Spiral ustidan homiladorlik – belgilari va oqibatlari

Bachadon ichi spiraayolni li rejalashtirilmagan homiladorlikdan saqlash samaradorligi odatda 99%gacha yetadi, ammo spiral o’rnatilsa ham, spiral ustidan homilador bo’lish ehtimoli saqlanib qoladi. Qanday omillar spiral bilan urug’lantirish xavfini oshiradi, kontratseptsiya vositasini olib tashlamasdan homiladorlikni saqlab qolish mumkinmi va o’zingizni spiral bilan homiladorlikdan qanday himoya qilish mumkinligi haqida quyidagi maqola orqali batafsil ma’lumot beramiz.

Spiral nima va u qanday ishlaydi?

Spiral – bu ingichka metall sim bilan o’ralgan, egiluvchan plastik ramkali kichik tuzilishli vosita. Turiga qarab, spiralning shakli va tarkibi turlicha bo’lishi mumkin. Bachadon ichi kontratseptivlaridan ba’zilari ginekologik muammolarni davolashda ishlatilishi mumkin, ammo har qanday spiralning asosiy vazifasi rejalashtirilmagan homiladorlikdan himoya qilishdir.

Spiral nima

Bachadon bo’shlig’iga kiritilgandan so’ng, spiral quyidagicha ishlaydi:

Bachadon bo’yni mukusining qalinlashishiga yordam beradi, bu esa sperma harakatini qiyinlashtiradi;
Bachadon naychalarining peristaltikasini kuchaytiradi, shuning uchun tuxum hujayra bachadonga muddatidan oldin kiradi;
Bachadon devorlarini “bezovta” qiladi va urug’lantirilgan tuxum hujayrani ichki qoplamaga yopishishiga yo’l qo’ymaydi.

Gormon o’z ichiga olgan spiral, mexanik ta’sirdan tashqari, endometrium o’sishini ham susaytiradi va ovulyatsiya jarayonini bostiradi, bu qo’shimcha kontratseptiv ta’sir ko’rsatadi hamda homilador bo’lish xavfini kamaytiradi.

Spiralning afzallik va kamchiliklari

Foydali jihatlari:

  • Qabul qilinganidan keyin darhol yuqori kontratseptiv ta’sirga egaligi;
  • 3-7 yil davomida uzoq muddatli himoya qilish xususiyati;
  • Asoratlar ehtimoli past;
  • Favqulodda kontratseptsiya uchun metall spirallardan foydalanish mumkin;
  • Spiral olib tashlanganidan keyin tug’ilishni darhol tiklash imkoniyati.

Kamchliklari:

  • Ektopik homiladorlik ehtimoli;
  • Hayz ko’rishning ko’payishi va uning davomiyligining oshishi;
  • Genital infeksiyalardan himoyalanishning yo’qligi;
  • Endometrioz rivojlanish xavfi;
  • Spiralning o’z-o’zidan chiqarib yuborilishi tufayli homilador bo’lish ehtimoli;
  • Kontratseptsiya vositasini ambulatoriya sharoitida o’rnatish va olib tashlash zarurati;

Yana bir kamchilikni spiral bachadon ichiga kiritilgandan keyin bachadon bo’yni biroz ochiq qolishi deb hisoblash mumkin. Bu infeksiyalarning bachadon bo’shlig’iga kirish ehtimolini oshiradi.

Yallig’lanishga qarshi xususiyatlarga ega kumush yoki oltin tarkibli spiral yordamida infeksiyalanish xavfini kamaytirish mumkin.

Spiralning zarari bormi? →

Spiral ustidan homilador bo’lish mumkinmi?

Kontratseptsiya ta’sirining yuqori bo’lishiga qaramay, spiral o’rnatilganidan keyin ham homilador bo’lish ehtimoli bor.

Quyidagi hollarda spiral ustidan homilador bo’lish xavfi ortadi:

  • Spiralni noto’g’ri qo’llash;
  • Foydalanish muddati tugagan spiraldan foydalanish;
  • Spiral o’z-o’zidan chiqarib yuborilishi yoki joyidan siljishi;
  • Eng keng tarqalgan sabab – bu bachadon ichi vositani kiritish texnikasining buzilishidir. Garchi bu protsedura oddiy tibbiy manipulyatsiya deb hisoblansa-da, tajribasizlik yoki beparvolik tufayli xato qilishi mumkin. Shuning uchun kontratseptsiya vositasini o’rnatishga faqat tajribali ginekologga ishonish tavsiya etiladi.

