Bachadon ichi spirali qo‘yishda va oldirishda asoratlar kelib chiqmasligi uchun ayol qanday profilaktik choralar ko‘rishi kerak?
Mutaxassis fikri:
Kontratseptiv vositalar orasida eng keng tarqalgani — bachadon ichi spiralidir. Uni qo‘yish va oldirishda asoratlar bo‘lmasligi uchun qin hamda bachadon holati o‘rganilishi kerak. Bunda ayol bachadon bo‘ynidan surtma olinadi, qon orqali TORCH infeksiyalarini aniqlash ham foydadan xoli bo‘lmaydi. 1 hafta oldin sanatsiya o‘tkazilib, hayz davri oralig‘ida bachadon ichi spirali qo‘yiladi. Spirallarning “T” shaklidagi, soyabonsimon va spiralsimon turlari bor. Bularning hammasi bir xil ta’sirga ega. Gistogen moddasi shimdirilgan bachadon ichi spirali ham borki, u o‘zidan vaqti-vaqti bilan gormon ishlab chiqarib turadi va ayol organizmi uchun foydali sanaladi. Bachadon ichi spirallari bepushtlikni keltirib chiqarmaydi.
Manba: Avitsenna.uz