Oligozoospermiya – turlari, sabablari va davolash usullari

Oligozoospermiya – erkak urug‘ suyuqligida spermatazoid miqdorining kamayishi bilan bog‘liq kasallik bo‘lib, statistik ma’lumotlarga ko‘ra erkaklar bepushtligi sabablari orasida eng ko‘p tarqalgani hisoblanadi. Bu tashxis mavjud bo‘lgan holatda ham farzandlik bo‘lish imkoni mavjud bo‘ladi. Ko‘pgina holatlarda oligozospermiyaning sabablarini bartaraf etish mumkin.

Oligozoospermiya turlari

Odatda farzand ko‘rish qobiliyati bo‘lgan sog‘lom erkak kishida 1 ml spermada o‘rtacha 50−70 milliondan kam bo‘lmagan miqdorda spermatozoid bo‘ladi (ba’zi mutaxassislar fikriga ko‘ra 15−30 mln). Shunda tuxum hujayragacha yetib borib uni urug‘lantira oladigan yetilgan va harakatchan sprematozoidlar yetarli bo‘ladi.

Agar erkak kishi spermogrammasi ana shu miqdor oralig‘ida chiqsa unga normoozospermiya deb tashxis qo‘yiladi (ya’ni me’yorda degani). Agar spermatozoidlar miqdori 15 mln dan kam bo‘lsa, shifokor “oligozoospermiyaning 1−darajasi­­­­­­­” deb tashxis qo‘yadi. Bunda farzandli bo‘lish imkoniti saqlanib qoladi, ammo bu ko‘rsatkich 60 % ga kamayadi.

Agar 1 ml dagi spermatazoidlar miqdori 10 mln dan kam bo‘lsa bu oligozoospermiyaninng 2−darajasiga dalolat qiladi. Bunda farzandli bo‘lish ehtimoli 10 % dan oshmaydi (sog‘lom erkak kishi bilan qiyoslaganda). Agar 1 ml dagi spermatazoidlar miqdori 7 mln dan kam bo‘lsa, olishozoospermiyaning 3−darajasi, 3 mln dan kam bo‘lsa, 4−darajasi boshlangan bo‘ladi.

Bu darajalarda ham farzandli bo‘lish ehtimolari saqlanadi, ammo 2−3% atrofida bo‘ladi. Shuning uchun bunday vaziyatlarda kichik ehtimolga umid qilmasdan, davolanish kursini o‘tgan ma’qul. Shifokor avval kasallik sababini aniqlaydi.

Tegishli maqola: Spermatozoidlar agregatsiyasi nima va uni qanday davolash mumkin?

Oligozoospermiyaning kelib chiqish sabablari

Jinsiy a’zolar kasalliklari – yallig‘lanish, infeksiya va turli patologiyalar. Ularning ko‘pi tashqi alomatlarsiz ro‘y berishi mumkin. Ko‘pchilik holatlarda dori vositalari bilan davolanish kursini o‘tash yetarli bo‘ladi va urug‘ suyuqligidagi spermatazoid miqdori tiklanadi.

Chandiqlar, kista va boshqa nuqsonlar urug‘ kanallarning o‘tkazuvchanligini buzishi mumkin. Bunda jarrohlik amaliyoti o‘tkazish talab qilinishi mumkin.

Gormonal muvozanatning buzilishi oqibatida ham spermatazoidlar miqdori pasayishi mumkin. Bunday vaziyatda shifokor gormonlar buzilishidagi sabablarni aniqlashtirib zarur dori vositalarini tayinlaydi.

Irsiy kasalliklar – ya’ni turli tug‘ma nuqsonlar sababli organizmda yetarli miqdorda spermatazoid ishlab chiqarilmayotgan bo‘lsa, shifokor−mutaxassis farzandli bo‘lish uchun EKU usulini tavsiya etishi mumkin.

