Соғлом оила - соғлом келажак

Spiraldan belim og‘riydi

— Farzandli bo‘lganimdan keyin, chilla davrida spiral qo‘ydirgandim. Shunga ham bir yilcha bo‘lib qoldi. Hayz davrida belimda kuchli og‘riq sezaman, hech narsa yoqmay qoladi. Spiralni oldirib tashlasam, hayz davri og‘riqsiz kechadimi?

spiral

Zumrad SOBIROVA, ginekolog:

— Bachadon ichi vositalari (spiral) – hozirgi kunda eng qulay va xavfsiz vositalar jumlasiga kiradi. Ammo, ayrim holatlarda bu usulning bir qator nojo‘ya ta’sirlari kuzatilishi mumkin (hayzning ko‘p va davomli kelishi, hayz davrida og‘riqlar kuzatilishi va boshqalar). Shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa, albatta bu usuldan voz kechish kerak. Tibbiy nuqtai nazardan, sizga to‘g‘ri keladigan vosita, bu – kontratseptiv tabletkalardir. Shuningdek, bir marotabalik lateks vositalarini ham qo‘llash mumkin. Bu haqda batafsil ma’lumot olish uchun davolovchi shifokoringiz bilan suhbatlashishni tavsiya etamiz.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.