Соғлом оила - соғлом келажак

Parhez tutish jinsiy rivojlanishga zarar yetkazadimi?

Qomatli bo‘lish uchun har narsaga tayyor o‘smir yoshdagi qizlar, turli xil parhezlar yordamida organizmini to‘g‘ri rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin.

Turli xildagi parhezlardan tashqari tanovvuldan so‘ng sun’iy ravishda qayt chaqirish, bo‘shashtiruvchi dori preparatlarini qabul qilish kabi odatlarga har bir ona e’tiborli bo‘lishi lozim. Sababi, buning uddasidan chiqqanda, qiz bolada to‘satdan hayz to‘xtashi mumkin. Farzand tug‘ilishida muhim rol o‘ynovchi a’zolar faoliyatining izdan chiqishi, yoki to‘xtashi kerakli miqdorda vazn to‘planishi bilan iziga tushib ketishi mumkin. Lekin bu hol qancha uzoq davom etsa, a’zolarni ishga tushirish shunchalik qiyin bo‘ladi. Afsuski har doim ham ijobiy natijaga erishib bo‘lmagani sabab, bemor kelajakda bepushtlikka chalinishi mumkin.

Mutaxassis: Nafisa SULTONOV, akusher-ginekolog.

Manba: “Sug‘diyona” gazetasi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.