Соғлом оила - соғлом келажак

Prostatit profilaktikasi uchun muhim tavsiyalar

Erkaklar sog‘liqlariga jiddiy e’tibor berishlarida ularga turmush o‘rtoqlari ham ko‘maklashishlari kerak. Quyida erkaklar salomatligi uchun juda foydali hisoblangan, xalqimiz orasida keng tarqalgan va tibbiyotda o‘z isbotini topgan usullardan foydalanishni maslahat beraman.

Rux erkak uchun zaruriy element

Prostata bezi uchun eng muhim element bu — rux. Ushbu elementni topish uchun qimmat dorilar yoki taomlarga biologik qo‘shimchalar sotib olish shart emas. Xalqimizning sevimli mevasi — anjir rux moddasiga juda ham boy. Anjir hattoki quritilgan holida ham ushbu moddani o‘zida saqlab qoladi. Shuning uchun erkaklar bu mevani qishin-yozin iste’mol qilishlari lozim.

prostatit haqida

Erkaklar salomatligini mustahkamlashda oshqovoqning danagi ham juda foydali hisoblanadi. Uni quritilgan holda eyish maqsadga muvofiqdir.

Aziz ayollarga iltimosim — sevimli turmush o‘rtog‘ingiz sog‘lom bo‘lishini xohlasangiz, pishiqchilik paytida ovqatdan so‘ng anjirni yuvib, dasturxonga qo‘ying. Qishda iste’mol qilish uchun ham anjirni quritib qo‘yishga odatlaning. Bundan tashqari, qovoqli taom tayyorlagan kuningiz urug‘ini alohida likobchaga solib, turmush o‘rtog‘ingizning oldiga qo‘ying. Ana shunda turmush o‘rtog‘ingizdagi bo‘lajak kasalliklarning oldini olgan bo‘lasiz!

Erkaklarning jismoniy harakatlarni kam bajarishlari, bir joyda o‘tirib ishlashi ham ularda prostata bezi hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunday kasb egalariga ish paytida ozgina tanaffus qilib, xonada bir oz yurishlari yoki qisqa-qisqa, engil mashqlar bajarishlarini maslahat beraman.

O‘tirib yoki yotgan holda oyoqlarni tepaga ko‘tarib, chap oyoqni o‘ng elkaga, o‘ng oyoqni chap elkaga qo‘yib yoki faqat yotgan holda “velosiped” boshqargandek mashq bajarish, orqa tomonga qarab suzish juda foydali.

Prostata bezi,

Prostata bezi harorat almashinuviga nisbatan sezuvchan bo‘lib, bu kasallik sovuqni yoqtirmaydi. Shuning uchun erkaklarimizga sovuq havodan saqlanish lozimligini eslatib o‘tmoqchiman. Qish kunlarida yig‘inlarda, kafeda, ko‘chada yoki mashinada sovuq o‘rindiqlarga o‘tirishga to‘g‘ri keladi. Shu bois, erkaklarimizga o‘zlari bilan kichkina gilamcha yoki yostiqcha (mashinaga tashlab qo‘ysangiz, asqotadi) olib yurishlarini maslahat beraman. Buning sira uyatli joyi yo‘q!

Prostata bezi vazifalari nimalardan iborat?

Prostata bezi ikkita asosiy vazifani bajaradi.

Birinchidan, bu bez ereksiya (jinsiy olatning ko‘tarilishi) yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega. Bez ishlab chiqargan gormonlar qonga quyulib, u kun davomida insonda seksual bioritm (jinsiy maylga bog‘liq bo‘lgan ruhiy holat)ni faollashtiradi va jinsiy maylning yaxshilanishi (libido)ga yordam beradi. Inson miyasiga keladigan har qanday jinsiy mayl uyg‘onish paytida prostata bezi oddiy holatdagiga nisbatan juda ko‘p miqdorda gormon ishlab chiqaradi, natijada shu zahotiyoq erkak maniysida o‘zgarish yuz beradi.

Ikkinchidan, prostata bezi farzand ko‘rish, ya’ni erkak spermatozoidi (urug‘ hujayrasi) ayol tuxumdonini urug‘lantirishda asosiy vazifani bajaradi. Urug‘ hujayralari tashqariga chiqib ketishidan avval peshob chiqarish yo‘li (uretra)ga kelib tushadi va bu erda prostata bezi ishlab chiqargan suyuqlikka to‘yinadi. Yaxshi to‘yingan urug‘ hujayralarigina ayol tuxumdonini urug‘lantirishi mumkin.

Prostatit qanday paydo bo‘ladi?

Prostatit kasalligi bezga:

  • siydik pufagi;
  • siydik yo‘li;
  • to‘g‘ri ichak;
  • qon tomirlari va kichik tosning limfa tomirlari orqali infeksiya tushish tufayli paydo bo‘ladi.

Bezning “omadsiz” joyda joylashganligi tufayli unga har xil infeksiyalarning tushishi tabiiy holdir. Bu kasallikni keltirib chiqaruvchi emas, balki rivojlanishiga yordam beruvchi omil hisoblanadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 90 foiz prostata bezi kasalliklari siydik va ayollarning jinsiy organlari, urogenital infeksiyalaridan kelib chiqadi. Sog‘lom bo‘lishni istovchi har bir erkak begona ayollar bilan jinsiy aloqada bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, ovqatlanish, uxlash, hattoki jinsiy aloqa ham me’yorida bo‘lishi lozim.

Ushbu video lavha orqali prostatit kasalligi vaqtida qilinadigan mashqlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

[su_youtube_advanced url=”https://www.youtube.com/watch?v=J2RhP5nM4RY“ width=”500“ height=”340“ showinfo=”no“ loop=”yes”]

Ekspert: Dilmurod IRGASHEV, tibbiyot doktori, androlog.

Manba: “Shifo-info” gazaetasi.