Соғлом оила - соғлом келажак

Prezervativ – kontraseptik vosita

Har bir erkak voyaga yetib albatta oila qurib jinsiy hayot bilan tanishadi. Oilaning mustahkamligi uning tinchligi, er va xotinning bir-birini tushunishi koʻp tomondan jinsiy hayotning normal va barqaror kechishiga bevosita bogʻliq. Jinsiy hayotga kirishishdan avval, har bir kishi kontrasepsiya vositalaridan qanday foydalanish va ularning foyda zararlari haqida yetarlicha maʼlumotga ega boʻlishi shart! Bu esa hali kutilmagan homilani oldini olish shu bilan birga jinsiy aloqadan yuqadigan xavfli kasalliklardan himoyalanishning eng samarali usulidir.

prezervativ turlari

Ushbu maqolada erkaklar kontraseptik vositalaridan biri boʻlgan prezervativlar (Condom) va ularning turlari haqida qisqacha maʼlumotga ega boʻlasizlar.

Prezervativlar yaqin yillarga kelib paydo boʻlgan kontrasepsiya vositalari emas, tarixiy qoʻlyozmalardan maʼlum boʻlishicha, Angliya qiroli Genrix VIII ning shifokori Charlz Kondom qirol uchun birinchi prezervativni qoʻy ichagining shilliq qavatidan tayyorlab bergan. Yillar mobaynida prezervativning takomillashuvi, turlari va xillarining koʻpayishi uning oddiy xalq orasida ham tarqalishiga olib kelgan.

Prezvativlardan foydalanishni deyarli barchamiz yaxshi bilamiz, lekin uning turlari haqida yetarlicha maʼlumotga ega boʻlmasligimiz mumkin.

Ishlab chiqarish sifatiga koʻra prezvativ  turlari

  • Maxsus tuzilishlarsiz boʻlgan oddiy, silliq prezervativlar;
  • Zich yopishib turadigan konturli prezervativlar, bular jinsiy olatning anatomik shakliga kira oladilar;
  • Maxsus tuzilgan prezervativlar – ularning sirtida maxsus boʻrtmachalar mavjud;

Moyining mavjudligi va sifatiga koʻra prezvativ  turlari

  • Moysiz, oddiy prezervativlar (odatda juda kamdan-kam hollarda uchraydi);
  • Moyli, oddiy prezervativlar, odatda ularda monopropilenglikol yoki silikonli moy ishlatiladi;
  • Koʻp moyli prezervativlar;
  • Aromatizatorli prezervativlar. Odatda ularning moylariga turli xushboʻy moylar (parfyumeriyali, mevali) qoʻllaniladi;
  • Spermitsid moyli prezervativlar. Bunda prezervativ moyi tarkibida spermatozoidlarni oʻldiruvchi, harakatchanligini pasaytiruvchi maxsus moddalar (nonoksino l-9) qoʻshilgan boʻladi;
  • Ereksiya muddatini choʻzdiruvchi prezervativlar, ularning moyi tarkibida ereksiyani ushlab, urugʻ otilish vaqtini choʻzuvchi moddalar qoʻshilgan boʻladi;
  • Qoʻzgʻatuvchi prezervativlar, ularning moyi tarkibida qon tomirlariga tezda soʻriluvchi, hissiyotni qoʻzgʻatuvchi va sezgirlikni pasaytiruvchi moddalar qoʻshilgan boʻladi.

Tayyorlangan materialiga koʻra prezervativ​ turlari

  • Lateksli prezervativlar: odatda bunday prezervativlar tarkibida 92% tabiiy lateks mavjud boʻladi.
  • Latekssiz prezervativlar: Bular odatda poliuretan va kamdan kam hollarda qoʻzichoqning ichagidan (lekin juda qimmat) tayyorlanadi.
  • Poliuretanli prezervativlar: yapon texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan boʻlib, prezervativlardagi allergen xususiyatni kamaytirish maqsadida qoʻllaniladi, ular lateksli prezervativlardan oʻta yupqa va samarali hisoblanadi.

 

Boshqa bir qancha belgilariga koʻra turlari

 

