Olat qiyshiqligi yoxud tug’ma penis egriligi

Tug‘ma penis ( erkak jinsiy olat qiyshiqligi ) egriliklari odatda jinsiy balog‘atga yetgach ma’lum bo‘ladi, ya’ni ereksiya boshlanishi bilan aniq bo‘ladi va ereksiya paytida egrilik kuzatiladi, bu tug‘ma kasallik bo‘lib 100.000 erkakdan 37 tasida uchraydi, deb ma’lumot beradi, androlog-urolog Murodov Zarifjon o’z veb saytida.

Quyidagi maqola orqali ushbu kasallik sabablari va belgilari, tashxislash hamda davolash usullari haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Tug‘ma penis egriligi sabablari

Sababi to‘la aniq emas lekin bir nechta teoriyalar bor, bulardan; uretral blyashkani noto‘g‘ri rivojlanishi, meatusda fibroz to‘qima rivojlanishi, kavernozal va spongiozal to‘qimalarni rivojlanishidagi nisbatni buzilishi.

Tashxis qo‘yish va uni baholash

Ko‘zdan kechirish va ereksiya paytidagi penisni rasmga olish orqali diagnoz qo‘yiladi. Odatda kasallarni o‘zlari egrilikni biladilar. Ereksiya paytidagi penisni yuqoridan va yondan olingan rasmlari orqali tashxis qo‘yish va davolash hajmini aniqlash imkoniga ega bo‘linadi.

Olat qiyshiqligi belgilari

Ereksiya paytida egrilik, jinsiy aloqaga erisha olmaslik, jinsiy aloqa paytida og‘riqlar bo‘lishi mumkin. Ba’zi bemorlarda shikoyatlari bo‘lmasa ham kosmetik noqulaylik sababli murojaat qiladilar.

Tug‘ma penis egriligini davolash

Faqat operativ. Konservativ davolash usuli yo‘q. Jarrohlik usullari 2 xil:

  1. Uzun tarafni (konveks) qisqartirish;
  2. Qisqa tarafni (konkayev) uzaytirish.
  • Plikatsiya qo‘yish orqali bajariladi va buning uchun egrilik 60˚ dan ko‘p bo‘lmasligi penis yetarli darajada uzun bo‘lishi kerak. Odatda tug‘ma egriligi bo‘lgan bemorlar penisi uzun bo‘ladi shuning uchun plikatsiya qo‘yish orqali yo‘qotiladigan (0.5 – 1.5sm) uzunlik ularning jinsiy hayotiga ta’sir o‘tkazmaydi. Nesbit, Yachia, Dikkett, Luye kabi bir nechta metodlar mavjud.
  • Insiziya va grafting metodi; avval egrilik bor jo‘y kesiladi va yamoq materiali tikiladi. Murakkab (ikki tarafli) egrilik va 60˚ dan ko‘p bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi.

Olat qiyshiqligi asoratlari qanday?

Bemorga ko‘ra har xil bo‘lib asosan penis uzunligini qisqarishi, egrilikni qaytalanishi, granuloma, erektil disfunksiya , gematoma, penis gipoesteziyasi, uretra shikastlanishi bo‘lishi mumkin

Operatsiyadan so‘ng

Uyga ketgach bir kundan so‘ng odatdagi ishlarni bajarish mumkin. Teriga o‘zi so‘riladigan tikish material ishlatilgani sababli 7 kunda so‘rilib ketadi. Va yuvinsa bo‘ladi. 6 hafta jinsiy aloqaga kirilmaydi. 8 haftadan so‘ng og‘ir ishlar ham qilsa bo‘laveradi.

Vrachga 7 – 10 kundan so‘ng bir marta ko‘rsatadi, so‘ngra yilda bir marotaba keladi. Natijasi 71 – 90% hollarda ijobiydir.


Savol-javob

– Erkak kishi zakari qo‘zg‘alganda yuqoriga emas pastga qaragan bo‘lsa to‘g‘irlab bo‘ladimi ?

Ekspert urolog-androlog Fayzullo Tursunovich:

– Zakar pastga qarab qo‘zg‘alsa sizda olat qiyshiqligi bor ekan. Olat qiyshiqligi 50 gradusgacha bo‘lsa oilaviy xayot uchun muammosi yo‘q. Undan baland bo‘lsa oilaviy xayotda qiyinchilik tug‘dirishi yoki umuman imkonsiz bo‘lishi mumkin. Shu sabab bunday xollarda operatsiya qilinishi mumkin.

Androlog ko‘rigida tekshirilib oling. Sizda tug‘ma olqt qiyshiqligi bormi yoki Peyroni kasalligi rivojlanayaptimi aniqlab olish kerak

Olat qiyshiqligi faqat ko‘zga ko‘rinuvchi kosmetik nuqson emas. Qiyshiqlik organizmdagi jiddiy o‘zgarishlardan dalolat bo‘lili mumkin. Agar zakar banan shaklida egilganligini sezsangiz sizda Peyroni kasalligi rivojlanayotgan bo‘lishi mumkin.


– Yoshim 24da. Olatim kattaligi normal, lekin past tomonga qarab qiyshaygan xolda. Olatim qiyshiqligi 50 gradus. Shu vaqtgacha jinsiy aloqada bo‘lmaganman. Shu sababli mendagi holat jinsiy aloqada xalaqit beradimi yo‘qmi bilmaganim sabab biroz bezovtaman. Maslahat bersangiz.

