Sog'lom oila - sog'lom kelajak

Koronavirus bepushtlik holatiga sabab bo’lishi mumkinmi?

COVID-19 pandemiyasining birinchi yilida, dunyo aholisining ko’pchiligi uchun asosiy savol yangi kasallikning avj olishida qanday omon qolish edi. Vaksina va davolashning tasdiqlangan usullari mavjud bo’lganidan keyin, insoniyat boshqa narsadan xavotirda: COVID-19dan keyin qanday yashash kerak, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan odamlarda bepushtlik rivojlanadimi? Ularni qanday sog’liq muammolari kutishi mumkin?

Koronavirus va bepushtlik

Xususan, so’nggi paytlarda COVID-19 va tug’ilishning buzilishi o’rtasidagi mumkin bo’lgan munosabatlar haqida tobora ko’proq muhokama qilmoqda. Koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkinmi yoki bu afsonami? Quyidagi tadqiqotlarga asoslangan ma’lumotlar bu savolga javob topishga yordam beradi.

Erkaklar reproduktiv tizimiga koronavirus ta’siri

Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Novgorod davlat universitetining rossiyalik mutaxassislari qozog’istonlik hamkasblari bilan birgalikda tadqiqot o’tkazdilar, natijalariga ko’ra, ular COVID-19 ning og’ir shakli to’liq bepushtlikka olib kelishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.

Mutaxassislar birinchi bo’lib, 2020 yil fevral-mart oylarida 62 erkakning spermogrammasini tahlil qilishdi , so’ngra olti oydan keyin tahlilni takrorlashdi. Birinchi tadqiqot ma’lumotlari shuni ko’rsatdiki, erkaklarning tahlillari normal chegaralarda bo’lgan, o’sha paytda ularning hech birida koronavirus yo’q edi. Ikkinchi tekshiruv paytida, 62 erkakning 32 tasida SARS-CoV-2 ga antikorlar bor edi, bu ularning COVID-19 bilan kasallanganligini ko’rsatdi.

Ma’lum bo’lishicha, sog’ayib ketganlarning sperma sifati sezilarli darajada yomonlashgan: eyakulyatsiya hajmi kamaygan, spermatozoidlarning faolligi va soni 1,5-2 barobar kamaygan. Bundan tashqari, azospermiya (eyakulyatsiyada spermatozoidlarning to’liq yo’qligi) COVID-19 bilan og’ir shaklda kasallangan 3 erkakda tashxis qo’yilgan.{1-manba}

Boshqa mamlakatlar olimlari ham COVID-19 ning erkaklarning reproduktiv tizimiga ta’sirini o’rganishgan. Xususan, eronlik ekspertlar 105 sog’lom erkak va 84 ta laboratoriya tasdiqlangan COVID-19 bilan kasallangan bemorlar ishtirokida tadqiqot o’tkazdilar.

O‘QING:  Nikohdan oldingi tibbiy ko‘rik shartmi?

Boshqa biokimyoviy ko’rsatkichlar qatorida olimlar tadqiqot ishtirokchilarining sperma sifatini ham tahlil qilishdi. Ma’lum bo’lishicha, COVID-19 bilan kasallangan erkaklarning sperma yallig’lanish va oksidlovchi stress ko’rsatkichlari ko’rsatkichlardan 100%dan oshgan.

Bundan tashqari, kasal bo’lganlarda spermatozoidlarning kontsentratsiyasi va harakatchanligi pasayib, shakli o’zgargan. Vaqt o’tishi bilan bu ko’rsatkichlar yaxshilanganiga qaramay, olimlar COVID-19 ni davolash uchun ishlatiladigan terapiya erkaklarning reproduktiv tizimiga kiruvchi organlarda turli patologik oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tadqiq qilishdi {2-manba}.

