Соғлом оила - соғлом келажак

Homiladorlikning 39-haftasi

Homiladorlik to‘qqizinchi oyi o‘rtasi. Agar siz hali tug‘magan bo‘lsangiz homiladorlikning 39 haftasida farzandingiz dunyoga kelishining ehtimoli juda katta. Homiladorlikning 39 haftasi Bolakay “dunyoga chiqish” uchun to‘liq tayyor. Onaning organizmi ham tayyor. Buyog‘iga juda oz qoldi.
Kichkintoy o‘zini qanday his qilmoqda
Bolajon shakllanib bo‘lgan va o‘sishda davom etmoqda. Deyarli mustaqil odamchaning vazni hozir 3–3,5 kg, bo‘yi – 50–53 sm ni tashkil etadi. Ona qa’rida ekan, barcha oziq moddalarini kindik va yo‘ldosh orqali oladi, o‘pkasi esa birinchi nafasni olishga tayyor turibdi. Ichakda oziqani harakatga keltirish uchun xizmat qiluvchi tukchalar shakllanib bo‘lgan, oshqozonda uni parchalash uchun zarur fermentlar ishlab chiqarilmoqda. Bolajon o‘mbaloq oshishi uchun joy yetarli emas – o‘zi ancha katta bo‘lib qolganda. Terisi yoqimli och pushti rangga kirgan, bu teri osti asosning yaxshi rivojlanganidan darak beradi. Kichkintoy ko‘zlarining ko‘rishi emizish vaqtidagi onaning yuzi masofasiga moslasha oladi – 20–30 sm. Kichkintoyning o‘tkirlik va kontrastlik bo‘yicha sezuvchanligi rivojlanmoqda, hozirdan unda yaqqol va rangli ko‘rish, harakat va lip-lip o‘tishlarga sezuvchanlik bor.
Kindikni kesish qoidasi
Kindik butun homiladorlik vaqti mobaynida o‘zining muhim xizmatini o‘tadi. Endi tug‘ruqdan keyin ham uni juda ham ehtiyotlash kerak. Homiladorlikning 39 haftasida kindik bolaning bo‘yniga o‘ralib qolishi ehtimoli bor. Shuni e’tiborga olgan akusherlar bolani juda ehtiyotkorlik bilan chiqarib olishadi, jonlanib yotgan kindikning to‘xtashini kutib turib, keyin oldindan ikki tomondan siqib, spirt bilan ishlov bergan holda uni kesishadi. Kesilgandan keyin kindikning kalta tomoni qurib, tushib ketadi. Bularning hammasi tug‘ruqdan keyin taxminan 5–7 kunning ichida yuz beradi. Yana bir voqelik – bolakay chiroyli kindikchali bo‘lib qoladi.
Ona o‘zini qanday his qiladi
Homiladorlikning 39 haftasiga yetganda siz 11–16 kg to‘plagan bo‘lasiz. Boshqa to‘lishmaysiz, aksincha – biroz vazn yo‘qotishingiz ham mumkin. Bochadon tubi masofasi qov simfizidan – 36–40 sm, kindikdan – 16–20 sm ni tashkil etadi. Bachadon tubi pasayadi, homilaning old tomoni tug‘ruq kanalining yuqori qismiga kirishni boshlaydi. Tug‘ruq alomatlari tez orada o‘zini ko‘rsatadi! Yo‘ldosh qariydi, kichkintoy kislorod tanqisligini his etmasligi uchun toza havoda ko‘proq bo‘lishga harakat qiling. Bachadon qovuqqa ko‘proq bosim o‘tkazadi, siz chot orasida sanchiqli og‘riqlarni his etishingiz mumkin. To‘lg‘oq tutishi mumkin: ular yolg‘ondakammi yoki chinmi? Tug‘ruq vaqti kelgan-kelmaganligini ayolning o‘zi yoxud shifokor yordamida aniqlasa bo‘ladi. To‘lg‘oq vaqtida eng muhimi – vahimaga tushmaslik. Xudo xohlasa, o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli tug‘ib olasiz.
Homiladorlikning 39 haftasi: qorin toshdek qotadi
Tug‘ruqdan oldingi oxirgi bosqich yetib keldi. Ayrim oxirgi “qiyinchiliklar” qoldi xolos, shundan keyin bolajoningiz bag‘ringizda yotadi. Homiladorlikning 39 haftasidagi noqulayliklar: qorin toshdek qotadi, vaqti-vaqti bilan to‘xtab qoladigan tortuvchi og‘riqlar, qo‘l-oyoqlarning shishishi. Bularning hammasi yaqinda to‘xtaydi. Kichkintoy tug‘ilgandan so‘ng siz bularning hammasini esdan chiqarib yuborasiz! Homiladorlikning 39 haftasi – tug‘ruq darakchilari:
Orqa va beldagi tortuvchi og‘riq.
Shilliq tiqinning ajralishi.
Qorin spazmi (oralig‘i – soatiga 5 martadan ko‘p).
Qonli ajralmalar.
Ishtahaning ko‘tarilishi.
Ich ketishi yoki suyuq kelishi.
Homila atrofidagi suvlarning oqib ketishi.
O‘z holatingizni kuzatib yuring, tug‘ruq darakchilari yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, nimalar qilish lozimligini tanangizning o‘zi sizga bildiradi!
Ikkinchi homiladorlik
Agar siz homiladorlikning 39 haftasida turgan bo‘lsangiz, qolaversa bu sizning ikkinchi homiladorligingiz bo‘lsa, unda bilingki, tug‘ruqdan oldingi belgilar ilk bora tug‘ayotgan ayollarning tug‘ruq darakchilariga o‘xshash bo‘ladi. Biroq homiladorlikning 39 haftasida ikkinchi tug‘ruq oldingidek kechmaydi: bola tug‘ruq yo‘llaridan tez o‘tishi sababli chaqaloq tug‘ilishi jarayonining o‘zi ancha tezlashadi. Organizmingiz birinchi tajribasidan kelib chiqib hamma narsani “o‘zi yaxshi biladi”. Tanangizga ixtiyorni berib qo‘ying va hammasi yaxshi bo‘ladi!
O‘zaro qo‘llab-quvvatlash
Hozir sizga ko‘proq nima kerakligini bilasizmi? Qo‘llab-quvvatlash. Qarindoshlar, yaqinlaringiz, sizni yaxshi ko‘ruvchi insonlarning ko‘magi lozim. Ba’zida birgina shirin so‘z dunyo-dunyo dori-darmondan va qator-qator shifokorlarning o‘rnini bosa oladi. Siz homiladorlikning 39–40 haftalarida turibsizmi? Hozir sizning bolajoningizga nima kerakligini bilasizmi? Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz kerak! U borgan sayin dunyo yuzini ko‘rishga shoshilib ketyapti. Unga yordam bering. Kichkintoyingiz bilan gaplashing, “hammasi yaxshi bo‘ladi” deb unga ayting. Shunda ko‘rasiz, Xudo xohlasa, HAMMASI YAXSHI BO‘LADI!
Manba: Homiladorlik.uz

Мақола сизга ёқдими? Ундай бўлса, баҳоланг!
1 баҳо2 баҳо3 баҳо4 баҳо5 баҳо

Loading...

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Homiladorlik » Homiladorlik kalendari » Homiladorlikning 39-haftasi

loading...

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.