Соғлом оила - соғлом келажак

Qaysi vaqtlarda jinsiy aloqaga kirishish mumkin emas?

Qorin ovqatga to‘la bo‘la turib aloqa qilmaslik kerak, chunki bu hazmga to‘sqinlik qilib, to‘liqlik ustiga harakat qilishdan kelib chiqadigan kasalliklarga tez va og‘ir ta’sir qilib uchratadi. Agar bu hol biror kishida yuz berib qolsa, ovqat me’dada o‘rnashsin va u suzib yurmasligi uchun aloqadan keyin bir ozgina harakatda bo‘lib,keyin mumkin qadar kuproq uxlasin.

jinsiy aloqaga kirishish vaqtlari

Och qoringa ham aloqa qilmaslik kerak,chunki bu yanada zararliroq, tabiatga og‘irroq va tug‘ma issiqlikni o‘ldiruvchanroq bo‘lib, erish va ingichka og‘riq kasalligini keltirib chiqaradi, balki aloqa taom me’dadan pastka tusha boshlab birinchi va ikkinchi hazm kamolga yetgandan keyin uchinchi hazm o‘rtalarida bo‘lishi kerak.

Bu uchinchi hazm turli kishilarda turlicha bo‘ladi . “Aloqa , hazm har jihatdan tugallangandan keyin bo‘lishi kerak ” degan kishilarning so‘zlariga iltifot qilinmasin, chunki bu vaqt badanda singdirishishi boshlanib va azolarning hammasida hazm bo‘layotgan oziqdan qoldiq bo‘lib, me’daning bo‘shagan vaqti bo‘ladi.

Odamlar borki, ularda bu xil holatning vaqti kechaning avvaliga to‘g‘ri keladi; bu yuqorida aytilganlarga binoan ular uchun aloqaga eng muvofiq vaqt bo‘ladi; ikkinchi tomondan ham foydasi borki, bundan keyin uzoq uyqu bo‘lib, quvvat qaytib keladi, xotin uzoq vaqt uxlaganida bachadonida urug‘ joylashib qaror topadi. Aloqa sog‘lom va haqiqiy istak bilan bo‘lib, qarash, o‘ylash, qashish va qichish qo‘zg‘atgan istaklar bilan bo‘lmasligi kerak, balki u istak urug‘ ko‘pligi va to‘laligi bilan qo‘zg‘algan bo‘lishi kerak .Bular erlik quvvatining sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi.

Me’da buzilgan vaqtda shuningdek, qusish va ichni surish bilan kuchli bo‘shatishdan keyin, xayz va qonli ich ketishidan keyin va jismoniy va nafsoniy xarakatlardan keyin, siyish va axlat chiqarish chog‘ida va tomirdan qon olishdan keyin aloqa qilishdan qochish kerak.

Ich ketishining eskirganiga kelsak, uni jinsiy aloqa moddani quritishi va ichakdan boshqa tomonga yunaltirishi bilan quritadi. Issiq vaqtlarda va issiq joylarda aloqadan saqlqnish kerak. Erkak kishi badani qizib yoki sovub turganida aloqadan qochishi kerak; biroq badan qizib turganda aloqa qilish — sovub turganida aloqa qilganidan ko‘ra behavotirroqdir; shuningdek, kishining badani ho‘l bo‘lganidan keyin aloqa qilish -badan quruqligida aloqa qilishdan yaxshiroq.

Mo‘tadil mijozlilar uchun, tajribada aniqlanishiga ko‘ra, aloqaning eng yaxshi vaqti shuki, bunda kishi birmuncha vaqt aoloqa qilmay keyin aloqa qilsa, o‘zini sog‘lom, yengil va hislarini o‘tkir sezadi.

Bola bo‘ladigan va bola bo‘lmaydigan urug‘

Mast kishi, qarigan kishi, bola va ko‘p aloqa qiluvchi kishilarning urug‘ida bola bo‘lmaydi. A’zolariga ofat yetgan kishining urug‘idan sog‘lom bola tug‘ilishi kamdan kam bo‘ladi. Olat juda uzun bo‘lsa, urug‘ning harakat qilish masofasi uzoq bo‘lib, u tug‘ma harorati singan holda bachadonga yetib keladi, bunday urug‘, ko‘pincha bola bermaydi.

Yaqinda aloqa qilgan kishining belgisi

Uning siydigida bir-biriga chuvalashgan iplar va tarmoqlar bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Erkaklar uchun: Homilador ayol bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak?

Manba: Tib.uz