Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?

Tug‘ruqxonadan chiqqanimga uch hafta bo‘layapti. Belimdagi og‘riq tez-tez bezovta qilayotganidan tashvishdaman. Ba’zan siydik ajralishida achishish ham seziladi. Avvalroq piyelonefrit bilan og‘rib, davolangan edim. Qanday tavsiya berasizlar?

piyelonefrit

Muyassar NAZIROVA, akusher-ginekolog:

Yangi tuqqan ayol organizmida immunitet susayishi ko‘p uchraydigan hodisa. Eng yomoni, bunday paytda surunkali kasalliklar qo‘zg‘alishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keladi. Agar sizda avvaldan piyelonefrit kasalligi bor bo‘lib, to‘liq davolanmagan bo‘lsangiz, tug‘ruqdan so‘ng organizmning bo‘shashganligi hisobidan xastalik qayta xuruj qilayotgan bo‘lishi mumkin. Piyelonefrit — buyrak va buyrak jomi yallig‘lanishi kasalligida tana haroratining ko‘tarilishi, qo‘l va oyoqlarda uvishish va belda og‘riq turishi bilan kuzatiladi. Yallig‘lanish qaysi tarafda ko‘proq bo‘lsa, o‘sha tomon nisbatan qattiqroq og‘riydi.

Tavsiya: ko‘pincha, yangi tuqqan ayollar surunkali kasalliklar xuruj qilishi mumkinligini unutib, og‘riqsizlantiruvchi muolajalar bilangina kifoyalanishadi. Bu esa kasallikni davolamay, biroz tinchlantiradi, xolos. Beldagi og‘riq tezlashsa va zo‘raysa, shifokor bilan maslahatlashgan holda tahlil namunalarini topshirib, zarur muolajalarni oling.

O‘qishga tavsiya etamiz: Tug‘ruqdan keyin oyoq-qo‘llar shishishi buyrak faoliyati buzilishidanmi?

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

Related Posts
error: Saytdan ma\'lumot ko\'chirish mumkin emas.