Koreyalik mutaxassislar infektsiyalarning erkaklarning reproduktiv funksiyasiga ta’siri bo’yicha 24 ta ilmiy ishni tahlil qilib, SARS-CoV-2 jinsiy bezlar uchun xavfli bo’lishi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Tahlil qilingan tadqiqotlarda olimlar COVID-19 bilan kasallanganlar sperma parametrlarini o’zgartirishi, testosteron va digidrosteron darajasi pasayishi, lyuteinlashtiruvchi gormon kontsentratsiyasi oshishi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlashdilar{3-manba} .

Va Isroil Sheba tibbiyot markazi mutaxassislari aniqladilarki, hatto yengil COVID-19 bo’lgan erkaklarda ham sperma sifati 50%ga kamayadi. Bunda me’yordan chetga chiqish kasallik boshlanganidan 30 kun keyin ham saqlanib qoladi4. Bundan tashqari, rossiyalik shifokorlar bolaligida COVID-19 bilan kasallangan erkaklarda bepushtlik yuzaga kelishi mumkinligidan xavotir bildirishdi.

Xususan, 2020 yil yozida, Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi mutaxassislari, o’tkazilgan koronavirus kasalligi sperma sifatining 38 foizga pasayishiga olib kelishini aytishdi, ammo keyinchalik bu sohada tadqiqotlar davom etayotgani bilan ogohlantirib, aniq natijalar haqida gapirishga erta ekanligi aytildi {5-manba} .

Ushbu maqolani o’qing: Erkaklarda bepushtlik: sabablari, turlari va diagnostikasi

COVID-19ning ayollar reproduktiv tizimiga ta’siri qanday?

Koronavirus infeksiyasining ayol tanasiga ta’siri ham bir qancha mamlakatlar mutaxassislari tomonidan o’rganilgan. Xususan, xitoylik olimlarning aytishicha, nazariy jihatdan, COVID-19 ayollarda bepushtlik keltirib chiqarishi mumkin.

Mutaxassislar o’zlarining nazariyasini tasdiqlash uchun SARS-CoV-2 virusining inson tanasi to’qimalariga kirib borish mexanizmiga e’tibor berishni taklif qilmoqdalar. Bu masalada qo’zg’atuvchining asosiy «yordamchisi» ACE2 retseptorlari – ular virusning hujayralarga kirib borishini osonlashtiradi.

O‘QING:  Kamharakatlik bepushtlikka olib kelishi mumkin (Urolog maslahatlari)

Ma’lum bo’lishicha, bu retseptorlarning aksariyati o’pka to’qimasida (shuning uchun nafas olish tizimi ko’proq zarar ko’radi), shuningdek ayol jinsiy tizim organlarida (bachadon, tuxumdon) uchraydi. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, xitoylik olimlar ayollarning reproduktiv tizimi ham koronavirus uchun «oson nishon» bo’lishi mumkinligini taxmin qilishdi.

Va SARS-CoV-2 virusi bilan reproduktiv organlarning to’qimalariga zarar yetkazilishi tufayli ayolda bepushtlik paydo bo’lishi mumkin. Bu yo’nalishdagi tadqiqotlar davom etmoqda.

Ushbu maqolani o’qing: Ayollarda bepushtlik – sabablari, belgilari va davolash usullari

COVID-19 vaksinasi bepushtlikka olib kelishi mumkinmi?

Agar ilmiy dunyoda COVID-19 ning insonning reproduktiv tizimiga ta’siri to’g’risida hali ham yakdil javob bo’lmas ekan, u holda vaksina haqida gapirganda, mutaxassislar bu erkaklar va ayollar uchun mutlaqo xavfsiz ekanligiga ishontirishmoqda.

Shunday ekan, koronavirus bilan bepushtlik o’zaro bog’liqligi o’rtasida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilganiga qaramay, to’liq va yakdil xulosa qilish uchun yana bir qator ilmiy kuzatuvlar amalga oshirilishi lozimligi qayd etilmoqda.

Tegishli maqola: Ikkilamchi bepushtlik haqida mutaxassis ma’lumoti

Ekspert: Izvozchikova Nina Vladislavovna, infeksionist.
Manba: Foodandhealth.ru

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.