Соғлом оила - соғлом келажак

Jinsiy qobiliyatning susayishiga sabab nima?

Erkaklarda mijoz sustligi (Jinsiy qobiliyatning susayishi) paydo bo‘lishining asosiy sabablari nimada?

jinsiy ojizlik

Demir ALЕKSЕYEV, ceksopatolog:

Mijoz sustligi (jinsiy qobiliyatning susayishi) asosan oliy asab faoliyatining buzilishiga, masalan, tug‘ma va turmushda orttirilgan asabiy ruhiy kechinmalar (ya’ni nevroz, turli kasalliklar bilan og‘riganda ro‘y beradigan nevrotik holat, tushkunliklar)ga bog‘liq. Erkak kishining uzoq vaqt g‘am chekishi ham uning jinsiy qobiliyatiga ziyon yetkazadi. Haddan ziyod charchash, uyquga to‘ymaslik, ish yoki oila bilan bog‘liq og‘ir ma’naviy vaziyatlar ro‘y berganda jinsiy muammolar yuzaga keladi.

Ba’zan yoshga aloqador o‘zgarishlar (masalan, 45-55 yoshlarda) tufayli ham jinsiy qobiliyat yo‘qolishi mumkin. Mijoz sustligiga barham berish uchun avvalo stresslardan qochish, oila va ishxonada sog‘lom muhitni qaror toptirish, o‘z vaqtida dam olib, to‘yib uxlashga erishish zarur. Bular yordam bermasa, albatta mutaxassis shifokorga ko‘rinish lozim.

Manba: «Sugdiyona.uz» nashri.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.