Homiladorlik davrida rivojlanadigan asoratlarning aksariyat qismini to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rish bilan to‘xtatish mumkinligi isbotlangan. Ayniqsa, yetishmayotgan vitaminlarni to‘ldirish, ko‘rikdan o‘tish, ehtimoli bo‘lgan kasallikka, holatiga, o‘ziga yuqtiruvchanligiga tashxis qo‘yish va ularni tuzatishlarni aytib o‘tish mumkin.
Zararli ta’sirlar oldindan aniqlansa, ularni butkul yo‘qotish mumkin bo‘lgan holatlar bor: masalan, qizilchaga qarshi immunitetning yo‘qligini aytish mumkin. Bitta emlash orqali ushbu muammo haqida unutish mumkin, homiladorlik vaqtida ham ushbu dard haqida umuman eslamasligingiz mumkin. Faqat emlashdan so‘ng homilador bo‘lishdan avval 3 oy saqlanish kerakligini aytib o‘tishni istar edik.
Aks holda 9 oy stress (qattiq hayajon, ruhiy zarba)da, doimiy tahlil, Xudo asrasin, 50 % holatda homila nuqsonli bo‘lish ehtimoli bor bo‘lib, shifokorlar homilani olib tashlashni tavsiya etadilar.
Homiladorlikka tayyorlanayotgan vaqtda 150 mkg kaliy yodid, homiladorlik vaqtida esa, 200 mkg kaliy yodid qabul qilish homilador ayol va chaqaloqning yod tanqisligi kasalligi muammosining yechimi bo‘la oladi (muddatdan ilgari tug‘ilish va yuqori perinatal o‘limning ham oldini oladi) shuningdek, aqliy zaiflikning oldini oladi. JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda 20 mln kishi yod tanqisligi sababli aqliy zaif bo‘lib, bunday holatni oldini olish mumkin bo‘lgan vaziyatlardan biridir. Qalqonsimon bezning faoliyati pasayishini o‘z vaqtida kerakli miqdorda gormon qabul qilish bilan oson hal qilinadi. Bu shuningdek, yashirin, surunkali, oldin tashxis qo‘yilmagan infeksiyalarga ham tegishlidir. Shamollash jarayonini davolash aksariyat hollarda sabab bo‘ladigan chala tug‘ilish va homiladorlikning infeksiyaviy asoratining oldini olish imkonini beradi.
Butkul hal qilib bo‘lmaydigan holatlar bor, lekin ularga homiladorlikgacha tashxis qo‘yish yordamida davolovchi shifokor ehtimoli mavjud asoratlarni oldindan aytib berish, ularga tayyor turish va o‘z vaqtida ularni tuzatish choralarini ko‘rish imkonini beradi. Ayol kishining aynan shunday yo‘l tutishi, ya’ni homilador bo‘lmasdan avval dori-darmonlarni qabul qilishi bilan homiladorlik davrida jiddiy muammolarning oldini oladi.
Ba’zan ayollar ko‘rikdan o‘tishni hohlamaydilar, buni ularni hech narsa bezovta qilmayotgani va o‘zlarini yaxshi his qilayotganlari bilan izohlaydilar. Ammo yomon taraf ham shundaki, homilador bo‘lmasdan avval ayol o‘zini yaxshi his etadi, uni ko‘p narsa bezovta qilmaydi, lekin aynan homiladorlik davrida asoratlarining ko‘p qismi yuzaga chiqadi. Va ular faqat taxlil ko‘rinishida namoyon bo‘lishi va ayolni butkul bezovta qilmasligi mumkin.
Masalan, bu yerda rezus-faktorga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan antitanalarni atib o‘tish mumkin. Bunda rezus-faktor manfiy bo‘lgan ayollarda, homilaning rezus-faktori musbat bo‘lgan holatni aytib o‘tish mumkin. Bundagi antitanalarning paydo bo‘lishini faqatgina taxlil orqali bilish mumkin.
Sog‘lom odamning shifokor huzuriga borishining nima hojati bor?
