Chanoq tubi mushagi bachadon, siydik qopi, to‘g‘ri ichak va ingichka ichakni ushlab turadi, bu mushak Kegel mushagi deb ataladi. 1948 yilda shifokor ginekolog Arnold Kegel tomonidan nomlangan va u mushaklar bo‘shashganda jarrohlik aralashuvisiz uni mustahkamlash mashqlarini o‘ylab topgan. Bu mashqlarni muntazam bajarib qin atrofidagi mushaklarda kuzatiladigan muammolardan halos bo‘lishingiz mumkin, siydik va najasni ushlay olmaslik kabi muammolar, bundan tashqari jinsiy aktivlikka ham erishish mumkin. Eng asosiysi siz bu mushaklarni alohidalashni o‘rganib olasiz va ularni muntazam mashqlantirib borasiz.
Kegel mashqlarining foydali tomonlari haqida ko‘proq o‘qing: Jinsiy faollikni oshiruvchi Kegel mashqlari haqiqatdan foydalimi?
Kegel mashqini bajarishga tayyorgarlik

Diqqat! Siydik kelishini to‘xtatishni kunlik Kegel mashqi uchun bajarmang. Agar siyish paytida kegel mashqini bajaraversangiz bu qaytar effekt berib mushaklarning bo‘shashishiga olib kelishi mumkin.




Bir qo‘lingizni qorningiz ustiga qo‘ying va ularning bo‘shashib turganligiga ishonch hosil qiling. Mashq davomida qo‘lingiz qorin mushaklari ustida qolgani yaxshi, shunda siz qorin mushaklari bo‘sh turganligini bilib turasiz.
Agar siz qorinda yoki orqa mushaklarda og‘riq sezsangiz mashqni noto‘g‘ri bajarayotgan bo‘lasiz.

Kegel mashqini bajaramiz!





Kegel mashqlaridan natijani olamiz


Ularni odatiy hollarga moslab olisangiz bo‘ladi, masalan bizning dnk.uz saytni o‘qiyotganingizda.
- Siz mashqning natijasini bila boshlasangiz mashq bajarishni ko‘paytirishingiz mumkin. Ammo mushaklarni charchatib qo‘yish siyish paytidagi og‘riqlar sezishga olib keladi.
- Siyish paytida siydik to‘xtatish yo‘li bilan Kegel mushaklarini qayerda ekanligini topib olish yaxshi usul. Ammo shuni unutmang siyish paytida Kegel mashqlarini muntazam takrorlash siydik ushlay olmay qolish bilan bo‘lgan muammolarga olib kelishi mumkin.


- Qin sohangizga bioelektron qurilma joylashtirishi mumkin. Elektrod yordamida mushaklaringizni qanchalik darajada qisqartirayotganingiz va uning davomiyligini monitoring qilish mumkin.
- Shifokor elektrik stimulyator qo‘yib mushaklaringizni qayerda joylashganini sezishingizga yordam berishi mumkin. Muolaja vaqtida mushak sohasiga katta bo‘lmagan elektr kuchlanish boradi va mushaklar o‘z-o‘zidan harakatga keladi. Shu yo‘l bilan mushaklaringizni bilib olasiz.

Kegel mashqlarini bajarish uchun foydali maslahatlar
- Nafas olishni ushlab turmang, dumba, son, qorin mushaklarini qisqartirmang.
- Mashqni ishonchli bajarishni o‘rganib olsangiz, uni turgan holatda ham bajarsangiz bo‘ladi. Shunda siz mashqni har qanday vaqtda masalan navbatda turganda, idish tovoqlarni yuvganda, ofis stolingizda o‘tirganingizda baraverasiz.
- Ovqatlanish tartibida foydali moddalarni iste’mol qiling.
- Homilador ayollar ham mashqni bajarsalar bo‘ladi.
- O‘pkalaringiz chanoq tubida joylashgan deb tasavvur qiling va chuqur nafas olib chiqarib mashqni bajaring.
- Yoga bilan shug‘ullanish ham Kegel mashqi kabi natijani berishi mumkin.
Ogohlantirish!
- Har doim mashq bajarishni boshlashdan oldin siydik qopini bo‘shting. Agar siydik qopini bo‘shatmasangiz siydik ayiruv yo‘liga infeksiya kirishi ham oson bo‘lib qoladi.
- Mashqni hojatxonada bajara ko‘rmang (mushakni his etish uchun birinchi bor urinishdan tashqari). Mashq bajarish vaqtida siydik yo‘llariga infeksiya kirishi osonlashadi.
Manba: www.wikihow.com
Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.