Соғлом оила - соғлом келажак

Homiladorlikda shishib ketish xavflimi?

Tabriklaymiz yaqinda ona boʻlasiz! Endi tanangizda kechadigan turli oʻzgarishlarga ham tayyor turishingiz lozim. Agar uyqudan uygʻongach koʻzguga qarab, bir kechada naqd 5 kiloga semirgandek koʻrinsangiz ajablanib oʻtirmang. Bu koʻpgina ayollarda kuzatiladigan shishlar boʻlib, ularning sabablari va oqibatlari haqida oliy toifali akusher-ginekolog Nilufar BOʻSTONOVAdan bilib olishingiz mumkin.

Homiladorlikda shishib ketish

Homiladorlikda shishib ketish sababi nima?

Shishlar homilador ayol organizmidagi suyuqlikning qon tomirlaridan tashqariga, toʻqimalarga chiqib ketishidan paydo boʻladi. Boʻlajak ona organizmida albumin oqsili yetishmaganda, suv tomirdan tashqariga chiqib ketish holati kuzatiladi. Bu oqsil tanovul qilingan mahsulotlardan jigarda ishlab chiqariladi. Demak, bu nozik pallada shishlarning bartaraf etish uchun ovqatlanish tartibiga rioya qilishi juda muhim.

Shishlarning zarari bormi?

Yuqorida aytganimizdek, shishlar ichki suv yigʻilishidan hosil boʻladi, shu sababdan eng avval yoʻldosh shishadi. Ichki organlar, ayniqsa, yoʻldoshning shishishi natijasida bolaga kislorod yetib borishi qiyinlashadi. Bu esa gipoksiya xastaligining kelib chiqish xavfini orttiradi. Bundan tashqari suyuqlik tomirlardan tashqariga chiqib ketgach, qon quyilishiga sabab boʻladi. Oqibatda buyrak faoliyati qiyinlashib, quyuq qonni haydashda jigar va yurakka ogʻirlik tushadi. Vaznning jadal ravishda ortib borishi vaziyatni yanada qiyinlashtiradi.

Homiladorlikda qancha suv ichish kerak?

Homiladorlikning dastlabki davridagi toksikoz va qorin dam boʻlishini yengillatish uchun ikki litrgacha suv ichishga ruxsat beriladi. Ammo ikkinchi uch oylikdan boshlab endokrin tizimi va buyrakda oʻzgarishlar roʻy beradi. Shuning uchun bu davrga kelib, homilador ayol ichayotgan suyuqligini nazorat qilib borishi muhim. 20-haftadan boshlab esa tuz isteʼmolini ham chegaralash maqsadga muvofiq.

Chunki aynan tuz organizmda suyuqlik yigʻilishiga va chanqoq hissining kuchayishiga sabab boʻladi. Shuningdek turli meva va sabzavotlar ham chanqoqni bosish xususiyatiga egaligi boʻlajak onaga qulaylik tugʻdiradi. Bu davrda qancha miqdorda suv ichishni homilador ayol shifokor bilan maslahatlashishi lozim. Chunki, piyelonefrit yoki siydik-tosh xastaliklariga chalingan ayollar suyuqlik miqdorini chegaralashi mumkin emas.

ЎҚИНГ:   Homiladorlikning 23-haftasi

Hamma suyuqliklar ham foydalimi?

Ona qornidagi homilaning 90 foizi suvdan iborat boʻlib, organizmni suyuqlik bilan taʼminlash ham ona, ham bola uchun juda muhimdir. Shunga qaramasdan birinchi uch oylikdan boshlab foydali suyuqliklarni ichish darkor. Xoʻsh, qaysi ichimliklar foydaliyu qaysilari zarar ekanligini bilasizmi?

Kofe siydik haydovchi va chanqatuvchi xususiyatga ega. Kofein organizmdan suyuqlik ajralishini tezlashtirgani tufayli ichilgan har bir piyola kofe uchun qoʻshimcha bir necha piyola suyuqlik ichishga toʻgʻri keladi.

Bir piyola yangi damlangan achchiq choyda kofein kofega nisbatan koʻproq boʻladi. Demak, achchiq damlangan choy ichishda ham ehtiyot boʻlish lozim.

Gazlangan shirin ichimliklar, turli konsentratlardan tayyorlanadigan sharbatlar ham chanqoqbosti ichimliklar emas. Tarkibidagi rang va taʼm beruvchi qoʻshimchalar tufayli ular kuchliroq chanqatishi mumkin.

Demak, homiladorlikda shishib ketish kuzatilsa, shishlar paydo boʻlsa xavotirlanishga asos bor. Chunki asoratlarsiz, bexavotir kechadigan homiladorlik sizning farzandingizga beradigan eng katta sovgʻangiz boʻlsa ajabmas…

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Homiladorlik » Homiladorlikda shishib ketish xavflimi?

loading...

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.