Spiralni qaysi paytda qo‘ydirish mumkin? Ayol farzandli bo‘lmay turib ham spiraldan foydalansa bo‘ladimi?
Moxira Mirsaidova, shifokor-ginekolog:
Spiral quyishdan oldin genekolog uni ko‘rikdan o‘tkazishi kerak. Ayol organizmi tayyor, deb hisoblangan taqdirdagina hayz ko‘rilganidan so‘ng spiral qo‘yiladi. Hayz ko‘rmagan holda ham tibbiy tekshiruv natijasi yaxshi chiqsa spiral qo‘yishadi. Lekin uning joylashib ketishiga kafolat berilmaydi. Shuning uchun spiral hayz ko‘rilganidan so‘ng qo‘yilgani maqsadga muvofiq. Biror marta homilador bo‘lmagan ayolga ham spiral qo‘yish mumkin. Lekin shifokor sifatida bu ishni unchalik yoqlamayman.