Tashqi muhitning ta’siri va noto‘g‘ri turmush tarzi ham spermatazoidlar miqdori va sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, muntazam issiq haroratli muhitda ishlash (masalan, tandir yoki o‘choq oldida), noto‘g‘ri ovqatlanish, saunaga ko‘p tushish, spirtli ichimliklar, o‘ta og‘ir jismoniy mehnat, kuchli stresslar va h.k.

Oligozoospermiya diagnostikasi

suyuq spermatazoid
Foto: attuale.ru

Tashxis qo‘yish uchun oddiy spermogramma tahlili topshirish kerak. Tashxisni aniq qo‘yish uchun odatda bir marta emas, ikki yoki uch marta tahlil o‘tkazish kerak bo‘ladi. Har bir tekshiruv orasi ikki haftadan kam bo‘lmasligi kerak. Sperma topshirishdan oldin 3−5 kungacha jinsiy aloqadan saqlanish, issiq hammom va saunalarga bormaslik va spirtli ichimlikdan uzoq bo‘lish kerak bo‘ladi.

To‘liq spermagramma tahlilida spermatozoidlarningnafaqat miqdori, balki sifati, yetilganlik darajasi, harakatchanligi, morfologiyasi va boshqa paramterlari ham ko‘rsatiladi. Chunki oligosoospremiyadan tashqari ko‘pincha bepushtlikka sabab bo‘luvchi sabablar orasida ko‘p uchraydigan, misol uchun astenozoospermiya (urug‘lik suyuqligida harakatchan spermatozoidlar miqdorining kamayishi) yoki teratozoospermiya (patologik (nuqsonli) spermatozoidlar tarkibining oshishi) ham kuzatiladi. Ko‘pincha bu sabablar oldinma−keyin ham paydo bo‘lishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o’qing: Shahvat suyuqligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

Davolash usullari

Tashxis qo‘yilib oligozoospermiya sabablari aniqlangandan keyin davolash kursi tayinlanadi. Ba’zi hollatlarda patsiyent uchun faqat turmush tarzni to‘g‘ri olib borish va ovqatlanish ratsionni me’yorga keltirish ham yetarli bo‘ladi. Agar spermatozoidlar miqdorining kamayganligi kasallik oqibati bo‘lsa, shifokor bu kasallikni davolash choralarini ko‘radi.

Davolash kursi tugagandan keyin yana bir spermagramma tahlili o‘tkaziladi. Agar sabab urug‘ kanallari o‘tkazuvchanligining buzilshi bo‘lsa, jarrohlik amaliyoti lozim bo‘lishi mumkin.

Erkaklar bepushtligini davolashnining usullari juda ko‘p bo‘lib, hammasi asosan erkak organizmidagi reproduktiv tizimni tiklashga va sog‘lom farzandli bo‘lish imkoniyatini paydo qilishga qaratilgan.

Ularni qay birini qo‘llashni albatta patsiyentni bevosita tekshirgan va uning kasallik tarixi bilan tanishgan davolovchi shifokor aniqlaydi.

Oligozoospermiya bilan homilador bo’lish mumkinmi?

Bu savol laboratoriyaga spermogramma uchun borgan har bir kishini tashvishga soladi.

Javob turli omillarga bog’liq:

  • 1 darajali oligozoospermiya bilan, o’z -o’zidan homilador bo’lish ehtimoli 30%gacha;
  • kasallikning yuqori darajasi (3-4) tabiiy homiladorlik uchun imkoniyat bermaydi;
  • qo’shimcha har qanday patospermiyaning mavjudligi erkaklarning tug’ish darajasini pasaytiradi;
  • sog’lom turmush tarzi bilan birgalikda o’z vaqtida davolanish, albatta, sizning imkoniyatlaringizni oshiradi.

Agar sizning tashxisingiz takroriy spermogramma natijalari bilan tasdiqlansa, umidsizlikka hojat yo’q. Asoratlanmagan oligozoospermiya tuzatilishi mumkin. Tabiiy urug’lantirish va homiladorlik ehtimoli saqlanib qolmoqda. 

Maqola: Homilador boʻlish uchun nima qilish kerak?

Avapeter.ru

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.

Related Posts