Intim yaqinlik sutning tarkibiga ham, sifatiga ham, miqdoriga ham ta’sir qilmaydi. Chunki:
Birinchidan, bolani ona sut bilan boqsada, asli sutni go‘dakning o‘zi chiqarib oladi. Qandaydir g‘aroyib qonuniyat tufayli bola aynan unga qanday va qancha sut kerak bo‘lsa, shunaqasini “buyurtma” qiladi.
Ikkinchidan, ona “sut ishlab chiqaruvchi ferma” emas. U bolani boqishdan tashqari uydagi va ayrim onalar ishdagi masalalar bilan shug‘ullanadi. Jinsiy yaqinlik ham ana shunday kundalik “tashvishlardan” bittasi xolos.
Lola Ahrorova, cyeksopatolog-shifokor.