Ko‘rib turganingizdek, jiddiy va havfli asoratlarning oldini olish juda oddiydir. Aynan shuning uchun unga ko‘pincha e’tibor berilmaydi. Inson ruhiyati shunaqaki, agar u shifokor huzuriga borib, o‘z sog‘ligi haqida “lozim bo‘lganidek” g‘amxo‘rlik qilsa, zamonaviy murakkab ko‘riklardan o‘tish va nomlari qiyin bo‘lgan yangidan-yangi dori-darmonlar ro‘yxatini tuzib berishi kerak deb tushunadi.
Sog‘lom hayot tarzi tushunchasi hozirgacha ko‘pincha insonda tabassum uyg‘otadi. Shifokor huzuriga kelib: “Ha, doktor, bularning hammasi tushunarli, lekin Siz vitaminlar, uyqu, to‘g‘ri ovqatlanish, to‘g‘ri tartib, tamaki chekishdan voz kechish, kompyuterda ishlashni cheklash, oilada me’yoriy munosabatda bo‘lishdan tashqari konkret (aniq, lo‘nda) nima maslahat bera olasiz?” Vaholanki, mana shular-ku eng muhim ishlar axir?
Ba’zilar ko‘rsatmalarga rioya qilmaydi va zarur moddalar yetishmagan holatda homilador bo‘ladilar. Homiladorlik davrida vitamin qabul qilish albatta muhim, lekin homila rivojlanishining dastlabki eng zarur haftalarida bu moddalar yetishmagan bo‘lsa, keyinchalik ularni qabul qilish orqali rivojlangan asoratni chetlashtirishga yordam bermaydi.
Davolanish doim kasallikning oldini olishdan orqada qoladi. Hali mavjud bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish juda osondir. Agar unga jiddiy e’tibor berilsa, haqiqatan ham ularga uchramaslik mumkin. Mavjud asoratni davolash doim kechikadi, uning rivojlanish mexanizmidan orqada qoladi.
Kasallikni davolash qiyin, lekin oldini olish oson. Shifokorlar allaqachon kasallikning oldini olish osonroq ekanini tushungan. Bu nisbatan sezilarli yaxshi natijalarga olib keladi va bu nisbatan osonroqdir.
Internetning roli
Biror muammo haqida bilish uchun ish ma’lumot yig‘ishdan boshlanadi. Bugungi kunda katta hajmdagi ma’lumotlarga tez fursatda ega bo‘lish manbai bu — internetdir. Aynan internet maslahatlari bu bosqichda yordam berishi mumkin: qayerga murojaat qilish kerak, aynan nimani kamaytirish kerak, o‘zini qanday tutish kerak, nima mumkin, nima mumkin emas, homiladorlikka qanday tayyorlanish kerak! Homiladorlikka tayyorlanishda mavjud jiddiy kasalliklardan tashqari internet-maslahatchi yordam bera oladi. Ma’lumot yig‘ish, maqolalarni o‘qish, savollarga javoblar, o‘z savollarini berish hisobiga bir necha hafta mobaynida oilaga tayyorgarlik ko‘rayotganlar bu savollar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib qoladi. Xususan, bir xil muammoli doimiy forumlar — hamma homiladorlikka tayyorlanayotganlar — o‘zaro tajriba, foydali ma’lumot va dalillar bilan almashishadi.
Shaxsiy davolovchi vrach
Nazariy bilim yig‘ilganidan so‘ng keyingi bosqich keladi — o‘zining shaxsiy rejasini ishlab chiqish va yuzma-yuz o‘z shifokorini topish. Chunki internetda tahlilni topshira olmaysiz va Sizning homiladorligingizni kuzatib boradigan shifokor topishingiz kerak. Homiladorlikka tayyorgarlik ko‘rish va homiladorlik davrini nazorati qilish uchun bitta mutaxassisga ishonganingiz ma’qul.
Ishonch — bu shifokor o‘z bemoriga yordam bera oladigan asosiy omil bo‘lib, bu haqida Gippokrat aytib o‘tgan.
Albatta yuzma-yuz muomalanining o‘rnini internet bosa olmaydi. Barcha virtual maslahatlar mavhum (noaniq), chunki inson o‘zi haqida batafsil gapirib bera olish imkoniga ega bo‘lmaydi. Shifokorning birgina ko‘rigi unga undan ko‘ra ko‘proq ma’lumotlar beradi.
