Homiladorlikda qatiq ichish uchun 10 ta sabab

Homiladorlikning birinchi trimestri – o‘ta mas’uliyatli palla. Ayol kishining organizmi kichkintoyning tanasi hamda organlari vujudga kelishi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, bir qator mikroelementlar va qo‘yingchi, barcha zarur moddalarni yetarlicha miqdorda aynan shu davrda olishi kerak. Birinchi trimestrda oldinda turgan barcha to‘qqiz oyning poydevori qo‘yiladi va ana shuning uchun ham bu davrda to‘g‘ri ovqatlanish ayniqsa muhimdir. Bo‘lg‘usi ona uchun ko‘p jihatlari bilan foydali bo‘ladigan mahsulotlardan biri qatiqdir. Qatiqning qimmatli va quvvatbaxsh xususiyatlari eskidan ma’lum. Sutdan tayyorlanadigan fermentlangan bu mahsulot xonadonlarimiz taomnomasining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Homiladorlikning 1 trimestrida qatiq ichishga sabab bo‘ladigan kamida 10 ta omil bor.

Oqsil zarur

Birinchidan: homiladorga oqsil moddasi zarur. Organizm uchun u o‘ziga xos “qurilish materiali” vazifasini o‘taydi, binobarin ayol organizmida katta miqyosdagi “qurilish” ketayotgan bo‘ladi. Qatiq – tarkibida oqsil moddasi juda yuqori bo‘lgan sut mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Agar sut bilan solishtiriladigan bo‘lsa, oqsil qatiq tarkibida yigirma foizga ko‘pdir. Bir piyola qatiqda (240–250 millilitr) oqsil moddasi bir kunlik me’yorining (kattalar uchun) beshdan bir qismi mavjud.

Qatiq – kalsiy manbai

Ikkinchidan, qatiq – kalsiy manbai. Agar ona organizmiga yetarlicha miqdorda kalsiy kelib tushmasa, bu suyaklarning, dastavval tishlarning yemirilishiga olib kelishi mumkin. Buvijonlarimizning bir gapi bor: “qancha bola tuqqan bo‘lsam – shuncha tish yo‘qotganman” deyishadi. Mana shu narsa bo‘lmasligi uchun qatiq ichish kerak vassalom! Qolaversa, organizm boshqa mahsulotlardagi kalsiydan ko‘ra qatiqdagi kalsiyni tezroq o‘zlashtiradi.

Qatiq kandidozga qarshi

Uchinchidan, qatiq til oqarishi ya’ni kandidozga qarshi kurashishga yordam beradi. Kandidozni qo‘zg‘atuvchi omillardan biri ham homiladorlik hisoblanadi. Qatiq esa nafaqat kandidoz balki vaginal infeksiyalar paydo bo‘lishining xavfini pasaytiradi.

Qatiq xolesterin darajasini kamaytiradi

To‘rtinchi jihat shundaki, qatiq qon tarkibida xolesterin darajasini kamaytirishga yordam beradi. Bunda so‘z, yuqorida eslatib o‘tilganidek, faqat tabiiy qatiq haqida ketmoqda! Aynan u “yomon” xolesterinni parchalashga yordam beradi.

Qatiq organizmni tozalaydi!

 Beshinchi vazifa shundaki, qatiq yordamida organizmni tozalash mumkin. Qatiq organizm uchun keraksiz bo‘lgan barcha zararli modda va shlaklarni yumshoqlik bilan “supurib” chiqaradi.

Qatiq organizm katalizatori

Oltinchisi – qatiq organizm uchun o‘ziga xos katalizator vazifasini o‘tashi mumkin. Bu so‘zni maktab davrida – kimyo darsida eshitganimizni eslaysizmi? Har qanday jarayonlarni tezlashtiruvchi moddalar shu nom bilan ataladi. Agar homilador ayol doimo qatiq ichib tursa, boshqa mahsulotlar ham organizmda tezroq o‘zlashtiriladi. Ayniqsa birinchi trimestrda qatiq vitaminlar va kalsiyning o‘zlashtirilishiga yaxshi yordam beradi.

Qatiq oshqozon mikroflorasini tiklaydi

Yettinchi foydasi – ichak infeksiyasini davolatgan ayollar uchun xos. Davolash kursi, odatda, antibiotiklarsiz o‘tmaydi, ular esa ichakning, qolaversa oshqozonning ham mikroflorasini kuchli tarzda ishdan chiqaradi. Qatiq esa uni tiklashga yordam beradi. Buning ustiga, qatiq antibiotiklar bilan charchatib yuborilgan oshqozonni achishtirmaydi, bu ham homilador ayol uchun o‘ta muhimdir.

Qatiq immunitetni oshiradi

Sakkizinchi afzalligi immunitetni yaxshilashida. Zero, bo‘lg‘usi ona iloji boricha xastalanmasligi kerak! Qatiq – qondagi oq hujayralarning do‘sti hisoblanadi, ularning ishlashiga yordam beradi. Binobarin, oq hujayralarning asosiy ishi esa aynan xastaliklarni qo‘zg‘atuvchilarga qarshi kurashishdir.

Qatiq va allergiya

To‘qqizinchi foydasiga kelsak, qatiq amalda allergiyani qo‘zg‘atmaydi. Hatto tabiiy sut ichganda allergiyasi qo‘zg‘aydigan ayollar ham bemalol qatiq ichib, sutda mavjud bo‘lgan foydali moddalardan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Qatiq ichak faoliyatini yaxshilaydi

O‘ninchi foydasi shundaki, qatiq ichakning faoliyatini yaxshilaydi va me’yoriga keltiradi. Har kuni qatiq ichadigan homilador ayolni qabziyat bezovta qilmaydi, chunki u peristaltikani yaxshilaydi. Qatiq tarkibida bo‘lgan laktobakteriyalar va kalsiy saraton xastaligi xavfini kamaytiradi.

Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida "Fikr bildirish" qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.

Related Posts
error: Saytdan ma\'lumot ko\'chirish mumkin emas.