Соғлом оила - соғлом келажак

Muddatidan oldin tug‘ilgan bola

Bolaning ona qornida rivojlanish davri 38-40 hafta davom etadi. Homila tashqi muhit ta’siridan onaning organizmida himoyalanadi va ona organizmi orqali hayot uchun muhim bo‘lgan ozuqa oladi va to‘liq rivojlanadi. Normada bola homiladorlikning oxiriga kelib tug‘ilishi lozim. Bu muddatda uning barcha organlari tashqi muhitda bemalol faoliyat ko‘rsata oladi. Agar bola muddatidan oldin tug‘ilib qolsa, u holda u shifoxonada maxsus nazorat ostiga olinadi.

muddatidan oldin tug‘ish

Muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarning 4 darajasi mavjud

  1. daraja: 35-37 hafta oralig‘ida tug‘ilgan – vazni 2100-2500 gr;
  2. daraja: 32-34 hafta oralig‘ida tug‘ilgan – vazni 1501-2000 gr;
  3. daraja: 29-31 hafta oralig‘idatug‘ilgan – vazni 1001-1500 gr;
  4. daraja: 29 haftadan oldinroq tug‘ilgan – vazni 1000 gr dan kam.

O‘ttiz besh haftadan keyin tug‘ilgan bolalar odatda tez vazn oshirib muddatida tug‘ilgan tengdoshlariga yetib oladilar. Odatda bunday chaqloqlarda patologik kasalliklar mavjud bo‘lmasa, ularni shifoxonadan 1-2 hafta ichida chiqarib yuborishadi.

Vazni 1500 grdan oshgan bolalarni o‘pkasi tashqi muhitda faoliyat ko‘rsatishga tayyor bo‘lmagani tufayli ular boshida maxsus nafas olish apparatiga bog‘langan bo‘ladilar va bunday bolalarda issiqlik termoregulyatsiyasi rivojlanmaganligi tufayli ular harorati tashqi muhitdan ko‘ra issiqroq bo‘lgan maxsus plastik yotoq (kyuvet) ichida yotadilar. Chala tug‘ilganlik darajasi 2 bo‘lgan bolalarni vazni 2500 gr ni tashkil qilganda shifoxonadan chiqarib yuborishadi.

Uchinchi darajada chala tug‘ilgan bolalarga bo‘lgan ahamiyat biroz yuqoriroq bo‘lishi kerak. Chunki bu bolalarning o‘pkadan tashqari boshqa organlari ham juda zaif bo‘ladi. Ularning yurak urishi va qon bosimi doimiy ravishda kuzatilib turishi lozim. Undan tashqari chala tug‘ilgan bolalar qonida eritrotsitlar (qon yaratuvchi moddalar) soni kamligi va ularning tez nobud bo‘lishi tufayli bu bolalarga qon quyilish talab etilishi mumkin.

Vazni 1000gr dan kam bo‘lgan bolalarni yashab ketishi uchun shifoxonada ularni jiddiy nazorat ostida saqlashadi. Bu bolalarning organlari juda zaif bo‘lgani uchun ularga chala tug‘ilgan bolalar orasida eng katta ahamiyat talab etiladi. (O‘zbekistonda bunday bolalarning yashab ketish ehtimoli katta emas, rivojlangan mamlakatlarda vazni 500gr dan oshgan deyarli barcha chaqaloqlar yashab ketadi). Hayotining har bir kuni bunday toifadagi bolalarda katta bir yutuq.

ЎҚИНГ:   “Soxta” homiladorlik ?!

Ularni yashab ketishi uchun shifoxonada barcha anjom va dori vositalari mavjud bo‘lishi kerak. Bu bolalarning hayotining birinchi 6 haftasi juda og‘ir bo‘ladi. Shu oraliqda bolaning ayrim organlari ishdan chiqishi yoki oshqozon ichak tizimi, qon aylanish tizimi pand berib qo‘yishi mumkin. Shunda shifokorlarning vaqtida amalga oshirilgan muolajalari bolaning hayotini asrab qolishga yordam beradi.

Muddatidan oldin tug‘ilgan bola parvarishi borasida MANA BU MAQOLA orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Chala tug‘ilgan bolalarning immuniteti umuman rivojlanmaganligi tufayli ularni infeksiyadan jiddiy asrash lozim. Chala tug‘ilganlik darajasi 1 va 2 bo‘lgan bolalarni ko‘krak suti bilan ovqatlantirish juda foydali. Ayrim hollarda 3-4 darajada tug‘ilgan bolalarga ham oz-ozdan ko‘krak suti (maxsus shprits orqali) beriladi.

erta tug‘ish, chala tug‘ish

Dunyo olimlarining tadqiqotlari ko‘rsatishicha, chala tug‘ilgan bolalarni yashab ketishida quyidagilar juda katta ahamiyat kasb etadi:

  1. Onaning ovozi. Kun mobaynida ona barvaqt tug‘ilgan bolasini yonida unga qo‘shiq aytib, alla aytib, u bilan suhbatlashmog‘i lozim.
  2. O‘yinchoqlar. Chala tug‘ilgan bolalarning ko‘zi deyarli ochilmaydi. Shunga qaramasdan bolani atrofida rang-barang qiziqarli o‘yinchoqlar mavjudligi uning salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
  3. Bolani “kenguru” qilib ko‘tarish. Yani bola tanasi onaning badani bilan birga bo‘lishi juda muhim. Bolani shifokor nazorati ostida kyuvesdan olib onaning ko‘kraklari orasiga joylashtirib yotish lozim. Shu harakat orqali, birinchidan, bolaning teri ona terisi bilan kontaktda bo‘ladi, ikkinchidan, onaning nafas olishini his qilayotgan bola birga nafas olib, nafas olish tizimi rivojlanadi. “Kenguru” qilish barvaqt tug‘ilgan bolalarni parvarish qilishda eng muhim muolaja desak adashmaymiz.
  4. Bolaga har kuni u naqadar sevimli va kerakli ekanligi haqida aytish lozim. Onaning mehrini sezgan bola onasi uchun ham yashab ketadi.
  5. Bolani steril qo‘llar bilan silash shaklidagi massaj qilish juda muhim. Agar silashni aynan onasi amalga oshirsa, uning foydasi ikki barobar kuchli bo‘ladi.
  6. Ollohga tilovat qilish.

17 noyabrda butun dunyo bo‘yicha Xalqaro muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar kuni nishonlanadi. Bu kun muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarni parvarishlash Yevropa fondining tashabbusi bilan 2009 yil tashkil etilgan. Har yili planetamizda 15 mln ga yaqin bola vaqtidan oldin ya’ni chala tug‘iladi, boshqacha aytganda, o‘rtacha olganda tug‘iladigan bolalarning har o‘ninchisi muddatidan oldin tug‘iladi.

Manba: Uzbaby.uz

ЎҚИНГ:   Hayz ko‘rmayapman...

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Ginekologiya » Muddatidan oldin tug‘ilgan bola