Agar ayol spiralning amal qilish muddati tugashi bilan o’z vaqtida olib tashlanganini unutib qo’ysa, spiral ustidan homilador bo’lish ehtimoli yuzaga kelishi mumkin.

Metallni o’z ichiga olgan modellar, tarkibiga qarab, o’tnatilganidan 3-5 yil o’tgach, gormonallari 7 yildan keyin olib tashlanishi kerak. Ba’zi bemorlar o’rnatish sanasini unutishadi va 10 yil yoki undan ko’proq vaqt davomida spiraldan foydalanadilar.

Bu esa, yoqimsiz oqibatlarga olib keladi: spiralning kontratseptivlik xususiyatlarini yo’qotadi, bachadon to’qimalariga o’sishi yoki yallig’lanish kasalliklarini qo’zg’atishi mumkin.

Bachadon ichi himoya vositasining o’z-o’zidan chiqarilishi ham homilador bo’lish ehtimolini oshiradi. Ko’p hollarda spiralning ajralishi sezilmay qoladi va ayol homilador bo’lish xavfi ostida himoyasiz qoladi. Spiralning chiqarib yuborilishi og’ir hayz paytida, shuningdek, ortiqcha jismoniy zo’riqish yoki tez-tez ich qotishi bilan sodir bo’lishi mumkin.

Spiral bilan homiladorlik belgilari

Bachadon ichi spiral bilan homiladorlik belgilari oddiy homiladorlik belgilaridan farq qilmaydi. Ular quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • sut bezlarining shishishi va sezuvchanligining oshishi;
  • hayz ko’rishni bir hafta yoki undan ko’proq kechikishi;
  • charchoqning kuchayishi;
  • ko’ngil aynishi va ishtahaning pasayishi.

Homiladorlik belgilari: ilk va ikkilamchi alomatlari →

Shuni tushunish kerakki, individual ravishda, bunday alomatlar sog’liq bilan bog’liq boshqa o’zgarishlar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Gormonal buzilishlar va vitamin yetishmasligi ko’pincha hayz sikli buzilishi va doimiy uyquchanlik sababiga aylanadi va tez-tez stress, iqlim o’zgarishi yoki vazn tanqisligi tufayli hayz siklning buzilishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun, homilador bo’lganingizning birinchi belgilari paydo bo’lganda, boshqa omillarning ta’sirini istisno qilish uchun tekshiruvdan o’tish tavsiya etiladi.

Agar spiral ustidan homiladorlik haqida shubhalansangiz nima qilish kerak?

Spiral bilan homiladorlik kuzatilganiga shubha qilsangiz, shifokor qabulida ko’rishingiz kerak. Agar ilgari bunday holatlar abort qilishning to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatmasi hisoblansa, hozirda tibbiyot rivojlanishi bilan bachadon bo’shlig’ida bachadon ichi spirali bo’lsa ham, to’laqonli sog’lom bola tug’ilishi mumkin. Asosiysi, ginekologga o’z vaqtida tashrif buyurish va tekshiruvdan o’tishdir.

Homiladorlikni aniqlash va asoratlarni istisno qilish uchun shifokor buyuradi:

  • Homiladorlikni aniq tasdiqlash uchun XG tahlilini o’tkazish;
  • Tos a’zolarining ultratovush tekshiruvi, bu tuxum hujayraning joylashishi va spiralning joylashishini aniqlashga yordam beradi.

Tekshiruv natijalariga ko’ra, mutaxassis homiladorlikni saqlab qolish mumkinmi yoki yo’qmi, bemorning sog’lig’iga tahdid solmasligini hal qiladi.

Homiladorlikni aniqlash usullari →
Onlayn homiladorlik testi: Men homiladormanmi? →

Spiral bilan homiladorlik oqibatlari

Bachadon bo’shlig’idagi spiral homiladorlik jarayonini murakkablashtirishi mumkin, shuning uchun agar shubhali alomatlar paydo bo’lsa, shifokorga murojaat qiling. Bular:

  • yuqori harorat;
  • qonli oqindi paydo bo’lishi;
  • qorin bo’shlig’ida tortishish/achishish og’riqlari;
  • tez-tez siyish istagi;
  • ko’ngil aynishi, titroq, bosh og’rig’i.

