Соғлом оила - соғлом келажак

Homiladorlikning 41-haftasi

To‘qqiz oy o‘tib bo‘lsa-da, chaqaloq haligacha dunyoga kelmagan va tug‘ruq boshlanmagan bo‘lsa, bu xavotir uchun sabab bo‘la olmaydi. 42-haftadan keyingi homiladorlik muddatidan ko‘p ko‘tarilgan hisoblanadi. Hali ixtiyoringizda ma’lum vaqt bor.

Bola o‘zini qanday his qilmoqda?

U tug‘ilishga tayyor. Barcha organlar va tizimlar yetarlicha rivojlangan va har qanday lahzada o‘z funksiyalarini mustaqil bajarishga kirishishi mumkin. Smazka deyarli to‘liq yo‘qoldi, ammo terining himoyaga muhtoj bo‘lgan eng nozik qismlarida — burmalar va chuqurchalarda qoldi.

Tirnoq va sochlar o‘sishi o‘sha sur’atda davom etmoqda. Ichak peristaltikasi (to‘lqinsimon kerilish yoki siqilish harakatlari) normada, uning ba’zi bo‘limlarida mekoniy to‘plangan.

41-haftada yo‘ldosh qat’iy tarzda qarib boradi, homila va ona organizmini ajratib turgan qobiq tobora yupqalashib, o‘zi orqali katta-katta molekulalarni o‘tkazib yuboradi. Sizning organizmingizdagi antijismlar bolaning qoniga o‘tib, unda sizning immun tizimingiz katta qiyinchiliksiz yenga oladigan kasalliklarga qarshi ilk himoyani hosil qiladi.

Ona o‘zini qanday his qilmoqda?

Organizmda o‘tgan haftadan buyon hech qanday jiddiy o‘zgarish sodir bo‘lmagan. Bu paytda “Bola qachon tug‘iladi?” — degan savol dolzarb bo‘lib qoladi. O‘zingizni ham, bolani ham, tabiatni ham shoshiltirmang. Homiladorlikning 41-haftasidagi tug‘ruq o‘z vaqtidagi hisoblanadi, ushbu muddatda tug‘ilgan bola qorinda uzoq vaqt ko‘tarilgan hisoblanmaydi. Shifokor belgilaydigan tug‘ruq sanasi shunchaki taxminiy bo‘ladi, xolos.

Aniq muddat esa sikl davomiyligi, tuxum hujayraning chiqish va urug‘lanish vaqti kabi qator omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Muddatidan ko‘p ko‘tarilgan homiladorlik

Homiladorlik 42-haftadan keyin muddatidan ko‘p ko‘tarilgan deb hisoblanadi. Homila qorinda uzoq qolib ketishiga qog‘onoq suvining keskin kamayib ketishi va shu tufayli tug‘ruq faoliyatining juda sust kechishi, old suvlarning yo‘qligi (yassi qorin), bachadon bo‘ynining yetilmaganligi, mekoniydan ifloslangan suv, bolaning bosh suyagidagi liqildoq va choklarning ensizligi, bola terisining quruqligi kabilar sabab bo‘lishi mumkin.

Agar homilador ayol 30 yoshdan oshgan va birinchi marta tug‘ayotgan bo‘lsa, homilani qorinda qancha uzoqroq vaqt ko‘tarib yurish ehtimoli oshadi.

42-haftadan keyin tug‘ruqni turli usullar bilan qo‘zg‘atishadi.

Davomli homiladorlik

Demak, o‘ninchi oy boshlangan bo‘lsa-da, homiladorligingiz normal holatda ekanligini aniqlashtirib oldik. Bu davrda bolani ko‘tarishda davom etish yoki tug‘ruqni sun’iy ravishda qo‘zg‘atishga rozi bo‘lish — faqat o‘zingizning tanlovingiz.

Nima bo‘lganida ham, ushbu bosqichda yo‘ldoshdagi qon aylanishi yomonlashishi va bolaga oziq moddalar kamroq yetib borishini tushunishingiz lozim. Qaror qabul qilish uchun, homilaning holati va yo‘ldoshdagi qon aylanishini aniqlaydigan qator tekshiruvlardan o‘tish kerak bo‘ladi.

Agar barchasi joyida bo‘lsa, o‘z homiladorligingizni dadil tarzda davom ettiraversangiz bo‘ladi.

Manba: Farzand.uz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.