalar bo‘lsagina qabul qilish tavsiya etiladi va u tabiiy testosteron o‘rnini bosa olmaydi. Xo‘sh, testosteron miqdorini tabiiy yo‘l bilan qanday oshirsa bo‘ladi?

O‘QING:  Prezervativ - kontraseptik vosita

Testosteronni tabiiy usullar bilan oshirish

Sport bilan shug‘ullanish

Sport bilan muntazam shug‘ullangan erkaklarda testosteron bilan bog‘liq muammolar uchramaydi. Eng samaralisi mushaklar massasini oshiruvchi mashqlar (trenajerlar) bilan shug‘ullanish. Albatta bunda keragidan ortiq shug‘ullanish ham tavsiya etilmaydi, chunki organizm buni stress deb qabul qilishi mumkin. Haftasiga 2-3 marta, bir kunda 1 soat shug‘ullanish kifoya.

Ovqatlanishni kuchaytirish

Testosteron miqdorini oshirish uchun ovqatlanish tartibini tuzish kerak, ortiqcha ovqatlanmasdan kuniga 3-4 marta va uyqudan kamida 3 soat oldin ovqatlanish kerak. Kerakli bo‘lgan uglevod, yog‘, oqsil va mikroelementlar nisbatini ham to‘g‘irlash kerak.

Xolesterin. Organizmdagi testosteronning ko‘p miqdori xolesterindan sintezlanadi. Shuning uchun xolesterinni ko‘p saqlovchi mahsulotlar iste’mol qilish kerak. Ular quyidagilar:

  • Baliq;
  • Go‘sht;
  • Jigar;
  • Tuxum;
  • Ikra;
  • Sut va sut mahsulotlari.

Bu yerda “yomon xolesterin” miqdorini ham hisobga olish kerak, u yurak qon tizimida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Rux mikroelementi. Organizmda gormon miqdorini oshirishda ruxning ham o‘rni katta. Bu element gormon sintezi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri kerak. U baliq, yong‘oq, pista, qovoq urug‘i, sir va ba’zi sabzavotlarda ko‘p bo‘ladi.

Oziqlanish bo‘yicha oddiy maslahatlar

Ovqat tartibida selen, C va B vitaminlari, almashtirilmaydigan aminokislotalardan arginin (go‘sht, tuxum, no‘xat, kunjut, pista, tvorog, araxis, sut tarkibida ko‘p), o‘simliklardan – karam, brokkoli kabi mahsulotlar ko‘p bo‘lishi kerak. Bundan tashqari oddiy suvning ham o‘rni juda katta, kamida bir kunda 2 litr suv ichish kerak. Alkogol bilan birga muntazam kofe ichish ham testosteron miqdori kamayishiga olib keladi. Yana bir mahsulot soya ham esterogen sintezini kuchaytirib yuboradi.

Kimyoviy zaharlar ta’sir

Testosteron miqdorini oshirish uchun kimyoviy zaharlanishni ham kamaytirish kerak. Buning uchun vaqti-vaqti bilan shahardan tashqariga, ochiq dala, tog‘larga chiqib turish kerak. Avtomobilda harakatlanayotgan paytda yoki “probka”larda qolib ketganda mashina oynasini oxirigacha yopish tavsiya etiladi. Bundan tashqari shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanganda ham me’yorga e’tibor qaratish kerak. Oddiy tish yuvish pastasida ham bisfenol moddasi ko‘p bo‘lganligi sababli tishlarni yuvish uchun no‘xat kattaligidagi hajmda ishlatish kerak.

Uyqu

Testosteron miqdorini oshirish uchun yetarlicha uxlash kerak. Sutkada kamida 7 soat uxlash lozim, hoxishga ko‘ra 8-9 soat. Ammo uyqu yuzaki emas, chuqur bo‘lishi kerak.

Muntazam jinsiy aloqa qilib turish

Erkaklik gormonlariga muntazam jinsiy aloqa qilib turish ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Albatta bunda o‘zingizning jufti halolingiz bilan bo‘lgani maqsadga muvofiq.

Oftobda toblanish

Testosteron miqdorini oshirish uchun tez tez oftobda toblanib turish tavsiya etiladi. Chunki quyosh nurlari ta’sirida organizmda D vitamini sintezlanadi. Bu vitamin esa gormon sintezi uchun ahamiyatlidir.

Testosteron miqdorini oshiruvchi preparatlar

Gormon miqdorini oshiruvchi preparatlar qat’iy shifokor nazorati ostida qabul qilinishi kerak va ular dorixonalarda shifokor retsepti asosida beriladi. Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Testosteron propionate;
  • Testosteron undekanoat;
  • Proviron;
  • Gormon ajralishini stimullovchilar (Siklo-Bolan, Paritet, Vitriks, Enimal Test).

Testosteron miqdorini oshiruvchi preparatlar va potensiyani oshiruvchi preparatlarni adashtirmaslik lozim. Birinchi preparatlar gormon miqdorini oshirish yo‘li bilan potensiyani ham oshiradi.

Andrologiya » Testosteron miqdorini oshirish usullari

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.