Соғлом оила - соғлом келажак

Kesarcha kesishning bolalar uchun bartaraf etib bo‘lmaydigan salbiy oqibatlari aniqlandi

Kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga kelgan bolalar ko‘pincha katta bo‘lganida ortiqcha vazndan azob chekadi. Garvard olimlari tekshiruvlardan so‘ng bunday xulosaga keldi.

Jarrohlik operatsiyasi yordamida bachadonni kesish orqali dunyoga keltirilgan bolalar voyaga yetgach, standart yo‘l bilan tug‘ilgan bolalarga nisbatan ortiqcha vazndan 15 foizga ko‘proq azob chekadi.

Salbiy oqibatlarning yuzaga kelishiga olimlar kesarcha kesishda bola ichagiga bakteriyalar tushib qolishini sabab qilib keltirdi. Vaqt o‘tishi bilan ular organizmdagi moddalar almashinuvi tezligini o‘zgartiradi, natijada me’yoridan ortiqcha ochlik hissi va ko‘p yeb qo‘yish kuzatiladi.

O‘tkazilgan tadqiqotlarda 15 mingga yaqin ayollarning 22 mingdan ortiq farzandlari ishtirok etdi. Ko‘p bolali oilalarda aniqlangan bog‘liqlik ayniqsa yaqqol bo‘lib chiqdi.

Kesarcha kesish orqali tug‘ilgan bolalar bir xil uy sharoitlariga qaramay, oddiy usulda dunyoga kelgan aka-uka, opa-singillariga nisbatan 64 foizga ko‘proq yog‘ bosishdan azob chekadi.

Olimlar ta’kidlashicha, kesarcha kesish ko‘proq katta yoshda tug‘adigan va semiz ayollarga xos bo‘lib, borgan sari bunday ayollar ko‘paymoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.