Соғлом оила - соғлом келажак

Normal jinsiy aloqa qila olmaslik yoxud mijoz sustligi

Mijoz sustligi, jinsiy zaiflik, impotensiya – normal jinsiy aloqa qila olmaslik. Bunday holat jinsiy funksiyaning buzulishiga, jinsiy maylning susayishi yoki yo‘qolishi, jinsiy olat (zakar)ning to‘lishib, tarang tortmasligi (ereksiya) va shaxvat kelmasligi (eyakulyatsiya)ga aloqador bo‘lishi mumkin.

jinsiy aloqa, jinsiy zaiflik

Jinsiy zaiflikning sabablari

Jinsiy zaiflikning sabablari jinsiy organlar, endokrin sistema, periferik nervlar bosh miya oliy bo‘limlarini buzilishiga bog‘liq. U mustaqil kasallik bo‘lmay, balki odatda azaldan mavjud kasallik yo‘ldoshi bo‘lib boradi.

Chunonchi jinsiy zaiflik bosh miya yoki ayrim ichki sekretsiya bezlari o‘zgarishlar tufayli ro‘y bergan ba’zi endokrin kasalliklarda, olatga boradigan nerv tolalari, orqa miya shikastlanganda (olat to‘lishib, tarang tortmaydigan hollarda) uchraydi.

Eyakulyatsiya buzilishi

Jinsiy zaiflikning eyakulyatsiya buzilishidan, ya’ni bemavrut shaxvat kelishidan iborat ko‘rinishi, odatda boshqa alomatlarga qaraganda ertaroq boshlanib, bu turdagi urologik kasalliklarga ham, qovuq ishi va jinsiy funksiyalarni idora etadigan , bosh miyada joylashgan nerv markazlari faoliyatining aynashiga ham bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

Eyakulyatsiya buzilishi turlicha kechadi: ba’zan juda tezlashgan (bunda jinsiy aloqa endi boshlanishi bilan yoki hatto boshlanmasdan turib shaxvat kelib qoladi) yoki sekinlashib pastlanib qolgan bo‘lishi mumkin (bunda bazan shaxvat umuman kelmaydi).

Bir qancha hollarda eyakulyatsiya jinsiy aloqadan tashqari bo‘lib o‘tishi, masalan, odam transportda ketib turib silanganda yoki xirsni qo‘zg‘atadigan sharoitga tushib qolganda kelishi mumkin.

Ruhiy holat ham mijoz sustligiga olib keladimi?

Ko‘pgina seksopotologlarni fikricha, jinsiy zaiflik aksari oliy nerv faoliyatini buzilishiga, jumladan tug‘ma va turmushda ortirilgan asabiy-ruhiy kechinmalar (nevroz, turli kasalliklar vaqtida bo‘ladigan nevrotik holat, har xil tushkunliklar va boshalarga) bog‘liq bo‘ladi. Kishi ruhan ezilganda jinsiy tomonga aksari ko‘proq ozor yetadi. Shuning uchun bunday qaraganda jinsiy tomonga aloqasi yo‘qdek bo‘lib tuyiladigan omillar (haddan tashqari charchash, uyquga qonmaslik, ishxonadagi og‘ir manaviy vaziyat va boshqalar) uzoq ta’sir qilib turganida umumiy nevrotik o‘zgarishlar(tajanglik, salga charchab qolish, uyqu buzilishi va boshqalar) bilan bir qatorda jinsiy tomonga ta’luqli o‘zgarishlar ham paydo bo‘ladi.

Alkolgoldan uzoqlashing!

Jinsiy zaiflik ko‘pincha spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish (alkogolizm), shuningdek jinsiy buzuqlik oqibatida ro‘y berishi mumkin.

Jinsiy zaiflik oqibati

Jinsiy zaiflik og‘ir kechinmalar va er-xotin o‘rtasiga sovuqlik tushib qolishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun kishi mijozi o‘zgarib qolganida seksopotolog mutaxassisga yoki seksologik mutaxassisga yoki seksologik mutaxassisga yoki seksologik kasallarni qabul qiluvchi boshqa ixtisosdagi shifokorga borishi kerak.

Bir qancha hollarda soxta impotensiya kuzatiladi. Bunday holat odamning o‘zidagi ba’zi fiziologik o‘zgarishlar (masalan, yoshga aloqador o‘zgarishlar) munosabati bilan jinsiy hayotning qovushmasligini noto‘g‘ri talqin qilishidan, o‘z juftining sovuqroq munosabatda bo‘lishi va boshqalardan kelib chiqadi. Ana shunday paytlarda tegishli mutaxassisga uchrashib, undan kerakli maslahat, yo‘l yo‘riqlar olish jinsiy hayotni izga tushib ketishiga yordam beradi.

Boshqa hollarda jinsiy zaiflik sababini aniq belgilab, maxsus davo olish uchun (fizioterapiya, psixoterapiya, dori-darmonlar bilan) kishi o‘zini yaxshilab tekshirtirib ko‘rishi zarur.

Shuni unitmaslik kerakki, o‘z vaqtida shifokorga ko‘rinib, tegishli davo olinsa , yaxshi naf beradi, aks holda mijoz sustligi surunkali tus olishi mumkin.