Соғлом оила - соғлом келажак

Homiladorlikning 32-haftasi

Onaning qadam tashlashi tobora og‘irlashib boradi: bu homiladorlikning 32 haftasi alomatlaridan. Qorin ichidagi bolakay borgan sayin sezilarli bo‘lib, faollashib boradi. Tug‘ruq kunlariga sanoqli vaqt qolgan.Homiladorlikning 32 haftasiOna ayollar maslahatxonasiga ikki haftada bir marta qatnaydi, agar tez to‘lishayotganligini sezsa, mazkur muddatda uglevodlar va sut iste’molini to‘xtatsa bo‘ladi.

Homiladorlikning 32 haftasida bolaning vazni

Siz homiladorlikning 32 haftasidasiz – bolaning vazni muntazam ortib boradi. Oxirgi oy davomida bolakay taxminan 900 gramm vazn yig‘gan bo‘lib, hozir u ikki kilogrammgacha (1800 – 1900 gramm) og‘irlikka ega, uning bo‘yi bosh uchidan tovonigacha – 42 sm ni tashkil etadi. 32 haftada bolaning bo‘yi va vazni o‘ziga xos tus oladi va nasliga bog‘liq holda o‘sishga tayyor bo‘ladi (ota-onasining bo‘yi va vazni hamda shunga o‘xshash parametrlarga bog‘liq ravishda). Homiladorlikning 32 haftalik bosqichida immun tizimning shakllanishi sodir bo‘ladi, bolakay immunoglobulinlar oladi va uning organizmi tug‘ilgandan keyingi dastlabki oylarda uni himoya qila oladigan antijism ishlab chiqishni boshlaydi. Kichkintoyning suyaklari o‘sishda va og‘irlashishda davom etadi. Yog‘li to‘qima butun tana bo‘ylab bir maromda to‘plana boshlaydi, u ayniqsa yuz qismida sezilarli bo‘ladi. Ajinlar tekislanib, chehrada chiroy paydo bo‘ladi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga xos bo‘lgan yuz ifodalari vujudga keladi.

Ta’sirlanish

Kichkintoy atrofdagi tovushlarni juda yaxshi eshitadi. Ularning ko‘piga bolakay ko‘nikib ham qolgan: ona tomirlaridagi qonning shovqini, onaning yurak urishi, nafas olishi, ovozi bola uchun allaqachon kundalik tovushlarga aylangan. Otasining ovozini, odatdagi maishiy shovqinlarni ajrata oladi. Aynan shu tufayli homiladorlik 32 – 33 haftalarga yetganda kichkintoyga alohida e’tibor zarur: u bilan gaplashish, unga bolalar qo‘shiqlarini aytib berish, u eng chiroyli, sog‘lom va dunyodagi eng sevimli odamcha ekanligini unga uqtirib borish muhim! Chaqaloq tug‘ilgach, u onasining qornida eshitgan onasi va otasining ovozlarini darhol tanib oladi. Asab tizimi rivojlanishda davom etadi va endilikda, yorug‘lik uning ko‘ziga tusha boshlaganda uning ko‘z qorachiqlari torayadi. Bolakay bu muddatda ancha faollashgan bo‘ladi, ba’zan shunchalik faol bo‘ladiki, hatto siz uning qanday qilib aylanayotgani va qayrilayotganini ham sezishingiz mumkin bo‘ladi. Lekin o‘sayotgan bola uchun joy tobora torayib boraveradi va ko‘p o‘tmay, bolakay boshi bilan pastga qaragan holatni egallab oladi – bu imillamagan holda va asoratlarsiz tashqariga chiqish uchun eng qulay va to‘g‘ri joylashuvdir.

Homiladorlikning 32 haftasi – qimirlashlar

Bolakay qorin ichida qo‘llari va oyoqchalari bilan faol tarzda tepinish, turtkilash va taqillatishda davom etadi. Agar siz homiladorlikning 32 haftasida turgan bo‘lsangiz, qimirlashlar turlicha bo‘lishi mumkin: ba’zida onalarni bolaning qo‘qqisdan “jim bo‘lib qolishi” yoki, aksincha, seskanib tushishi qo‘rqitishi mumkin. Bu muddatda bolakayning anchagina o‘sib qolganini hamda tashqaridan keladigan har qanday shovqinni aniq-tiniq eshitishini, kun va tunni ajrata olayotganini, shuningdek onasi noqulay holatni egallaganda ayrim noqulayliklarni his etishini tushunish kerak.

