– Assalomu alaykum! Savolim turmush o‘rtog‘im to‘g‘risida edi. Sevishib turmush qurganmiz, 3 yil bo‘ldi. 1 ta farzandimiz ham bor. Hayotimiz bir qarashda risoladagidek, lekin… Turmush o‘rtog‘im 4 yil onanizm bilan shug‘ullangan ekan. Pornofilmlar ko‘rgan. Shuni oqibati bo‘lsa kerak, qo‘zg‘alish juda qiyin. Jinsiy aloqaga ehtiyoji kam (1 haftada 1 marta) Hozir 25 yoshda. Yaqinlik vaqtida umuman ehtiros yo‘q. Davolansa bo‘ladimi? Oldindan rahmat.
Abdulxayev Fayzullo, urolog, androlog, seksopatolog:
– 25 yoshlik erkakda jinsiy aloqaga ehtiyoj kam bo‘lsa, jinsiy aloqa 1 haftada 1 marta bo‘lishi va shahvoniy ehtiros yo‘qligi, qo‘zg‘alish qiyinligi onanizm va pornofilm kabi kino ko‘rish, hayot tarzidagi zararli odatlar va yallig‘lanish kasalliklari, yana balki gormonal o‘zgarishlar, semizlik, alkogol, stress va ruhiy zo‘riqishlar sababli kelib chiqqan oqibat. Bu holatni, albatta, davolash mumkin.
Tavsiya: Bu holatni davolash uchun albatta Androlog doktor qabuliga borish kerak. Urolog emas aynan Androlog shu muammolar bo‘yicha mutaxassis xhisoblanadi. Androlog lozim topgan tekshirishlarni o‘tkazish va tahlillar natijasiga tayanib asosli davo muolajalarini qilish kerak.
Reproduktiv salomatligingizga oid savollaringiz bo‘lsa, savol-javoblar uchun ixtisoslashtirilgan ATF.UZ saytimizda yozib qoldirishingiz mumkin.