Yaxshi o’rnatilgan spiral bilan homiladorlik xavflidir, chunki urug’langan tuxum hujayra bachadon bo’shlig’idan tashqarida: bachadon bo’yni yoki bachadon naychasiga implantatsiya qilinishi mumkin. Kelajakda, embrionning o’sishi bilan, bu organning yorilishiga, og’ir qon ketishiga va hatto o’limga olib keladi. Shuning uchun bachadondan tashqari homiladorlikni oldini olish hamda bemorning hayotiga bo’lishi mumkin bo’lgan xavflarni kamaytirish uchun darhol shifokorga murojaat qilish shart!

Bachadondan tashqari homiladorlik →

Spiral olingandan keyin homiladorlik

Spiral ustidan homiladorlik

Bachadon ichi spirali olib tashlanganidan so’ng, ayolning tug’ish qobiliyati darhol tiklanadi, shuning uchun siz protseduradan keyingi birinchi sikldagi ovulyatsiya kunidayoq homilador bo’lishingiz mumkin. Biroq, shifokorlar spiral olib tashlanganidan 3-6 oy o’tgach, homiladorlikni rejalashtirishni maslahat berishadi.

Spiraldan uzoq vaqt foydalanish ko’pincha bachadon bo’shlig’ida endometriumning ingichkalashiga olib keladi va shilliq pardaning tiklanishi uchun biroz vaqt kerak bo’ladi. Homilaning normal rivojlanishi uchun embrion bachadon devoriga mahkam o’rnashishi kerak va endometriumning kichik qalinligida buning ehtimolligi juda kam bo’ladi.

Spiral olib tashlanganidan keyingi birinchi oylarda homilador bo’lmaslik uchun boshqa himoya vositalarini qo’llash mumkin. Masalan, bu davrda prezervativlardan foydalanish bachadon bo’shlig’iga patogen mikroorganizmlarni kirish xavfini kamaytiradi va ayolning reproduktiv tizimi to’liq tiklanishiga imkon beradi.

Homiladorlikka to’g’ri tayyorlanish va rejalashtirish →

Spiralni olib tashlamasdan tug’ish mumkinmi?

Himoya vositasini olib tashlash mumkinmi yoki yo’qligi haqidagi qarorni akusher-ginekolog tekshiruv natijalari va ayolning umumiy holatiga asoslanib qabul qiladi. Bilish kerakki, saqlangan bachadon ichi himoya vositasi birinchi trimestrda homila tushishi xavfini taxminan 50%ga oshiradi. Shuning uchun, agar homiladorlik erta bosqichda aniqlansa, spiralni olib tashlash yaxshiroqdir.

Homiladorlikning ikkinchi yarmida, homila o’sishi bilan bachadondan kontratseptiv vositani o’z-o’zidan chiqarib yuborish hollari tez -tez uchrab turadi. Ba’zida esa spiral, aksincha, bolaning sog’lig’iga salbiy ta’sir qiladi, uning to’liq rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. 

Spiral ustidan homila bo’lsa va kontratseptiv vositaning lokalizatsiyasi homilaning rivojlanishiga to’sqinlik qilmasa, shifokor spiralni bachadon bo’shlig’ida tug’ilishigacha qoldirishi mumkin. Bu faqat metall o’z ichiga olgan modellarga tegishli. Agar ayol gormonal spiral bilan homilador bo’lib qolsa, uni imkon qadar tezroq olib tashlash kerak, chunki uning tarkibidagi komponentlar bolaning sog’lig’iga tuzatib bo’lmaydigan zarar yetkazishi mumkin. 

Xulosa qilib aytganda, spiral bilan homiladorlik – bu alohida holat bo’lib, uning natijasini oldindan prognoz qilish qiyin. Shuning uchun, agar ayol spiral ustidan homilador bo’lib, bolani saqlab qolishga qaror qilgan bo’lsa, davolovchi shifokorning barcha tavsiyalariga amal qilish va sog’likdagi o’zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borishi kerak.

Tug’ruq jarayoni: to’lg’oq boshlanishi va tug’ish alomatlari →

Agar mavzu yuzasidan qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, izoh sifatida yozib qoldirishingiz mumkin.

Tegishli maqolalar:

Spiraldan belim og‘riydi
Spiral asorat bermasligi uchun nima qilish kerak?
Spiralni qaysi paytda qo‘ydirish mumkin?

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

1 comment
  1. Men speral qoydrdim lekin tug’ganimdan keyin 2 oy otip shu orada homilador yoki yoqmi bilmasdan speral qoydrdim endi konglim ayniyveradi shunga shubham bor agar homilador bolsam bolaga zarari bormi yo menga

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.

Related Posts
error: Saytdan ma\'lumot ko\'chirish mumkin emas.