Sut bezi fibroadenomasi – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Sut bezi fibroadenomasi – sut bezida yangi hosilalarni paydo bo‘lishi, xavfsiz o‘sma. Fibroadenoma, asosan, sut bezlarida, prostata bezi va boshqa a’zolarda uchraydi. Sekin o‘sadi, qobiqqa o‘ralgan bo‘lib, atrofidagi to‘qimalardan chegaralanib turadi. Mastopatiyaning bir turi. bo‘lib, 0.2-0.5 sm.dan 5-7 sm.gacha bo‘ladi.

Sut bezi fibroadenomasi

Bezning sut yo‘li ichiga o‘sgani — ichki fibroadenoma, sut yo‘li atrofidagisi — tashqi fibroadenoma, aralash o‘sgani yaproqsimon fibroadenoma, unda ko‘pincha teri bilan birikib ketgan yaproqsimon shakldagi yarali tugunlar paydo bo‘ladi.

Sut bezi fibroadenomasi sabablari

Ko‘krak bezi fibroadenomasi kelib chiqishiga yuqorida sanab o‘tilgan holatlardan tashqari ginekologik kasalliklarni o‘z vaqtida davolamaslik ham sabab bo‘lishi mumkin.

Ko‘krak bezi fibroadenomasi belgilari

Sut bezida og‘riqsiz tugunlar, konturlari aniq, dumaloq shaklda, hosilalar tez kattalashadi. Odatda o‘sma 1 ta bo‘ladi, 15% hollarda ko‘payish xususiyatiga ega.

Diagnostikasi

  • Qonning biokimyoviy analizi;
  • Mammografiya;
  • Sut bezi UTTsi;
  • Biopsiya;
  • Palpatsiya;
  • Sut bezi MRTsi.

Ko‘krak bezi fibroadenomasi

Sut bezi fibroadenomasini davolash

Ko‘krak bezi fibroadenomasini davolashda ultratovush ablyatsiyasi, krioablyatsiya, gomeopatik vositalar, radioto‘lqin olib tashlash va jarrohlik muolajasi qo‘llaniladi.

Kasallik asoratlari

Bargsimon turi xavfli o‘smaga o‘tish mumkin.

Oldini olish

  • Ko‘krak bezi insolyatsiyasidan saqlanish;
  • Issiq vannalarni cheklash;
  • Stressdan yiroqlashish;
  • Mammolog ko‘rigi 1 yilda 1 marta.

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

Related Posts
error: Saytdan ma\'lumot ko\'chirish mumkin emas.