Соғлом оила - соғлом келажак

Menopauza – turlari, belgilari, asoratlari, tashxislash va davolash usullari

Menopauza — ayol nasl qoldirish xususiyatini yo‘qotadigan va menstrual sikllar to‘xtashi yuz beradigan jarayon hisoblanadi. Menopauza hayot davomida tabiiy ravishda ro‘y beradi va kasallik hisoblanmaydi. Tabiiy jarayon bo‘lishiga qaramay, e’tiborsiz qoldirilsa, bir qancha asoratlarga olib keladi.

Menopauza haqida qisqacha

  • Klimaks ayol kishining reproduktiv hayoti nihoyasiga yetganini ko‘rsatib beradi.
  • Menopauza simptomlariga kiradi: issiqlikning birdan quyilib kelishi, tunggi terlashlar, kayfiyatning tushib ketishi va bir qancha kognitiv o‘zgarishlar.
  • Menopauzaning simptomlari qondagi ayollik gormonlaring miqdori kamayib ketgani tufayli yuzaga keladi.
  • Menopauzaga qarshi kurashda o‘rin bosuvchi gormonal terapiya, o‘zini boshqarish texnikalari, uy sharoitida davo choralari yordam beradi.

Menopauza turlari

Asosan ikki turga bo‘linadi: tabiiy va sun’iy. Tabiiy menopauza yoshga bog‘liq holda tuxumdonlardagi follikulalar zaxirasi tugashiga bog‘liq. Agar ayolda tezda jinsiy gormonlar sintezini to‘xtatish zaruriyati payo bo‘lsa, sun’iy menopauza hosil qilinadi. Bunday patologiyalarga kiradi:

Sun’iy hosil qilingan menopauzanig afzallik tomoni shundaki, u patologik to‘qimalar o‘sishini to‘xtatadi va atrofiyasiga olib keladi.

Sun’iy menopauza quyidagi yo‘llar bilan chaqiriladi:

  1. Jarrohlik amaliyoti — tuxumdonlarni kesib olib tashlash, ovariektomiya. Bu operatsiyaga ko‘rsatmalar: ko‘krak bezi, bachadon va tuxumdonlardagi o‘smalar.
  2. Dori vositalarini qabul qilish. Biroz yengilroq usul hisoblanib menstrual sikllarni maxsus preparatlar yordamida vaqtincha to‘xtatib turiladi.
  3. Tuxumdonlarga rentgen nurlari bilan ta’sir ko‘rsatish. Bu usul yomon sifatli o‘smalarda qo‘llaniladi.

Menopauza qachon boshlanadi?

Ko‘plab ayollarda menopauza 47 yoshdan 52 yosh oralig‘ida boshlanadi. Bu holatning yuzaga kelishi juda erta boshlanishi yoki bir necha yilga surilishi mumkin. 40 yoshda boshlangan menopauza erta menopauza, kechkisi esa 56-65 yosh oralig‘ida bo‘ladi. Menopauza yuzaga kelishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

  1. Genetik. Tuxumdonlardagi estrogenlarni sintezlovchi follikulalar soni gen darajasida dasturlashtirilgan bo‘ladi. Bu menstrual sikllarni boshqarib turuvchi gipotalamus va gipofizga ham taalluqli.
  2. Geografik. Quyosh nuri menstrual sikllarning erta yoki kech to‘xtashiga ta’sir ko‘rsatadi.
  3. Ayolning fe’l-atvoriga. Faol jinsiy hayot olib boradigan va seksual xohishlari qondiriladigan ayollarda klimaks kech boshlanadi.
  4. Ijtimoiy-iqtisodiy. Uzoq muddatli psixik bosimni his qilmaydigan, yaxshi oylik oladigan va og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘illanmaydigan ayollarda klimaks kech boshlanadi.
  5. Psixologik. Tez-tez ro‘y beradigan stresslar va uzoq davom etadigan psixoemotsional zo‘riqishlar klimaksni yaqinlashtiradi.
ЎҚИНГ:   Tug‘ruqdan keyin belim tez-tez og‘riyapti, nima qilay?
klimaks, menopauza

Menopauza belgilari va simptomlari

Menopauza kasallik hisoblanmaydi, lekin organizmda chuqur o‘zgarishlarga olib keladi. Bu holat oxirgi mentruatsiyadan o‘n ikki oy o‘tgandan so‘ng yuzaga keladi. Biroq menopauza simptomlari bu muddatdan avvalroq boshlanadi.

