Yaqinda ayollar shifokori ko‘rigidan o‘tayotib, chap ko‘kragimda qattiqlashish borligiga taxmin qilindi va UTT tekshiruvi tayinlandi.Tekshiruvga ko‘ra haqiqatan ham chap ko‘kragimda kichikroq o‘lchamda qattiqlashish bor ekan. UTT qilgan mutaxassis bu unchalik xavfli emasligini, so‘rilib ketishi mumkinligini aytdi. Haqiqatan shunday bo‘lishi mumkinmi?
Nigora Mahmudova, mammolog:
UTT tekshiruvi ko‘krakdagi qattiqlashishning o‘lchami, holati va ko‘rinishini baholash uchun o‘tkaziladi. Agar UTT tahlilchisi biror o‘zgarishni aniqlasa, kerakli mutaxassiga yo‘llanma berishi kerak. Ko‘kragingizdagi qattiqlashishni davolash uchun UTT tahlil xulosasi bilan birga mammolog ko‘rigidan o‘ting. Mutaxassis qattiqlashishning holatiga ko‘ra kerakli muoalajani tayinlaydi. Ammo o‘z-o‘zidan so‘rilib ketadi deyish — noto‘g‘ri fikr.
Manba: Sugdiyona.uz