Соғлом оила - соғлом келажак

Jinsiy olat (penis)ni kattalashtirish

Erkaklarning asosiy qismini hayoti davomida bir marta bo‘lsa ham quyidagi savollar tashvishga soladi. Mening jinsiy olatimning o‘lchami yetarlimi, qoniqtiraolamanmi, qanday qilib kattalashtirsam bo‘lar ekan? Aslida normasi qancha?

Jinsiy olat

Wessels va Lue (1996), ma’lumotlariga ko‘ra jinsiy olatning tinch holatidagi o‘rtacha uzunligi 8,8 va 9,7sm orasida bo‘lsa tortilgan holatda(ereksiyaga muqobil) esa 12,4 sm. Ponchietti va xamkasabalari ham 2001 y.da 3300 ta yosh erkaklarni ko‘rigidan so‘ng yuqoridagiga o‘xshash xulosa berishgan, ya’ni 10smdan 12,5smgacha. Barcha tekshiruvlarda antropometrik tekshiruvlar xam o‘tkazilgan va kuchsiz korrelyatsiya kuzatilgan.

Penisni kattalashtirish niyatida shifokorga murojaat qilgan erkaklarning odatda o‘lchami normada bo‘ladi. Bunday holatni mutaxassislar erkaklar yechinish xonasini kompleksi deb atashadi. Erkaklar o‘z jinsiy a’zolariga yuqoridan qaragani uchun kichikroq tuyiladi, lekin yonboshdan qaralsa barchaniki bilan barobardir. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, tinch holatda kichik ko‘ringani bilan ereksiya holatiga o‘tganda hech qanday proporsiyaga amal qilmagan holda kattalashadi.

Ereksiya paytida 9,5 smdan kichik bo‘lsagina jinsiy olatni kichik deb hisoblanadi. Ba’zi mutaxassislar esa 7,5sm ham deyishadi. O‘lchashda dorsal tarafida qorin devoriga 90° burchak ostida penopubikal burchakdan boshchani oxirisigacha bo‘lgan masofa inobatga olinadi.

Jinsiy olatni kattalashtirish ikkiga bo‘linadi: noxirurgik va xirurgik.

Noxirurgik usul:

Operatsiyasiz usullarga vakuum va traksion usullar kiradi. Vakuum usulda maxsus manfiy bosim hosil qiladigan jihozdan foydalaniladi. Manfiy bosim hosil qilish hisobiga olatga qon oqimi kuchayadi, guyo ki to‘qimalarni cho‘zilishiga olib keladi deyiladi. Natija olish uchun kamida 12 oy davomida har kuni qilishlari kerak bo‘ladi. Lekin ishonchli natijaga erishilganligi haqidagi ma’lumotlar adabiyotlarda yo‘q, uzoq muddat ishlatish natijasida terida jarohatlanishlar gematomalar vujudga keladi.

Yana bir operatsiyasiz usul bo‘lgan traksion (cho‘zish) usul yuqoridagiga nisbatan effektiv hisoblanadi. Asosida jinsiy olat to‘qimalarini kuch bilan uzoq muddat cho‘zish, tortish yotadi. Buning uchun ekstenderlar (Andro-Penis va h.k.).dan foydalaniladi. Bu jihoz beriladigan kuchni nazorat qilib turadi. Va kuchni asta sekinlik bilan orttirish tavsiya qilinadi. Kerakli natijaga erishish uchun kamida olti oy davomida tashib yurishlari kerak. Kuniga sakkiz soatgacha. Ekstenderfoydalanganlar 2,5–3 smgacha uzayganini aytishadi, lekin bu usulni ham uzoq yillik natijalari qayd qilinga maqolalar yo‘q. Kamchiliklari kundalik turmush tarziga har kuni tashib yurish zarar keltiradi. Cho‘zilgani uchun og‘riq, gematoma(qon quyilishi), jinsiy olat egriliklarni va peyroni kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.

Yuqorida ko‘rsatilgan usullardan operatsiyadan keyin foydalanish ba’zi mutaxassislarga ko‘ra opersiyani nojo‘ya asoratlarini oldini olish uchun mumkin.

Bundan tashqari noxirurgik usullarga quyidagilar kiradi:

  • Turli magnit va elektr jihozlar guyoki jinsiy olat o‘sishini stimul qiladi – absolyut befoyda;
  • Biodobavkalar, “dunyodagi mavjud o‘t-o‘lanlarni barchasini o‘z ichiga oladigan” va natijada “hech qanday baxs munozarasiz” o‘sishiga olib keladi– absolyut befoyda;
  • Gormonal preparatlar – natijasi ma’lum yoshgacha va gipogonad holatlarda.

Tibbiy ko‘rsatmalar quyidagi kasalliklar natijasida uzunligidan qoniqish bo‘lmaganda amalga oshiriladi: Peyroni kasalligi, kavernoz fibroz, gipospadiya, epispadiya, travmatik yoki xirurgik amputatsiyalarda va h.k. Funksional ko‘rsatmalarga: ko‘milgan jinsiy olat, nozik olat, qarilar jinsiy olati. Estetik holatlar penil dismorfofobiyalarda – o‘z jinsiy olatining tashqi ko‘rinishidan, o‘lchami va shaklidan norozilik. Bu patsiyentlar psixolog yoki psixiatrlar bilan birgalikda tekshiruvdan o‘tishlari kerak.

