Uy sharoitida o‘zim ko‘kraklar holatini mustaqil tekshirib turishim mumkinmi? Buning uchun qanday usullarni tavsiya etasiz?
Nigora Mahmudova, mammolog:
Uy sharoitida ko‘kraklardagi o‘zgarishlarni ko‘zdan qochirmaslik uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin. Mazkur usullarni xayz siklidan so‘ng yoki yuvinish vaqtlarida ham bajarish mumkin. Masalan: Ko‘zgu qarshisida turib, ko‘krak va ko‘krak uchi — so‘rg‘ichning shakli, rangini tekshiring. Shakli o‘zgarganda sut bezlaridan biri sezilarli darajada kattalashadi yoki boshqasidan pastroqda turadi. So‘rg‘ichlar ichiga botmaganmi, atrofida chuqurchalar yo‘qmi tekshiring.
Qo‘llaringizni baland ko‘tarib, ko‘krakning old va ikki yon tomonlarini tekshiring.
Tik turgan holatda bir qo‘lingiz bilan ko‘krak atrofini soat aylansi bo‘yicha paypaslab ko‘ring. Shish yoki chuqurchalar yo‘qmi?
Katta va ko‘rsatkich barmoqlar yordamida navbatma-navbat har bir so‘rg‘ichni ezib ko‘ring. So‘rg‘ichlardan suyuqlik ajralmayaptimi, kuzating.
Kuraklaringizni tekis joyga qo‘yib yoting-da, soat aylanasi bo‘ylab ko‘krakning har bir choragini paypaslab chiqing. Shish yoki chuqurchalar yo‘qmi, qarang!
Yotgan holatingizda qo‘ltiqosti chuqurchasini barmoqlaringiz bilan paypaslang. Limfa tugunlarining yiriklashganini bilish uchun to‘qimalarni ohista paypaslab ko‘ring.
Manba: Sugdiyona.uz