Соғлом оила - соғлом келажак

Jinsiy aloqadan erta bo‘shalishga sabab nima?

Barvaqt urug‘ to‘kilishi – erta eyakulyatsiyani  Yevropa Urologiya Assotsiatsiyasi va Amerika Urologiya Assotsiatsiyasi, ba’zan yoki doimiy sodir bo‘ladigan inson nazoratidan tashqari sodir bo‘ladigan olat qinga kirishidan oldin yoki jinsiy aloqa 2 minutgacha yetmay urug‘ to‘kilishi deb ta’riflaydi.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) ta’rifi bo‘yicha Erta eyakulyatsiya bu — ba’zan yoki doimiy sodir bo‘ladigan, olat qin ichichga kirishidan oldin yoki qin ichga kirgandan biroz keyin biroz stimulyatsiya bo‘lishi, erkak istagisiz sodir bo‘ladigan, erkak xohishi bilan hech qanday nazorat qila olmaydigan, erkak va uning ayoliga kuchli bezovtalik va noqulaylik keltirib chiqaradigan urug‘ to‘kilishi.

Photo: healthnutritionclub.com

Erkakdagi bunday eyakulyator holat erkakni albatta bezovta qiladi, ayolning qoniqmasligiga va oilaviy munosabatlarga buzilishiga sabab bo‘ladi. Bu holatni erta bo‘shalish, erta urug‘ to‘kilishi, barvaqt eyakulyatsiya kabi turli atamalar bilan nomlanadi.

Erta eyakulyatsiya birlamchi (bir umrli) va ikkilamchi (orttirilgan) shakli bo‘ladi. Birlamchi erta eyakulyatsiya oilaviy hayot va jinsiy hayot boshlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Ikkilamchi erta eyakulyatsiya shaklida oilaviy hayot boshlanishida jinsiy aloqa uzoqligi va eyakulyatsiya muammosiz bo‘ladi. Erta eyakulyatsiya keyinchalik paydo bo‘ladi.

Erta eyakulyatsiya sababi

Oxirgi yillardagi tadqiqotlar natijalari erta eyakulyatsiya sababi olat boshchasining glandulyar qismi innervatsiyasi – nerv ta’minoti buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi xaqida taxmin paydo bo‘ldi. Birlamchi erta eyakulyatsiya sababi bosh miyada neyronlar funksional xolatida buzishi sababli bo‘ladi. Ikkilamchi erta eyakulyatsiya esa asosan surunkali prostatit, erektil disfunksiya, va gipetireoz kasalliklari belgisidir.

Olat glandulyar qismida ortiqcha innervatsiya bo‘lishi jinsiy aloqa vaqtida olat boshchasining ortiqcha sezuvchanligiga olib keladi va natijada erta eyakulyatsiya sodir bo‘ladi.

Serotonin sintezi buzilishi miya neyronlari funksional holati buzilishiga olib keladi. Serotonin yetishmasligi sababli miya eyakulyatsiya markaziga qo‘zg‘atuvchi ta’sir kuchayib yana erta eyakulyatsiya sodir bo‘ladi.

Surunkali prostatitda yallig‘lanish sababli patologik nerv impulslar oqibatida erta eyakulyatsiya sodir bo‘lishi ehtimoli ortadi.

Erektil disfunksiyasi bor erkaklarda jinsiy aloqa vaqtida ereksiya ushlab turish muammosi, bezovtalik jinsiy aloqani friksiya davrini reflektor holatda ertaroq tugatilishiga va jinsiy aloqani erta eyakulyatsiya bilan tugatilishiga olib keladi.

Buqoq bezi kasalligi gipertireozda tireoid gormoni ortiqchaligi sababli miyadagi sertonin nazorati buzilishi sababli ham erta eyakulyatsiya rivojlanadi.

Barvaqt urug‘ to‘kilishi belgilari

Erta eyakulyatsiyaning asosiy 5 ta diagnostik belgilari bor:

1. Ba’zan yoki doimiy ravishda sodir bo‘ladigan inson nazoratidan tashqari sodir bo‘ladigan olat qinga kirishidan avval yoki jinsiy aloqa 2 minutgacha yetmay turib urug‘ to‘kilishi;
2. Urug‘ to‘kilishini doimiy yoki ba’zan nazorat qilish qiyinchiliklari;
3. Erkakda erta eyakulyatsiya sababli bezovtalik borligi;
4. Ba’zan yoki doimiy ravishda ayol shahvatini qondirish imkonsizligi;
5. Erta eyakulyatsiya sababli er-xotin orasida tushunmovchiliklar borligi;

Shuni aytish kerakki bu kriteriylar Amerika Urologiya Assotsiyatsiyasi va Yevropa Urologiya Assotsiyatsiyasi tomonidan taklif qilingan. Shuning uchun yuqoridagi keltirilgan 4 va 5 kriteriylarga yengilroq qarash mumkin. Chunki bizning ayollar yuzingizga tik qaramaydi, shahvati qonmasada buni hayo sabab yopiq qozonni yopiqligicha qoldiraveradi.

Ekspert: Abdulxayev Fayzullo, urolog, androlog, seksopatolog.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.