Xirurgik usullarga:

  • jinsiy olatni uzaytirish;
  • jinsiy olatni qalin (yo‘g‘on)lashtirish;
  • jinsiy olat boshchasini kattalashtirish;
  • Yuqoridagi usullarni kombinatsiyasi.

Jinsiy olatni uzaytirish

Eng keng tarqalgan usul bo‘lib jinsiy olatni ushlab turgan bog‘lamlarini kesish – ligamentotomiya deyiladi. Bunda kavernoz tanachalarni chuqur arteriyalari kiradigan joygacha ozod qilinadi, natijada 3smgacha uzayish kuzatiladi. Yaxshi tarafi bajarilishi sodda va minimal travmatik. Kamchiligi agar bog‘lamlari qisqa bo‘lsa kam effektiv va ko‘rinishda pastga osilib qolishi, gipermobil bo‘lib qolishi va ereksion burchakni kattalashishi (pastga osilib qolish hisobiga). Operatsiya natijasini yanada ko‘zga ko‘rinishi uchun mutaxassislar aynan operatsiyadan keyingi davrda ekstenderlardan foylanishni tavsiya etishadi.

Jarrohlik usullaridan yana bir ko‘zga yaqqol ko‘rinadigani bu qov oldi yog‘ qavatini olib tashlash. Bu usulni albatta ligamentotomiya bilan kombinatsiyalash kerak bo‘ladi.

Deyarli ishlatilmaydigan usullardan biri ajratuvchi operatsiya (Perovic) mavjud yuqori travmatik va asoratlarga boy bo‘lgani uchun ishlatilmaydi. Kavernoz tanachalarni, spongioz tanadan ajratib o‘rtasiga, bemorni qovurg‘a tog‘ayi qo‘yilgan lekin yetarli natija bermaganligi sababli ishlatilmay qo‘ygan.

Organik erektil disfunksiya bilan birga kelganda eng optimal usul plastik protezlarni implantatsiyasi paytida kavernoz tanalarni o‘rtasiga grafting (yamoq qo‘yish) edi. Bu usul ancha ishonarli edi, lekin protezlarni ekstruziyasi (teshib chiqishi) sababli bu ham ishlatilmay qo‘yilagan. Erektil disfunksiyada protezlash mavjud.

Jinsiy olatni yo‘g‘onlashtirish (qalinlashtirish)

Qalinlashtirishni eng oddiy usuli autoyog‘ni teri ostidan jinsiy olat terisini ostiga joylashdir. Qov usti sohasidagi yog‘ to‘qimasini liposaksiya qilinib olat o‘qi yo‘nalishi bo‘yicha yuboriladi. Afzal tarafi o‘ta soddaligi bo‘lsa kamchiligi natijasi vaqtinchadir bir yilni ichida 50% erib ketadi va ko‘rinishi ham buziladi, chunki teri osti yog‘i bir tekisda yo‘qolmaydi. Asoratlari tiqilgan yog‘ miqdoriga proporsional shaklda ortib boradi.

Bundan tashqari:

Fassial-mushak yoki fassial-yog‘ to‘qimasi bo‘laklarini oziqlanuvchi oyoqchada mikroxirurgik autotransplantatsiyasi, perikaverno dermal allograf (Alloderm) lardan foydalanish, poliakrilamid gellardan foydalanish usullari mavjud bo‘lib asoratlari tufayli qo‘llanilmaydi.

Eng effektiv usul bo‘ylama korporotomiya va autovena bilan o‘rnini to‘ldirish usulidir(Austoni), asorati erektil disfunksiya rivojlanish xavfini kattaligida.

Jinsiy olat boshchasini kattalashtirish

Faqatgina jinsiy olat tanasi bilan nomutanosibligida tavsiya qilinadi, lekin to‘liq ishonarli metodika ishlab chiqilgani yo‘q.

Jinsiy olat boshchasini o‘ziga xos tuzilishi sababli ideal mahsulot topilgani yo‘q, gialuron kislotadan foydalanilmoqda lekin natijasi bir yilni ichida o‘z xususiyatini yo‘qotmoqda.

Shundoq qilib, barcha talablarga javob beradigan ideal metodika mavjud emas shundan kelib chiqib ham shuni ta’kidlash joizki jinsiy olatni uzunligi va qalinligi jinsiy aloqani sifatli qilmaydi aksincha qattiqligi va shu qattiq holatda uzoq turaolishi muhimdir.

O‘z bemorlarimga yana shuni tagiga chizgan holda aytamanki agar muhim bo‘lganda shu bugungi tibbiyot albatta yechim topgan bo‘lardi, chunki qattiqlik va tez bo‘shalmaslik muhim bo‘lgani uchun yechimi topilgan.

Patsiyent albatta yuqoridagi afzalliklari va asoratlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Statistikaga ko‘ra yuqoridagi ma’lumotga ega bo‘lgan bemorlardan atigi 8% operatsiya qildirishga rozi bo‘lar ekan.

Murodov Zarifjon, urolog-androlog.
Andrology.uz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.