Соғлом оила - соғлом келажак

Spiralning zarari bormi?

Bitta bolam bor. Homiladorlikdan saqlanish uchun spiral qo‘ydirganman. Hidli ajralma bezovta qilgani bois davolandim. Hozir ahvolim yaxshi. Biroq hayz siklim tiklanganicha yo‘q. Ikki kun kelib, ikki-uch kun to‘xtab qoladi. So‘ng yetti kunga cho‘zilib ketadi. Jinsiy aloqa vaqti ham ostimda achishish sezilayapti. Buning sababi nima bo‘lishi mumkin?

Spiral qo‘ydirish

Nilufar Bo‘stonova, akusher-ginekolog:

Spiral ta’sirida turli bezovtaliklar yuzaga kelishi mumkin. Sizning holatingizda shunday bo‘layotganga o‘xshaydi. Shifokorga uchrab, spiralni oldiring-da, 3-6 oy davomida homiladorlikdan saqlovchi dori iching. Bu vaqtda jinsiy a’zolar shamollashi, ajralmalar va boshqa bezovtaliklarga qarshi muolaja olishingiz mumkin. Spiral qo‘ydirgan har bir ayol sog‘lig‘iga ahamiyat berishi lozim. Vaqti-vaqti bilan turli maz, surtma va shamchalardan foydalanib turish tavsiya etiladi.

Manba: Sugdiyona.uz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.