Соғлом оила - соғлом келажак

Ooforit yoxud tuxumdon yallig‘lanishi xavfli kasallikmi?

Xalq tilida tuxumdon shamollashi deyiladigan bu kasallik tibbiyotda tuxumdonlar yallig‘lanishi deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, ooforit – tuxumdonlar yallig‘lanishi. Bu kasallik bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. Bachadon naylari yallig‘lanishi bilan birga keladi.

ooforit

Ooforitga sabab bo‘luvchi omillar nima?

Organizmning gonoreya, trixomoniaz, xlamidioz, mikoplazmoz, tuberkulez, ichak tayoqchasi, stafilokokk, kandida, streptokoklar bilan zararlanishidan kelib chiqadi.

Bundan tashqari sovuqda qolish, tug‘ruq davrida infeksiya tushishi, homiladorlikni xirurgik yo‘l bilan to‘xtatish, barer turdagi kontratseptivlarsiz himoyalanmagan jinsiy akt, hayz mahalida jinsiy aloqa, gipodinamiya ham tuxumdon yallig‘lanishiga sabab bo‘luvchi omilladrdandir

Tuxumdon yallig‘lanishi belgilari

  • Qorin pastida kuchli og‘riqlar, bel va dumg‘aza sohasiga uzatiladi;
  • Siydik chiqarish og‘riqlari;
  • Yiringli seroz ajralmalar;
  • Tana harorati ortishi;
  • Isitma;
  • Jinsiy aloqa paytidagi og‘riqlar;
  • Doimiy qon ketish;
  • Doimiy jinsiy aloqada homilador bo‘la olmaslik.

Ooforit kasalligi diagnostikasi

Tuxumdon yallig‘lanishi

Tuxumdon yallig‘lanishi kasalligi diagnostikasida avvalo ginekolog shifokorning tibbiy ko‘rigi zarur. Qo‘shimcha tarzda

  • Tos a’zolari UTT
  • PSR diagnostika
  • Bakteriologik tekshiruv
  • Laparoskopiya
  • Gisterosalpingografiya

Kasallikni eng avvalo appenditsit, bachadondan tashqari homiladorlik, endometrioz, tuxumdon kista va kistoma, mioma va peritonit kabi kasalliklardan farqlash lozim.

Ooforit kasalligini davolash

Antibiotiklar, og‘riqsizlantiruvchilar, sulfanilamidlar, fizioterapiya, kalsiy xloridi, qorin pastiga muz, ginekologik massaj kabi muolajalar qo‘llaniladi. Bemor statsionar sharoitda davolanadi.

Tuxumdon yallig‘lanishi o‘z vaqtida davolanmasa, qanday asoratlar berishi mumkin?

  • Bachadon naylari o‘tkazuvchanligining buzilishi;
  • Bepushtlik;
  • Piyelonefrit;
  • Sistit;
  • Hayz sikl buzilishi;
  • Qorin bo‘shlig‘i a’zolari absesi kabi og‘ir asoratlar berishi mumkin.

Bu kasallik bilan kimlar ko‘proq kasallanishadi?

Jinsiy partnerlarni almashtiruvchi, himoyalanmagan jinsiy aloqadan foydalanuvchi ayollar, homiladorlar, siydik chiqaruv yo‘llari infeksion yallig‘lanish kasalliklari bilan kasallangan ayollarda ko‘proq kuzatiladi.

Kasallikning oldini olish uchun

Ayollar intim gigiyenaga, sog‘lom turmush tarziga, tos a’zolarini sovuqda qolishdan saqlashi hamda bu kasallikka sababch bo‘luchi omillarni tezda bartaraf qilishlari lozim.

O‘qishga tavsiya etamiz: Jinsiy a’zolarimdagi shamollash qanday kasallik?