– Semizlikdan yaʼni ortiqcha qorin yogʻlaridan qanday tez xalos boʻlish mumkin. Qorin qoʻyish, semizlik, tana vazni indeksining buzilishi jinsiy faoliyatga qanday taʼsiri bor?
Fayzullo Tursunovich, urolog, androlog, seksopatolog:
Yillab yigʻilgan ortiqcha vazn va qorin yogʻlaridan tezgina xalos boʻlish boshidan notoʻgʻri niyat, savol va maqsad. Birdaniga organizmda norma boʻlib qolgan “nonormal” balansni organizm roziligisiz va uni tayyorlashlarsiz buzilsa, organizm ruxsat olinmaganligi sabab “jahli chiqadi”. Shuning uchun organizm beruxsat yoʻqotilgan vazn va buzilgan balans uchun “qasd” oladi va yoʻqotilgan 1 kg vazn oʻrniga 1 necha kg vazn olasiz. Demak yanada semirib ketasiz. Vaznni sogʻlom va xavfsiz holda sekin tashlanadi.
Ortiqcha vazn yoki semizlik erkaklik va erkak salomatligi kushandasi hisoblanadi. Ortiqcha vazn va semizlik, ayniqsa semirish qorin tipida boʻlsa, sust ereksiya, shahvat susayishi va jinsiy zaiflikda yetakchi rol oʻynaydigan sabablardan.
Tavsiyamiz, tana vaznini sekin tashlash kerak. Ayniqsa qorin turida semirish boʻlsa, bu savolga yanada jiddiy va sabot bilan yondashish kerak. Qorin turida semirish eng xavfli va asoratli semizlik turidir.