Prostata bezi yallig‘lanishi bilan kechadigan prostatit kasalligining o‘tkir va surunkali turlari bor ekan. Ularni bir-biridan qanday farqlash mumkin?
Demir ALЕKSЕYEV, ceksopatolog:
O‘tkir prostatitda bemor tez-tez siyadi, peshob ajratganda jinsiy a’zosida sanchiq turib, hatto hojat vaqtida to‘g‘ri ichakda ham og‘riq kuzatiladi. Bu kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, prostatitni vujudga keltirgan infeksiyalar atrofdagi a’zo va to‘qimalarga ham o‘tadi. Oqibatda prostata bezida paydo bo‘lgan abssess (yiringlash), hatto sepsiss (qonga yiring tushishi)ga olib keladi. Bu esa erkakni bepusht qilib qo‘yadi. O‘tkir prostatitga chalingan bemor albatta shifoxonaga yotib davolanishi kerak.
Surunkali prostatitda peshob chiqarish yoki hojatdan so‘ng biroz og‘riq turadi, jinsiy a’zodan kamroq miqdorda suyuqlik ajraladi. Surunkali prostatida shifokor buyurgan dori-darmonlar va fizioterapiya muolajalari tuzalishga ko‘maklashadi. Bunday bemorga achchiq, sho‘r ovqatlar yeyish, spirtli ichimliklar ichish aslo mumkin emas. Ich yurishib turishiga alohida ahamiyat berish lozim.
Manba: «Sugdiyona.uz» nashri.