Sog'lom oila - sog'lom kelajak

Moyaklar holatini mustaqil baholash

O‘z moyaklarini baholash juda ham oson va yengil jarayondir, buning uchun eng qulay payt yengil dush olingach yoki iliq suvda cho‘milgandan keyin yorg‘oqning bo‘shashgan paytidir.

Moyaklarni har qanday kasalligi va ayniqsa o‘smasi agar erta va o‘z vaqtida aniqlansa davolash natijasi ijobiy yakunlanadigan holatdir.

Moyaklar holati

Buning uchun har qanday yosh erkak kishining o‘z moyaklari bir oyda bir marotaba tekshirib turishi maqsadga muvofiqdir va agar paydo bo‘lgan kichik shubha yoki kichik shish kuzatilsa darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Ikkala moyaklar bir vaqtning o‘zida tekshirilgani ma’quldir. Kaftining yuza qismini yorg‘oq ortiga qo‘yib barmoq bilan to‘qimalar strukturasining bir tekisdaligiga e’tibor beriladi, normal holatdek kuzatilmasa darhol urolog andrologga murojaat qilish kerak.

Murodov Zarifjon, androlog. Andrology.uz

O‘QING:  Prostatit kasalligining sabablari, belgilari va turlari

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.