Oilali va farzandli ayollar mammologga necha marta ko‘rinib turishlari kerak? Turmushga chiqmagan qizlar ham mazkur mutaxassis ko‘rigidan o‘tishlari shartmi?
Nigora Mahmudova, mammolog:
Sut bezlarini profilaktik (biror bir shikoyatlarsiz) tekshirish uchun bir yilda bir marta, 40 yoshgacha – yiliga ikki marta, 40 yoshdan keyin esa yiliga bir marta tekshiruvlardan o‘tish lozim. Turmushga chiqmagan qizlar ham salomatliklarini nazorat qilish uchun bir yilda bir marta mammolog ko‘rigidan o‘tsalar ziyon qilmaydi.
Manba: Sugdiyona.uz