Соғлом оила - соғлом келажак

Spermatozoidlar agregatsiyasi nima va uni qanday davolash mumkin?

Erkaklar bepushtligi, afsuski, tez-tez uchrab turadigan holat. Uning sababi koʻp. Doktor bepushtlikda tavsiya qiladigan birinchi tahlil bu spermogrammadir. Spermogramma asosida mutaxassis bepushtlik sabablari haqida taxmin qilishi mumkin. Shifokor natijaga yarasha qoʻshimcha tekshirish yoki davo tavsiya qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Spermogrammadagi oʻzgarishlardan biri bu spermatozoidlar agregatsiyasidir

spermatozoid agragatsiyasi

Spermatozoidlar agregatsiyasi nima?

Sogʻlom sperma odatda 1 xil konsistensiyada boʻlishi kerak. Agregatsiya sperma suyuqligini shunday holatiki, bunda spermatazoidlar shilliq, epiteliy va boshqa hujayralar bilan yopishib “komochek” hosil qiladi. Agregatsiya oʻz xolicha bepushtlik sababchisi emas. Bu uning aglyutinatsiyadan farqi. Aglyutinatsiya bepushtlikka sabab boʻlishi mumkin. Lekin agregatsiya spermatazoidlar harakatchanligi qandaydir sabablar tufayli pasayganligi yoki tanosil aʼzolarida shamollash borligidan darak beradi.

Kuchsiz agregatsiya farzand koʻrishda katta muammo boʻlmasligi mumkin. Lekin sezilarli agregatsiya spermadagi koʻp miqdordagi “sgustoklar” boʻlishi spermatazoidlarni oxirgi manzil sari harakatiga toʻsqinlik qilish orqali farzand koʻrishda muammo tugʻdirishi mumkin.

Spermatozoidlar agregatsiyasiga sabablar

Koʻpincha agregatsiya sperma suyulish vaqti uzayishi va ilashuvchanligi/quyushqoqligi koʻtarilish fonida kechadi. Bularning hammasi, yana shilliq, koʻp miqdorda epiteliy hujayralari borligi, eritrotsit, leykotsitlar va makrofaglar borligi tanosil aʼzolarida infeksiya, oʻtkir yoki surunkali nosozlik borligidan dalolat beradi.

Asosiy sababchi boʻluvchi omillar bu prostata bezi shamollashi – prostatit va urugʻ pufakchasi shamollashi – vezikulit.

Zararli odatlar, ovqatlanish ratsionidagi kamchiliklar va nosogʻlom hayot tarzi ham spermogramma va farzand koʻrish salohiyatida izsiz ketmaydi. Shu sababli muammo borligiga ishonch hosil qilish uchun spermogramma tahlili qayta tekshirilishi lozim.

spermatogramma

Spermatozoidlar agregatsiyasi diagnostikasi

Sperma agregatsiyasini mikroskopik tekshirish orqali aniqlanash mumkin. Bunda spermatazoidlar yopishganligi (agregatsiyasi) bor yokiyoʻqligi va  agar boʻlsa, uning kuchi aniqlanadi. Spermogramma natijasiga koʻra qon tahlili, siydik yoʻlidan surtma olish va boshqalar tavsiya qilinish mumkin. Yoki yetarli maʼlumot boʻlsa, davo tavsiya qilinishi mumkin.

Spermatozoidlar agregatsiyasini davolash

Agregatsiya bepushtlikni ikkilamchi darajali sababchisidir. Shuning uchun bepushtlikni birlamchi sabablari aniqlanishi va davolanishi shart. Buning uchun Androlog mutaxassis koʻrigiga borish darkor. Diagnostika davomida siydik va tanosil aʼzolari infeksiya va yalligʻlanish jarayonlari aniqlangan boʻlsa, kompleks davo muolajasi oʻtqaziladi. Antibiotik, yalligʻlanishga qarshi vositalar, fizioterapiya muolajalari, immunitetni koʻtaruvchi vositalar va vitaminlar tavsiya qilinadi. Agar infeksiya aniqlanmasa va gormonal fon ham buzilmagan boʻlsa, davo kursiga ehtiyoj boʻlmasligi mumkin.

Tibbiy davodan tashqari agregatsiyaga davolash uchun oqsil, vitaminlarga boy sogʻlom ovqatlanish zarur. Moʻtadil darajada jismoniy faollik va zararli odatlardan voz kechish lozim.

Davo kursidan keyin spermogramma tahlili yana qaytariladi.

 

Muallif: Abdulxayev Fayzullo. Urolog, Androlog, Seksopatolog.
Tibbiyot Fanlari Doktorligiga Nomzod.

Мақола сизга ёқдими? Ундай бўлса, баҳоланг!
1 баҳо2 баҳо3 баҳо4 баҳо5 баҳо

Loading...

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш
loading...

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.