Ona o‘zini qanday his etadi

Homiladorlikning 32 haftasi yetib keldi – homilaning vazni muntazam kattalashib boradi, tabiiyki, bu hol ayol uchun ba’zi noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Kindik tobora cho‘zilib boradi, qorindagi qora chiziqcha yanada to‘qroq rangga kirishi mumkin. Bu xafa bo‘lish uchun asos emas – hammasi tug‘ruqdan keyin joy-joyiga tushadi. Bachadon kindikdan 12 sm va qov simfizidan 32 sm balandlikda joylashgan. O‘sayotgan qorin talay noqulayliklarni keltirib chiqaradi, ayniqsa bolakay qo‘qqisdan qovurg‘angizga tislanib olsa yoki qo‘pollik bilan birdan turtkilab qolsa, shunday bo‘ladi. Bu hatto og‘ritadi ham. Gavda nazoratini davom ettiring va iloji boricha tik o‘tirishga harakat qiling. Homiladorlikning ushbu muddatida ko‘pincha organizmda suyuqlikning turib qolish hollari kuzatiladi, bu esa venalarning bo‘rtishiga hamda to‘piq va qo‘llarning shishishiga olib keladi. Vaqtincha tor kiyimlar mavjudligini unutgan, uzuklarni esa, agar ular siqsa va halaqit bersa, yechib, qutichada saqlagan ma’qul. Homiladorlikning 32 haftasida bachadon qisqarishi tez-tez sodir bo‘ladi.

Homiladorlikning 32 haftasida ko‘p suvlilik

O‘z bolajonining tug‘ilishini kutayotgan har bir ona bo‘lg‘usi odamcha oldidagi butun mas’uliyatni aniq anglashi kerak. Shuning uchun u shifokor huzuriga o‘z vaqtida borishi va homiladorligining holati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga ehtimol bo‘lgan muammolar xususida kitoblarni o‘qish maqsadga muvofiq, zero, ular haqida oldindan xabardor bo‘linsa, muammolarni chetlab o‘tish mumkin bo‘ladi. Masalan, ayrim hollarda ayollarda homiladorlikning 32 haftasida ko‘p suvlilik rivojlanishi mumkin. Bu holat patologiya hisoblanadi. Ko‘p suvlilik juda kam, bor-yo‘g‘i 2% holatda uchraydi. Bunga ko‘pincha ayoldagi muayyan surunkali kasalliklar sabab bo‘ladi. Vahima qilishning esa hojati yo‘q! Ginekologga vaqtida borilsa, alohida qiyinchiliklarning oldini olsa bo‘ladi, albatta. Shifokor chorasini ko‘radi, muammo bartaraf etiladi.

Bilimlar ummoni

Homiladorlikning 32 haftasi – bola ko‘tarib yurishning bir qancha oyi ortda qoldi degani! Endi tug‘ruq haqida ham o‘ylaydigan vaqt keldi: qayerda va qanday sharoitda u bo‘lishi kerak. Bo‘sh vaqt topildi deguncha onalar tug‘ruqxonaga yotish masalasiga taalluqli bilimlarini oshira boshlaydilar: tug‘ruq bo‘limida bu qanday sodir bo‘ladi, o‘zi bilan birga nimalarni olish kerak, kim kuzatib boradi. Agar homiladorlik maromida o‘tgan bo‘lsa, tug‘ruqxonaga bevosita kutilayotgan xodisadan oldin boriladi yoki “tez yordam” olib ketadi. Lekin boshqacha variantlar ham bo‘lishi mumkin. Tug‘ruqxonaga tug‘ruqqacha ikki hafta avval yotish kerakligini shifokoringiz belgilaydi. O‘zingiz bilan albatta hujjatlarni, shu jumladan tibbiy hujjatlarni, shaxsiy buyumlaringizni, gigiyena ashyolarini olishingiz zarur. O‘z idish-tovog‘ingiz, ko‘rpa-to‘shagingiz, kiyimlaringizni siz tanlagan tug‘ruqxona sharoitidan kelib chiqib olasiz. Shu bois bu masalalarni oldinroq hal qilib qo‘ygan ma’qul.

Rejadagi UZI

Homiladorlikning 32 – 33 haftalarida odatda rejadagi uchinchi UZIni tayinlashadi, uning yordamida shifokor bolaning ichki organlari holati, uning yotishini baholaydi, kindikka o‘ralib qolish bor-yo‘qligini qaraydi. Bu muddatda bolaning o‘lchamini aniq-puxta ko‘rish, uning homiladorlikning tegishli muddatiga muvofiq kelishini, yo‘ldoshning yetilganlik darajasini, homila atrofidagi suvlarning holatini (har holda endi homiladorlikning 32 haftasi kelgan: homiladorlikda kamsuvlikni (agar u mavjud bo‘lsa) vaqtida aniqlash kerak), bachadon bo‘ynining holatini belgilash mumkin bo‘ladi. Ya’ni, barcha to‘la-to‘kis va tug‘ruq uchun zarur bo‘lgan ma’lumotga shifokor xozirdan ega bo‘ladi.

Qo‘shiq aytamiz, gaplashamiz

Agar siz ishlaydigan ayol bo‘lsangiz va hech ham ishingizni tashlashni istamayotgan bo‘lsangizda, 32 haftada bunga qaror qilish vaqti keldi. Siz tug‘ish oldidan kuch to‘plashingiz lozim. Homiladorlikning ushbu bebaho haftalarini o‘zingiz va qorningizdagi kichkintoyga bag‘ishlash lozim: u bilan gaplashing, unga ko‘proq qo‘shiqlar ayting. Osoyishta, zo‘riqishsiz va qizg‘in choraklik rejalarsiz vaziyatda esa siz tezroq va ma’naviy jihatdan samarali tarzda tug‘ruqqa tayyorlana olasiz.

Manba: Homiladorlik.uz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.