Соғлом оила - соғлом келажак

Farg‘onada voyaga yetmagan qiz farzandli bo‘lgach, bolaning otasiga nisbatan jinoiy ish ochildi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida voyaga yetmagan kollej o‘quvchisi 1999 yilda tug‘ilgan yigit bilan qilingan jinsiy aloqa natijasida farzand dunyoga keltirdi. Holat yuzasidan jinoiy ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB ma’lumotlariga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

voyaga yetmasdan tugru

Farg‘ona viloyati Quva tumani IIBga 2017 yil 10 iyulda tuman prokuraturasi tomonidan yuborilgan hujjatlarga ko‘ra, 2016 yil noyabr oyida Quva tumanida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan Ikrom Nurmatov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) tanishi Quva tumanida yashovchi kollejning 1-bosqich o‘quvchisi, voyaga yetmagan Nozima Boltayevaning o‘n olti yoshga to‘lmaganligini bila turib, u bilan o‘z ixtiyoriga ko‘ra dala yer maydonida jinsiy aloqa qilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida voyaga yetmagan Nozima Boltayeva 2017 yil 7 iyulda o‘g‘il farzand tug‘ganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan 2017 yil 19 iyulda Ikrom Nurmatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Holat bo‘yicha keltirilgan ism va familiyalar o‘zgartirilgan, har qanday o‘xshashliklar tasodifiy xarakterga ega.