Menstrual sikllarning buzilishi

Menstrual sikllardagi o‘zganishlar — menopauzaning eng birinchi belgisi. Ayrim ayollarda har 2-3 haftada menstruatsiya kuzatilishi, boshqalarida esa bir necha oylab kuzatilmasligi mumkin.

Fertillikning pasayishi

Perimenopauza — menopauza boshlanishidan 3-5 yil avval keladigan davr. Bu davrda estrogenlar miqdori sezilarli ravishda kamayadi. Estrogen miqdoring kamiyishi homilador bo‘lish imkoniyatini kamaytiradi.

Qinning quruqligi

Perimenopauza davrida qin quruqlashadi, qichishish va diskomfort paydo bo‘ladi. Natijada ayollar jinsiy yaqinlik paytida og‘riqni his qiladi. Og‘riq sababi — estrogenlar miqdori kamayganligi tufayli kelib chiqadigan atrofik vaginit.

Atrofik vaginit — qinning to‘qima hajmi kamayishi va tabiiy lubrikant bo‘lgan shilliqning kam ajratib chiqarilishi natijasida kelib chiqadigan yallig‘lanishi.

Issiqlikning quyilib kelishi

Tananing yuqori qismlariga birdaniga intensiv issiqlikning quyilish hissi. Bu hissiyot yuzdan boshlanib, bo‘yin, ko‘krak va tananing pastki qismlariga tarqalishi mumkin. Teri bu vaqtda qizarib, dog‘lar ko‘rinishi mumkin. Yurak qisqarish tezlashadi, kuchayadi yoki nomuntazam urishni boshlaydi. Bu hissiyot ayolni so‘nggi menstruatsiyasidan keyin yil davomida bezovta qiladi.

Uyquning buzilishi

Menopauzani boshidan o‘tkazayotgan ayollar uxlash qiyinligi yoki bir necha soat chuqur uyquga ketolmasliklaridan shikoyat qiladi. Uyqu bilan bog‘liq muammolarning sababi tungi terlashlar va psixoemotsional buzilishlar bo‘lishi ham mumkin.

Siydik tuta olmaslik

Tungi ixtiyorsiz siydik ajralishlar, siydik tuta olmaslik, qorin bo‘shlig‘ida bosim oshgan vaqtda siydikning chiqib ketishi, siydik pufagidagi tez-tez qaytalanib turadigan yallig‘lanish jarayonlari estrogenlar miqdorining kamayishi sababli siydik chiqarish kanali skfinteri hujayralari va biriktiruvchi to‘qimasining degeneratsiyasi bilan bog‘liq.

Osteoporoz

Gormonal fonning buzilishi natijasida suyaklardagi kalsiy yuvilib ketadi va ular nozik va oson sinuvchan bo‘lib qoladi.

ЎҚИНГ:   Sog‘lom farzand kelajagi uchun muhim tekshiruv: skrining

Moddalar almashinuvining buzilishi

Metabolik sindrom tufayli yog‘lar va uglevodlar almashinuvi buzulishi tana massasing ortishi, semirishga olib keladi.

Bundan tashqari, sochlar to‘kilishi, bosh og‘rishi, holsizlik, xotira susayishi, diqqatning buzilishi, hansirash, arterial qon bosimning ko‘tarilishi yoki tushishi, agressivlik, libidoning pasayishi va ko‘krak sohasida og‘irlik kabi belgilari bor.

menopauza haqida
Foto: Getty Images

Menopauza asoratlari

  • Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari. Estrogen miqdoring kamayishi har doim yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga chalinish xavfini oshiradi.
  • Menopauzaning dastlabki yillarida suyak to‘qimasining zichligi kamayadi. Suyak zichliging kamayishi osteoporoz rivojlanish xavfini bir necha barobar oshirib yuboradi.
  • Siydik tuta olmaslik. Menopauzada qin va siydik kanali o‘zing elastikligini yo‘qotadi. Bu esa kutilmagan, qaytarib bo‘lmas siydik chiqarish aktlariga olib keladi. Ayol yo‘tal vaqtida, aksirganda, kulganda yoki og‘ir predmetlarni ko‘targanda siyib qo‘yishi mumkin.
  • Ko‘krak saratoni. Menopauzadan keyin ko‘krak saratoni bilan kasallanish xavfi ortadi.

