Соғлом оила - соғлом келажак

Donolar jinsiy munosabat haqida

“Jimo badanni ovqat uchun tayyorlaydi, shod qiladi, g‘azabni so‘ndiradi, yomon fikr va savdoyi vasvasani, uzoq vaqt jimo qilmay yurish sababli yuz bergan moyak shishini quvadi…”

Abu Ali ibn Sino

«Dardlarning asosiy sabablari: ko‘p yeyish, ortiqcha jimo bilan mashg‘ul bo‘lish, ko‘p gapirish va ko‘p uxlash, ya’ni kamharakatlikdir…

Luqmoni Hakim

Bilginki, shahvatni kesadigan narsalar oltitadir. Birinchi — g‘amning ko‘pligi, ikkinchi — bo‘g‘imlarning sustligi, uchinchi — qattiq charchash, to‘rtinchi — xunuk manzarani ko‘rish, beshinchi — urug‘ idishlaridan ba’zisining buzilishi, oltinchi — jinsiy olatning shamollashi.

Abu Ali ibn Sino

Belni doimo mahkam bog‘lab yurish shahvatni hayajonga keltiradi. Ikki oyoqni issiq tutish esa jinsiy aloqaga yordam qiladi, chunki u harakatni badanning tashqi tomoniga yoyadi. Otda yurish erlik quvvatini kuchaytiradi.

“Xavos-ul Ashyo”

Jinsiy aloqa asl ishtiyoq tug‘ilgan payt, qorin och ham, to‘q ham bo‘lmay, badan qizimay ham, sovumay ham turib, tan nam ham, quruq ham bo‘lmagan payt, ya’ni kechaning avvalida bo‘lib, tonggacha quvvat yana tiklanib ulgurishi lozim.

Abu Ali ibn Sino

Mijozni sust qilib, urug‘ga zarar yetkazadigan sabablar: erlik bezidagi va tuxumdagi illat, hammomda ko‘p o‘tirish va ko‘p terlash, kamuyqulik, ko‘p qusish va surgi qilish, ostda va yonboshda turib jinsiy aloqa qilish, achchiq narsalarni ko‘p yeyish, ko‘p och va tashna yurishlardan iborat…

Luqmoni Hakim

Jinsiy lazzat — har qanday boshqa lazzatlardan o‘ta ustundir. Jinsiy muomala uchun bahor va kuzning mo‘tadil havosi juda qulay bo‘lib, bu fasllarda ruh yaxshi holatda, qon esa ko‘p bo‘ladi.

“Visol lazzati”

Intim tuyg‘ular sarchashmasi bo‘lgan jinsiy xilqat — muhabbat cho‘qqisi va murod-maqsadga yetishish bo‘lib, qalb, aql-idrok hamda vujudning jamlanib lazzat topishidan iboratdir.

Reproduktiv salomatlikka oid ma’lumotlarni DNK.UZ saytimizdan doimiy ravishda o‘qib borishingiz mumkin.

Manba: Tib.uz