Соғлом оила - соғлом келажак

Jinsiy quvvatni oshirish uchun tabiiy retseptlar

Qadim zamonlardanoq odamlar jinsiy quvvatni oshiruvchi omillarni izlab topish, buning uchun turli taomlarni tayyorlashga urinishgan. Masalan, yunonlar muhabbat o‘tini alangalatish uchun yosh echki go‘shti, yangi qaynatilgan tuxum yeyishni tavsiya etganlar. XV asrda yozilgan bir pazandalik kitobida shunday deyilgan: “Nahorga bir dona tuxum sarig‘ini yeyish yoki uch kun kanda qilmay piyoz va tuxum iste’mol qilish bilan o‘zingizda quvvat hamda shirin xayol parvoziga ega bo‘lasiz”.

Jinsiy quvvat

Abu Ali ibn Sinoning “Shahvoniy quvvat haqida risolasi”da qayd etilishicha, quyidagilar quvvatbaxsh taomlar sirasiga kiradi: barcha yog‘siz bo‘lmagan quritilgan go‘shtlar, piyoz va piyozdan tayyorlanadigan tabohalar (tuxum, piyoz va to‘g‘ralgan go‘sht qo‘shib pishiriladigan taom), halim, tandirda pishadigan taomlar, qovurmalar.

Shahvoniy quvvatbaxsh mahsulotlarga qo‘y go‘shti, bedana, qirg‘ovul, chumchuqning go‘sht va tuxumlarini kiritish mumkin. Quvvatbaxshlik borasida qazi-qarta, po‘stdumba alohida ta’riflanadi.

Mashhur olim Freydning fikricha, jinsiy aloqaga quvvat bag‘ishlaydigan samarali vosita javdar unidan yopilgan kulchalar, qovoq urug‘i, mevalarning qoqilari, qo‘ziqorinlar, yerga to‘kilib tushgan olmalardir.

Shuningdek, yong‘oq, no‘xat, loviya, mosh yeb turish ham foydali.

Qadimda ukrain va rus tabiblari jinsiy qobiliyatni oshirish uchun sutda qaynatilgan sholg‘omni sabzi suvi bilan aralashtirib, ozgina asal qo‘shib, chorak stakandan kuniga 4 mahal, ovqatlanishdan oldin ichishni tavsiya etganlar.

As-Sa’idu-s-Samarqandiyning ta’rifiga qaraganda, bedana go‘shti nihoyatda quvvatbaxshligi bilan ajralib turadi. U shunday yozadi: “Aning eti tamomi qushlarning etidan yaxshidur va me’dadin tez o‘tuvchi va shahvatga harakat berguvchidir. Ko‘p yemoq badanning qichuviga sabab bo‘lur va aning islohi toza yog‘lardir. Va ani yog‘ ichida pishirmoq kabob qilmoqdin yaxshiroqdur”.

Kashnich ichki jinsiy a’zolarning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Buning uchun kashnich urug‘idan 1 choyqoshiq olib, ustiga 1stakan qaynoqsuv quyiladi va 30 daqiqa damlanadi. Suzib, kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan yarim soat oldin 1 oshqoshiqdan ichiladi. Bunday amal shahvoniyatdagi funksional buzilishlarda ijobiy natija beradi.

Shayx Nafauliyning “Arab muhabbat san’ati” risolasida shunday ma’lumot berilgan: “Nikoh to‘yidan oldin parhezga qat’iy rioyaqilish kerak. Ovqatda faqat qovurilgan piyoz va tuxum sarig‘ini iste’mol qilish kerak. Bu esa dil rozi bilan ishqiy munosabatni qiyomiga yetkazadi”.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Jinsiy faollikni oshiruvchi Kegel mashqlari haqiqatdan foydalimi?