Qabulgacha hal qilinadigan va zarur bo‘lgan savollar bor. Yana internet orqali muhokama qilib bo‘lmaydigan savollar ham bo‘ladi. Bu holatda maslahatchi bunday savollarga javob bermasligi bilan nisbatan haqli bo‘lib, buning uchun Homiladorligingizni kuzatadigan shifokorni o‘zingiz tanlab, uning qabuliga kelish kerak.
Homiladorlikka tayyorgarlik algoritmi
- Sizga — homilador va ko‘krak suti bilan oziqlantiruvchilaruchun mo‘ljallangan polivitaminlar. Turmush o‘rtog‘ingizga — sifatli polivitaminlarning biri. Har ikkalangizga ham foliy kislotasi, oshqozonni bezovta qilmasligi uchun ovqat paytida kuniga 1 ta tabletkadan 3 mahal ichiladi. Homiladorlik davrigacha kamida 6 oy ilgari davomiy qabul qilish homilaning asab naychasi rivojlanishidagi nuqsonlarni va boshqa nuqsonlarni keskin pasaytiradi.
- Jadvalingizni o‘zgartiring va homiladorlikka tayyorlanishdan oldin ta’tilga borib keling! Homiladorlik davrida imkon qadar samolyotda uchish va iqlim almashtirish tavsiya qilinmaydi!
- Stomatolog, terapevt, LOR ko‘rigidan o‘tish (surunkali tonzillit, piyelonefritni davolatish).
- Ginekolog ko‘rigidan o‘tish.
- Har ikkingizning ham qon guruhi, rezus-faktori. Agar ayol kishida musbat rezus-faktor bo‘lsa, muammo yo‘q. Agar ayol kishida manfiy rezus-faktor bo‘lsa — rezus-faktorga qarshi bo‘lgan antitanalarni tekshirish uchun taxlil qilinishi kerak (erkak kishining manfiy bo‘lsa ham). Agar antitanalarni aniqlash bo‘yicha taxlil musbat (polojitelnыy) chiqsa, bunday vaqtda homiladorlik vaqtincha mumkin emas, korreksiya talab qilinadi. Agar antitanalarga qarshi taxlil manfiy (otritsatelnыy) bo‘lsa, bu taxlilni homila 8 oylik bo‘lgunicha har bir oyda ushbu taxlil bir marta takrorlab turilishi kerak. Ayolning qon guruhi 1 guruh va erkak kishiniki boshqa guruh bo‘lsa, qon guruhi to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Rezus-faktorga qarshi antitana uchun taxlil bo‘lganidek, guruhiy antitanaga taxlil topshirish ham homilaning 8 haftaligidan boshlab bir oyda bir marta topshirilishi kerak.
- TORCH-kompleks. Qizilcha, toksoplazma, gerpes, SMV, xlamidiya-miqdoriy taxlil (titrli).
- Infeksiyalar taxlili: oddiy surtma (taxlil uchun olinib, oynaga surtilgan yupqa qatlam), yashirin infeksiyalarga har ikkisi ham (erkak va ayol) PSR topshirishi.
- Gormonlar — buyrak usti androgenlari va qalqonsimon bez holatini xarakterlovchilar.
- Gemostaziogramma, koagulogramma — qonning quyilishi haqidagi bo‘yicha taxlil.
- Umumiy qon taxlili (gemoglobin, eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar, SOE, rangli ko‘rsatgich, leykotsit formula). Barmoqdan qon oldirish.
- Peshobning umumiy taxlili.
Homiladorlikka muvaffaqiyatli tayyorlanishning asosiy garovi — buni mashg‘ulot, ishga ayniqsa muammoga aylantirmaslik kerak.
Har qanday holatda farzandning dunyoga kelishi inson qo‘lida bo‘lmagan Mo‘jiza. Shunday ekan, unga muvofiq munosabatda bo‘lish kerak. Oxirigacha davolanmagan asoratlaringiz bilan homiladorlik davringizdni turli hayollar bilan o‘tkazmaslik uchun oldindan tayyorgarlik ko‘ring. Keyin xotirjam bo‘lib, o‘z Mo‘jizangizni kutavering. Uni kimga, qachon va qanday tug‘ilishini O‘ZI biladi.