  • Oʻlchami nisbatan katta boʻlgan prezervativlar: Bunday prezervativlarning odatdagi standart prezervativlardan farqi aylanasi 5.4-5.6 sm boʻlishidadir.
  • Juda pishiq, mustahkam prezervativlar: Ular jinsiy olat hajmi kattalashganda vaqtida ham oʻz mustahkamligini yoʻqotmaydi.
  • Oʻta yupqa prezervativlar: jinsiy aloqa vaqtida ularning borligi hatto sezilmaydi (Prezervativ ishlatishni yoqtirmaydiganlarga odatda shu turdagi prezervativlardan foydalanish tavsiya etiladi).
  • Nur taratuvchi prezervativlar: bularning moyi tarkibida turli fosfor moddalari mavjud boʻlib, prezervativ qoʻllanilgan vaqtida faqatgina qorongʻu xonada uni yaqqol sezish mumkin. Bu odatda jinsiy munosabatga oʻzgacha hissiyot uygʻotish, rang-baranglik qoʻshish uchun qoʻllaniladi.
  • Rangli prezervativlar: Ular ham jinsiy aloqada oʻzgacha hissiyotlarni yuzaga kelishi uchun xizmat qiladi.
  • Turli qoʻshimchali: (oʻsimta, gajaklar, boʻrtmalar va h.k.) prezervativlar (Ayollarning jinsiy aloqadan lazzatlanishlarini orttirish maqsadida) foydalaniladi.
  • Bir necha marta qoʻllaniladigan prezervativlar: Ushbu prezervativlar Hind kompaniyalarining mahsuloti boʻlib, u oʻta yupqa va mustahkam lateksdan ishlangan boʻlib, uni koʻp marotaba qoʻllash mumkin (tozalash noqulayligi uchun tavsiya etilmaydi).

 

Klassik prezervativlar

Ushbu prezervativlarni nomiga eʼtibor bergan boʻlsangiz klassik uslubda tayyorlanadi, tabiiy lateksdan ishlanadigan prezervativlar boʻlib, silliq yuzali va uchida spermani toʻplovchi rezervuari mavjud.

Silikonli gel bilan moylangan bu prezervativlar, ortiqcha ishqalanishdan himoya qiladi. Koʻpgina prezervativlar diametri, qalinligi va uzunligi bilan farqlanadi. Ushbu mahsulotlar albatta statistik tekshiruvlar asosida ishlab chiqariladi.

Ushbu prezervativlar odatdagi qoʻllashlar uchun juda qulay hisoblanadi, jinsiy aloqa vaqtida sezuvchanlik tabiiy sezuvchanlikka juda yaqin boʻladi, lekin bu prezervativlardan silikonli gel va tabiiy lateksga allergiyasi borlar foydalanishi tavsiya qilinmaydi.

Anatomis prezervativlar

Ushbu prezervativlar yuqoridagi klassik uslubdagi prezervativlardan biroz farq qiladi. Ularning zich yopishuvchanlik xususiyatiga ega boʻlib, olatning aynan anatomik shakliga kira oladi. Bundan tashqari u olatga zich yopishib turish bilan birga uning chetki qismidan spermaning chiqib ketishiga aslo yoʻl qoʻymaydi.

Prezervativ qoʻllanilganda sezuvchanlik odatdagi tabiiy sezuvchanlikdan farq qilmaydi. Ushbu prezervativdan olatning oʻziga individual shakliga ega boʻlgan erkaklar foydalanishi koʻzda tutiladi.

Spermiside/Prolonged prezervativlar

Ushbu prezervativlar ularni moylashda ishlatiladigan moyning tarkibidagi oʻziga xoslik bilan ajralib turadi. Ularning tarkibida sperma suyuqligidagi spermatozoidlarni oʻldiruvchi modda mavjud. Ushbu prezervativ qoʻllanilganda eyakulyatsiya  kechroq boʻlib, ereksiya uzoq saqlanishi hisobiga  aloqa birmuncha uzoq davom etadi.

Shuni ham taʼkidlash lozimki, ushbu prezervativlarni doim qoʻllash maqsadga muvofiq emas, ular ayolda qin disbiozini yoki turli allergiyalarni keltirib chiqaradi.

Ribbed/Dotted yoki qovurgʻali prezervativlar

Ushbu prezervativlarning boshqa turdoshlaridan asosiy farqi ularning tashqi tuzilishida boʻlib, prezervativ yuzasi turli nuqtalar, chiziqlar va boshqa qoʻshimchalarga ega. Bu jinsiy aloqa vaqtida qoʻshimcha hissiyotga erishish uchun qoʻllaniladi. Lekin bu prezervativlar klassik uslubdagi prezervativlardan qalinligi bilan farqlanadi.

Solor va Aroma prezervativlar

Bu turli rangdagi, taʼmdagi va hiddagi prezervativlar boʻlib, klassik uslubdagi prezervativlarning nisbatan oʻzgartirilgan koʻrinishi xolos.

Prezervativlarni qoʻllash jarayonida yana shuni ham eslatib oʻtish joizki, oilada istalmagan homiladorlikning oldini olish yoki turli yuqumli kasalliklarning er-xotindan biriga yuqishini oldini olish vaqtida qoʻllashda ikki tomonning fikrini inobatga olish lozim.

Baxtiyor Sheraliyev.

Мақола сизга ёқдими? Ундай бўлса, баҳоланг!
1 баҳо2 баҳо3 баҳо4 баҳо5 баҳо

Loading...

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Andrologiya » Prezervativ – kontraseptik vosita

loading...

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.