Tashxislash

Mutaxassis uchun menopauzani aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Kasallik simptomlariga qarab tashxis qo‘yish mumkin. Patsiyentlar orasidagi farq jinsiy gormonlarning miqdorida boladi va analizlarda quyidagi faktlar aniqlanadi:

  • Testesteron miqdori ortishi;
  • Qon zardobida estrodiol miqdori 30 ng/nl dan kamayganligi;
  • Follikulastimullovchi garmon (FSG) ortgan;
  • Estrodiolning estronga nisbati 1 dan kam;
  • Ingibin miqdori kamayishi;
  • Lyuteinlovchi garmonning FSG ga nisbati 1 dan kam;

Laborator analizlardan tashqari quyidagi tekshiruvlar o‘tkaziladi:

  1. Kichik chanoq a’zolarining ultratovush tekshiruvi(UZI);
  2. Osteodensitometriya. Rentgenologik tekshiruv bo‘lib, osteoporozni erta tashxislash uchun suyak zichligini aniqlab beradi.
  3. Papanikolau bo‘yicha surtma olish — bachadon bo‘ynining sitologik tekshiruvi. Tekshiruv atrofiya darajasini aniqlab beradi.

Davolash

Ayollardagi menopauza davri — patologik holat emas, aksincha hayot davomida o‘tkaziladigan normal fizologik bosqich. Bu davrdagi davodan maqsad — klimaksning yoqimsiz simptomlarini kamaytirish, ateroskleroz va osteoporoz singari noxush asoratlarning oldini olish. Asosiy e’tibor tuxumdonlar funksiyasini korreksiyalashga qaratiladi. Buning uchun o‘rin bosuvchi gormonal terapiya qo‘llaniladi. Ushbu terapiyadan progesteron va estrogen asosidagi preparatlar qo‘llaniladi.

ЎҚИНГ:   Hayz sikli buzilishi xavflimi?

O‘rin bosuvchi gormonal terapiyani qo‘llashga ko‘rsatmalar:

  • erta menopauza;
  • sun’iy klimaks;
  • jinsiy a’zolardagi atrofik o‘zgarishlar;
  • osteoporoz;
  • yaqqol klimaterik buzilishlar.

Ayolda yuqoridagi patologiyalar aniqlansa vrach adekvat o‘rin bosuvchi terapiya sxemasini tuzib beradi. Bundan tashqari, antidepressantlar kursi ham tayinlanadi.

Seuldagi Koryo universtiteti qoshidagi tibbiy kollej tadqiqotchilarining xabar berishicha, o‘rin bosuvchi gormonal terapiya postmenopauza yoshdagi ayollarda gonartroz rivojlanishini sezilarli darajada kamaytiradi.

Erta menopauzaning profilaktikasi

Klimaksni to‘xtatishning iloji yo‘q, lekin uning kelish muddatini uzaytirish mumkin. Menopauza vaqti ko‘p jihatdan irsiyatga bog‘liq: agar onada u erta yuzaga kelgan bo‘lsa, qizini ham shu kutib turadi. Bu holatda uning erta yuzaga kelishini bartaraf qilish uchun quyidagilarga amal qilish zarur:

  • to‘g‘ri ovqatlanish;
  • regulyar jinsiy hayotni olib borish;
  • stresslardan qochish;
  • doimiy ravishda ginekolog ko‘rigida bo‘lib turish;
  • vitaminlar va mineral komplekslarni qabul qilish;
  • sport bilan shug‘illanish, faol hayot tarzini olib borish;
  • zararli odatlardan voz kechish;
  • shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, jinsiy a’zolarni to‘g‘ri parvarish qilish.

Muallif: Sarvar G‘aniyev, shifokor.
Manba: Daryo.uz

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Ginekologiya » Menopauza – turlari, belgilari, asoratlari, tashxislash va davolash usullari

loading...

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.