Siydikdan qon kelishiga sabablar nima?

–  Yoshim 20 da. Erkak kishida siydik yo‘lidan qon kelishi nimaning belgisi?

Fayzullo Tursunovich, urolog-androlog:

–  Siydikda qon ko‘z bilan ko‘rilishi va bunda siydik yo‘lida xech qanday og‘riq va bezovtalik bo‘lmasligi jiddiy belgi, ya’ni o‘sma kasalliklari va sil belgisi bo‘lishi mumkin.

Yana siydik yo‘llarida tosh bo‘lganda ham siydikda qon paydo bo‘ladi va tosh joylashishiga qarab siydik rangi qon bilan turli darajada bo‘yalgan bo‘ladi.

Ba’zan siydikda qon siyish achishish bilan kechadi. Siydikda qon bo‘lsa Urolog doktorga murojaat qilish kerak. Siydik tahlili va qovuqni UTT qilish kerak. Siydikni bakterial tekshirish uchun ekish mumkin. Lekin natijasini kutib o‘tirmasdan empirik davo, ya’ni sinov davosini boshlash kerak bo‘ladi. Chunki bu holda qovuqni qon ketish bilan kechadigan o‘tkir yallig‘lanishi boshlangan bo‘lishi mumkin. Bunda yallig‘lanish qovuq bo‘ynida ko‘proq bo‘ladi va siyganda siydik qon ketishi sababli qizil rangga kiradi. Siydik ektirish natijasi chiqqanda tahlil natijasiga qarab turib lozim topilsa antibiotikni almashtirishingiz mumkin.

Bir qator tekshiruvlarni tavsiya qilardim. Prostata bezi, urug‘ pufagini UTT qilish kerak. Siydikni sitologiya uchun topshirish kerak. Qolaversa uretro-sistoskopiya qilish orqali qovuq va siydik yo‘lida qandaydir o‘zgarishlar bor yo‘qligi ham aniqlab olinadi.


–  Yoshim 24 da. Bir necha kun avval siyganimdan keyin unitazda qon izlarini ko‘rdim. Bunda faqat siygandim xolos. Shundan keyin yana 2-3 marta shunday holat takrorlandi. Bu safar ichim kelganda qon siydik yo‘lidan keldi. Urolog doktorga bordim. Qon, siydik tahlili norma. UTT da qovuq, buyraklar ham norma. Urolog siyish vaqtida qandaydir mayda qon tomirlari yorilgandir dedi. Menga davo kursi yozib berdi Kanefron va biseptol tabletkalari. Qon chiqqaniga hali xam ko‘nglim tinchimadi. Diagnozim yanada ishonchli bo‘lishi uchun yana qandaydir tahlil qilish kerakmi ?

Fayzullo Tursunovich, urolog-androlog:

–  Siydikda qon ko‘z bilan ko‘rilishi va bunda siydik yo‘lida hech qanday og‘riq va bezovtalik bo‘lmasligi jiddiy belgi, ya’ni o‘sma kasalliklari va sil belgisi bo‘lishi mumkin.
Bir qator qo‘shimcha tekshirishlarni tavsiya qilardim. Qon ich kelgan vaqtida paydo bo‘lgani uchun prostata bezi, urug‘ pufagini UTT qilish kerak. Siydikni sitologiya uchun topshirish kerak. Qolaversa uretro-sistoskopiya orqali qovuq va siydik yo‘lida qandaydir o‘zgarishlar bor yo‘qligi ham aniq bo‘ladi.

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

18 comments
  1. Assalomu aleykum, uzr,.

    Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edi.

    Ba’zida siyganimdan keyin achishish bilan qon aralash 2-3 tomchi ba’zda ko’proq siydik kelayapti? Bu nima? Qanday davolash mumkin. Javobingiz uchun rahmat.

          1. Assalomu aleykum mani turmish ortogim qon siydila nima qilsam boladi qaysi doktorga kurinish kerak

  2. Assolom Alekum javob uchun avvaldan rahmat menda homiladorlik vaqtimda pielo nefrit diagnozi qoyilgandi ungacha ora orada sistit bolip turardim lekin tez otib ketardi tuqqanimdan keyin sistit tez tez takrorlanadgan bolip qoldi avvaliga siydikimda qon tomchilari kuzatilardi siprolet va 5 nog ichkanimdan keyin otib ketardi lekin negadr shu kunlarda yana qaytalandi lekin endi qon aralaw siydikmas laxta qon siydikda chiqadgan boldi bu nimadan boliwi mumkun???

  3. Salom yoshim 22 da 3 kundan beri siydigim qon aralash kelib buyraklarim o‘griyapti hozir doctorga bora olmayman taxminanan bir hafta .
    Javobingiz uchun oldindan rahmat

  4. Meni yoshim 25 da men siyganimda bosh tomoni ogrib siyib buganimdan keyin qon chiqiyabti xolatim tursa ogirb yana yiqilib kolyabti urologga bordim menga shamolagan dedi i bisebtol i furatilin ich dedi man ichdim 1 hafta lekin yana shu holat yuz beryabti nima qilsam buladi oldindan raxmat

  5. Bolam 4 yoshda 1 necha kun oldin siydigida qon arashishganini sezgandek boldim ogriq bormi desam yoq deydi yosh bolada bunday bolish sababi nimada

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.

Related Posts
error: Saytdan ma\'lumot ko\'chirish mumkin emas.