Ekspert urolog-androlog Fayzullo Tursunovich:

Olat ba’zida tug‘ma yoki orttirilgan xolda biroz qiyshiq bo‘lishi mumkin. Olat qiyshiqligini qachonki jinsiy aloqaga qiyinchilik tug‘dirsagina davolashga extiyoj tug‘ilishi mumkin.

Agar olat qiyshiqligi kuchli bo‘lmasa jinsiy xayotda qiyinchilik va muammo keltirib chiqarmaydi.

Agar olat qiyshiqligi 50 gradus bo‘lsa jinsiy aloqaga xalaqit qilmasligi mumkin. Nima bo‘lganda xam sizga aniq maslaxat berish uchun Androlog doktor qabulida shaxsan ko‘rinish va maslaxatlashish kerak.


– Meni savolim noodatiy. Olat egriligining jinsiy aloqaga ta’siri bormi ?

Ekspert urolog-androlog Fayzullo Tursunovich:

– Savol umuman noodatiy emas. Xaqli va tabiiy savol. Uyalishga xojat yo‘q.

Olat qiyshiqligi tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Olat tug‘ma qiyshiqligi sababi olat nosimmetrik rivojlanishi. Qiyshiqlik tug‘ilganidayoq bo‘ladi. Balog‘atga yetgan sari qiyshiqlik yanada aniqroq ko‘rinadigan bo‘ladi. Tug‘ma olat qiyshiqligi o‘ta kam uchraydi.

Tug‘ma qiyshiqlikda asosiy jinsiy funksiyalar – ereksiya, eyakulyatsiya, libido va orgazm – normal bo‘ladi. Tug‘ma qiyshiqlik orttirilganidan farq qiladi (Peyroni kasalligi). Bu farq kasallik sabablari, qanday namoyon bo‘lishi, jinsiy faoliyat buzilishida ko‘riladi.

Qachonki jinsiy aloqaga qiyinchilik tug‘dirsagina olat qiyshiqligini davolashga extiyoj tug‘ilishi mumkin.
Agar olat qiyshiqligi kuchli bo‘lmasa jinsiy xayotda qiyinchilik va muammo keltirib chiqarmaydi.

Agar olat qiyshiqligi 50 gradusgacha bo‘lsa jinsiy aloqaga xalaqit qilmasligi mumkin. Bunaqa xolda davo lozim bo‘lmaydi. Nima bo‘lganda xam sizga aniq maslaxat berish uchun Androlog doktor qabulida shaxsan ko‘rinish va maslaxatlashish kerak.


– Yoshim 24da. Bir necha oyda uyga qaytaman. Uylanaman. To‘yim bir necha oyda bo‘ladi. Olatim biroz qiyshiqroq, biroz pastga qarab egri bo‘lib qolgan. O‘zimga olatim kichkina tuyuladi. Jinsiy aloqa vaqtida urug‘ tez keladi, 30 sekundga borib bormaydi. Shu xolatlarni davosi bormi? Nima tavsiya berasiz?

Ekspert urolog-androlog Fayzullo Tursunovich:

– Olat ba’zida tug‘ma yoki orttirilgan xolda biroz qiyshiq bo‘lishi mumkin. Qachonki jinsiy aloqaga qiyinchilik tug‘dirsagina olat qiyshiqligini davolashga extiyoj tug‘ilishi mumkin.
Agar olat qiyshiqligi kuchli bo‘lmasa jinsiy xayotda qiyinchilik va muammo keltirib chiqarmaydi.

Jinsiy aloqada urug‘ tez kelishi xozircha uylanmagan bo‘lganingiz va jinsiy xayot muntazam bo‘lmaganligi uchun “qulog‘idan cho‘zib” normal xol deb qarash mumkin.

Agar olat qo‘zg‘algan xolatda kattaligi 10 sm bo‘lsa muammo yo‘q.

Agar olat qiyshiqligi 50 gradus gacha bo‘lsa jinsiy aloqaga xalaqit qilmasligi mumkin. Nima bo‘lganda xam sizga aniq maslaxat berish uchun Androlog doktor qabulida shaxsan ko‘rinish va maslaxatlashish kerak.

To‘ydan avval Androlog ko‘rigiga borib tekshiriling. Xar xolda xar yurtlarda begona ayollar bilan “krestoviy poxod” qilibsiz. Qolaversa tuydan oldin salomatliging qandayligi xaqida bilib olish foydadan xoli emas. Qolaversa oilaviy xayotni silliq, muammosiz va yaxshi boshlanishini kim xohlamaydi !?

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

8 comments
  1. Assalomu alaykum yoshim 21 uylanmaganman olatim o’zimga borgan sari qishiqligi ortib borayotgandek tuyiliyapti yoshligimdan chap tomonga qishaygan endi esa bu holatdan havotirga tushiyapman

      1. Assalomu alaykum, Yoshim 21 da uylanmaganma, olatim chap tarafga 30-40 gradus atrofida qiyshaygan va bundan havotirlanishni boshlayabman. Operatsia orqali to’g’irlanadimi yoki boshqa yo’llari ham bormi?

  2. Assalomu alaykum mening savolim quyidagicha, olat banan shaklida emas, o’ng tarafga yoki chap tarafga biroz qiyshaysa, kasallik hisoblanadimi? Va bunday bo’lishiga nima sabab bo’lishi mumkin?

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.

Related Posts
error: Saytdan ma\'lumot ko\'chirish mumkin emas.